Hud (a.s.) duo qildilar va shu onda osmonni qora bulut qopladi. Qabila ahli: «Bu bulut odatdagi bulutlardan
biri, yana yomg‘ir yog‘ib serobchilik bo‘ladigan bo‘ldi», deyishib bulutdan ko‘z uzmadilar. Shu payt qattiq bo‘ron
ko‘tarilib, yaylovda o‘tlab yurgan mol-hollarni, tuya-qo‘ylarni uchirib, uloqtirib tashladi. Shaddod qurdirgan Bog‘i
Eram vayron bo‘ldi, daraxtlar tomiri bilan qo‘porildi, hamma narsa mahv bo‘ldi.
Buni ko‘rib qabila qo‘rqib ketdi va jon saqlash uchun mustahkam imoratlar ichiga qochib kirdi, ammo balo
umumiy edi, yetti kecha va sakkiz kun davom etgan dovuldan so‘ng butun qabila o‘liklarga aylandi. Alloh
kalomi sharifda aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |