6
KIRISH
SO’Z BIRIKMALARI HAQIDA MA’LUMOT
Bugun hayotning o‘zi oldimizga fuqarolik jamiyati institutlari tizimida
ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini yanada mustahkamlash vazifasini
qat’iy qilib qo‘ymoqda. Ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish,
nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniya faoliyatini jonlantirish, ularning
Internet global tarmog‘iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, olib borilayotgan
islohotlar siyosatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga, kuchli fuqarolik
jamiyatining izchil shakllanishiga madad berishi darkor
1
”-deb fikr bildirgan edi
Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish
va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” ma’ruzasida
kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish yuqori texnologik, zamonaviy ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi. Aynan shu xususda
prezidentimiz 2009 - yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
eng
muhim
ustuvor
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Asosiy vazifamiz Vatanimiz
taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” ma’ruzasida shunday
fikr bildirilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb
etish, avvalo ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning
muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy
infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi
2
”.
Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati,
1
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir.” Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet.
2
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir.” Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet.
7
qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo‘nalish – bu asosiy yetakchi sohalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik
loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.
Albatta, bu loyihalarni amalga oshirish uchun chuqur bilim, teran tarbiya,
kamol topgan shaxs jamiyatda muhim o‘rinni egallaydi
1
”. Muhtaram Prezidentimiz
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida tarjima nihoyatda
mushkul bir san’at ekanligini shunday so‘zlar bilan e’tirof etgan. “Har qanysi xalq
yoki millatning tafakkuri turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh
joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy,
tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Masalan, sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo sharoitida
jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-
biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin
tug‘diradi. Shu ma’noda xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida
shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida
namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘ramiz.
Biz bitiruv malakaviy ishimizda mana shu mushkul muammo ustida so‘z
yuritamiz. Prezidentimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
asarida ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar haqida shunday fikr
bildirganlar: “Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z
oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni
shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur
tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutuishini yaxshi anglab olishimiz
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir.” Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet.
8
Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos
urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy
yodgorliklar eng muhim omilllardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va
e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar,
siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va
madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning,
ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga
ko‘tarishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari
beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan
osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan
dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod
moddiy ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida
UNECKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va
bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan ming-ming qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix,
adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo,
astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho
asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega
bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi
1
”.
Ma’naviy boyligimiz haqida shunday fikrlar bildirgan:
1
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008, 29-31
betlar.
9
“Bir so‘z bilan aytganda inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy
xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli
mo‘jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va
xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala.
Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos orzu-
intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan
moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga
qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi
qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish-
o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi.
Biz istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida
intilib kelgan orzu-maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot
mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyatimiz hayotida ana shu ikki omilning
uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdik. Mustaqillik biz uchun nafaqat
iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab,
mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish
jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berdik.
Shu o‘rinda ba’zi bir siyosatchi va nazariyotchilarning, oldin moddiy
hayotni, keyin ma’naviy masalalarni o‘ylash kerak, degan mazmundagi fikrlari
mutlaqo xato bo‘lib, yangi jamiyat, yangi hayot qurish jarayonida faqat zarar
yetkazishi mumkinligini bugun hayotning o‘zi har qadamda tasdiqlab bermoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, bozor munosabatlariga o‘tish davrida
jamiyat a’zolarining o‘z salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun ularga
birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy
shart-sharoitlarni yaratib berish zarur. Oddiy qilib aytganda, kuch-g‘ayrat bilan
birga, bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z
haq-huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina tadbirkorlik yoki
10
fermerlik bilan shug‘ullanishi, o‘z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi
mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor
etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. Yuksak taraqqiyotga
erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday
dialektik va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi.
Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy
tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’naviy poklanish, ma’naviy
yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un ravishda rivojlanib borishini doimo
davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markaziga qo‘yib kelmoqdamiz.
Kishilik tarixi, bugun dunyodagi ko‘pgina taraqqiy topgan, barqaror va
badavlat yashab kelayotgan davlatlar tarjibasi shundan dalolat beradiki, avvalo
o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan tashkil topgan
toifa o‘zini va oilasini boqishga, shu bulan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z
yaqinlari va muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt uchun xizmat
qiladigan maktab, kasalxona, madaniyat va sport maskanlari barpo etish, bir so‘z
bilan aytadigan bo‘lsak, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina vazifalarni
amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Eng muhimi, bunday insonlar yurtimizda tinchlik-osoyishtalik va
barqarorlikni saqlash va himoyalash, yorug‘ kelajagimizni qurish yo‘lida astoydil
jon kuydirib mehnat qiladi.
Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizdan
oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘limiz jamiyatimiz hayotiga qanday ijobiy ta’sir
ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir. Eng muhimi, yurtimizda moddiy va
ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mutanosib tarzda rivojlantirilayotgani siyosiy-
ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo‘lib xizmat qilmoqda
1
.
Bugungi kunda jamiyatimizda, ma’naviy hayotimizda tub o’zgarishlar sodir
1
Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Toshkent “Ma’naviyat” 2009, 67-70 betlar
11
bo’lmoqda hamda milliy istiqlol g’oyasining fundamental asoslari shakllanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat, poydevorini barpo
etishda erkin fuqoro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun dolzarb
ahamiyatga ega
1
.
Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu
fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan
singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
Tilshunoslik fanining qiyosiy lingvistika yo’nalishiga bo’lgan e’tibor,
qiziqish doimo katta bo’lgan. Til paydo bo’lgandan buyon boshqa tillarga
qiyoslanadi. O’zga tilni o’rganish jarayonida chet tilining leksik, grammatik
jihatlari ona tili tizimidan izlanadi, o’rganiladi. Tilning o’zi paydo bo’libdiki, u
doimo qiyosga muhtoj, aks holda hech bir tilning tabiati va mohiyatini o’rganish
imkoni bo’lmaydi. Tillar tizimini chog’ishtirishning, ayniqsa metodik ahamiyati
kattadir. O’zga tilni o’rganish jarayonida maqsadli ravishda xorijiy tilning
xususiyati, belgilarini ona tili tizimidan izlaymiz.
Qiyaosiy tilshunoslik serqirra yo’nalish, unig nazariy va amaliy ahamiyati
barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. A. Abduazizov, D. Ashurova, A.
Bushuy, J. Jalolov, H. Ne’matov, M.M. Nusharov, S. Saidov, U. Yusupov, M.
Umarxo’jayev, S. Rahimov, I. Mirzayev kabi ko’plab mamlakatimiz
kontrastivistlari taqdim qilayotgan ilmiy ishlar qiyosiy tilshunoslikning bugungi
holatini ko’rsatish bilan bir qatorda uning kelajagini ham belgilab olish imkonini
beradi
2
.
So’nggi ikki asrda qiyosiy tilshunoslik fani o’ziga xos yutuqlarga erishishdi,
keyingi davrda turli tillardagi materiallarni qiyoslash natijasida tilshunoslikning
yangi bir yo’nalishi tipologiya fani shakllandi. Bunda, asosiy e’tibor tillarning
fonetik tizimiga qaratildi. Sunga qaramasdan, tillarning o’ziga xos o’rganilmagan
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2009. -176b.
2
Nurmuhammedov A. Safarov Sh. ... Ustozni xotirlab // Qiyosiy tilshunoslik, an’analar va istiqbol. – Samarqand:
SamDChTI, 2006. -161B.
12
qatlamlari borki, ularni qiyosiy o’rganish hamon davom etmoqda. Ana shunday
sohalardan biri qiyosiy grammatika sohasidir
1
.
So‘z birikmalari gapning struktural elementlaridan biri bo‘lib, gapning
tarkibida ma’lum bir vazifani bajarib kelganligi uchun grammatikaning sintaksis
qismida o‘rganiladi. So‘z birikmalarining o‘ziga xos leksik ma’nolari, morfologik
va sintaktik xususiyatlari yaxshi o‘rganilgandagina, gapning grammatik
xususiyatlari aniqroq ochiladi. Shu sababli, keyingi yillarda so‘z birikmalarini
o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘pgina ilmiy asarlar paydo bo‘ldi. Nutqda, gapda
so‘zlar ma’lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi.
Masalan: uning qizi (gapiradi) - seine Tochter (spricht), yosh bola (yuguradi) – ein
kleines Kind (läuft), sekin gapiradi – leise spricht.
Yuqoridagi misollardagi har bir juft grammatik butunlikni hosil qilgan
bo‘lib, yaxlit, biroq o‘z ichida qismlarga bo‘linadigan bir butun tushunchani
bildiradi. Bu kompleks qo‘shilmadagi so‘zlarning asli, odatda, grammatik jihatdan
shakllangan bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zdan tuzilib, tobelanish
aloqasi asosida bir grammatik butunlik, semantik yaxlitlik tashkil qilgan xar bir
kompleks so‘z birikmasi sanaladi.
Demak, so‘z birikmasi deb ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zlardan iborat
bo‘lgan, gapda ma’lum bir sintaktik vazifani bajargan konstruksiyaga aytiladi.
Birikma mustaqil so‘zlarning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar
(ko‘makchilar) esa o‘zining oldidagi mustaqil so‘z bilan birgalikda bir komponent
(tarkibiy qism) sanaladi. So‘z birikmasi kompleksidagi bir so‘z hokim bo‘ladi,
boshqasi esa unga tobe bo‘ladi. Bu hokim – tobelik holati o‘sha qo‘shilishning
xarakteridan,
komponentlarning
grammatik
xususiyatlaridan,
formal
ko‘rsatkichlardan va ma’nodan bilinib turadi. Masalan: oppoq qor (qor - hokim
so‘z) – der weiße Schnee (Schnee - hokim so‘z); den Film ansehen (ansehen -
hokim) – filmni ko‘rmoq (ko‘rmoq - hokim); gut lesen (lesen - hokim) – yaxshi
o‘qimoq (o‘qimoq - hokim). Birikmadagi komponentlarning odatdagi, neytral
1
Umarxo’jayev M. Qiyosiy tipologiya masalalari. Samarqand: SamDChTI, 2006 – 14.B
13
tartibi o‘zbek tilida quyidagi qoidaga asoslanadi: tobe so‘z hokim so‘zdan oldin
keladi. Tobe so‘zning formasi hokim so‘zga, uning talabiga qarab o‘zgaradi.
Masalan: maktabga bormoq, maktabdan kelmoq.
Demak, so‘zning har bir formalarga kirishishi uning boshqa so‘zlar bilan
bo‘lgan munosabatiga – bu munosabatlarning leksik - grammatik xususiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi. Nutqdagi har qanday butunlik grammatik va semantik butunlik –
sintaktik konstruksiya bo‘lavermaydi, bu bohlanishning boshqacha ko‘rinishlari
ham bor.
Gapni so‘z birikmasidan farqlash kerak. Gapning so‘z birikmasidan farqi
shundaki, gap predikatsiya bilan ifodalangan, ya’ni ma’lum bir fikr anglatish
uchun maxsus tashkil topgan kommunikativ konstruksiyadir. So‘z birikmasi esa
gapning bir elementi, muhim bir qismi sifatida tekshiriladi. U so‘zlarning atributiv
(aniqlovchi bilan aniqlanishi), obyektli (to‘ldiruvchi bilan kesim) va releativ (hol
bilan kesim) aloqaga kirishuvidan tarkib topib, asosan nominativ xarakterda
bo‘ladi.
So‘z birikmasi bilan sintagma orasida yaqin munosabat mavjud. Nutq
jarayoni ohang va mazmunan bir butun bo‘lgan so‘z va so‘z guruhlaridan tashkil
topadi. Ohang va mazmunan bir butunlikni tashkil qiluvchi bunday so‘z
guruhlariga sintagma deb ataladi. Morfologik jihatdan qismlarga bo‘linuvchi
so‘zlar, so‘z birikmalari jumla yoki gap sintagma bo‘lishi mumkin. Masalan: Viele
Studenten badeten am Tage darak gapini ikki sintagmaga ajratish mumkin. Ikki
sintagmali darak gaplar birinchi sintagmada tugallanmagan va oxirgi sintagmada
esa
tugallangan
ohangga
ega.
Sintagmalar
bir-biridan
pauza
orqali
ajratiladi.Gapdagi pauzani vertikal chiziq bilan belgilasak, u holda yuqoridagi
darak gapdagi ikki pauza quyidagicha ifodalanadi: Viele Studenten / badeten am
Tage. So‘z birikmalarining strukturalari va ma’nolari turli xil bo‘lib, gapda har xil
sintaktik vazifalarda ishlatiladi. Masalan: So‘zlarning o‘zaro birikuvidan leksik
birliklar (interessantes Buch – qiziqarli kitob, die Pflicht eines jeden Bürgers – har
bir fuqaroning burchi kabi). Frazeologik birliklar (Das kommt nicht in Frage – bu
14
haqda so‘z ham bo‘lishi mumkin emas kabi) ikki gap bo‘lagining o‘zaro aloqasini
(masalan: to‘ldiruvchi bilan kesim yoki aniqlovchi bilan aniqlanmish aloqasini)
ifodalovchi sintaktik birikmalar hosil bo‘ladi. Birikma shu kitobdagi so‘zlarning,
elementlarning munosabatini, butunlik hosil qilganligini bildiradi, bu so‘zlarning
aloqasi o‘sha elementlar orqali ifodalangan ma’nolarning munosabatini ko‘rsatadi.
Masalan: ongimizdagi predmet va belgi tasavvurlarining munosabati qizil lenta
formasidagi so‘z birikmasi bilan ifodalangan.
Demak, bunday aloqalarning asosida obyektiv borliqdagi predmet, harakat,
belgi, hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish yotadi. So‘zlarning birikish hodisasi
ularning ichki va tashqi xususiyatiga bog‘liq. Masalan: yuqoridagi predmet va
belgi tasavvurlarining munosabati sifat bilan otning munosabati (qizil bayroq)
orqali ifodalangan.
Demak, so‘zlarning birikishi aloqaga kirishadigan elementlarning ma’nosi,
leksik – grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq. Yana solishtiramiz: juda so‘zi sifat
bilan (ba’zan fe’l bilan) birikadi, (belgi + belgi), lekin ot bilan birikmaydi, juda
tulki kabi birikishlar esa, otning (tulki) belgi tasavvurini ifodalash uchun
ishlatilganligini ko‘rsatadi. Hokim so‘z harakat oti bo‘lganda, tobe so‘z shu
harakatning subyektini (bolaning yugurishi) yoki obyektini (planning bajarilishi)
bildiradi. Birikmadagi asosiy ma’no hokim komponent bilan ifodalangan bo‘ladi.
Tobe
element
hokim
komponentning
ma’nosini
turlicha
izohlashga,
konkretlashtirishga xizmat qiladi.
So‘z birikmasi nominativ funksiyani – atash funksiyasini bajaradi, bu
jihatdan u gapdan ko‘ra so‘zga yaqin turadi. So‘z birikmasining yolg‘iz o‘zi gapni
tashkil qilmaydi: u predikativ bo‘lmagan qo‘shilmadir, demak, fikr ifodalamaydi
(u real borliqning biror hodisasi haqidagi xabarni, so‘zlovchining bunga
munosabatini ifodalamaydi: unda gapga xos bo‘lgan predikativlik, intonatsion
tugallik yo‘q), balki gap tarkibida boshqa so‘zlar, birikmalar bilan bog‘lanib, gap
tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. So‘zlarning paxta ochildi tipidagi
predikativ munosabati odatda, gap hosil qiladi, shunga ko‘ra u so‘z birikmasi
15
tizimiga kirmaydi, undan keskin farq qiladi. Ba’zan elementlar har jihatdan juda
mustahkam bog‘lanib, bir so‘z tusida bo‘lishi ham mumkin. Bunday vaqtda o‘sha
kompleksdagi elementlar – so‘zlar orasida sintaktik mustaqillik bo‘lmaydi, ular
ayrim-ayrim sintaktik vazifa bajarmaydi, balki butun birikma bir vazifani bajaradi,
ma’noda maxsuslanish bo‘ladi. Bu kompleks bir so‘z deb qaraladi. Masalan: temir
yo‘l qurmoq (bir birikma: temir va yo‘l elementlarining ikkalasi birgalikda bir so‘z
hukmidadir). Bu jihatdan ba’zan so‘z birikmasi bilan qo‘shma so‘z bir shaklda
bo‘ladi. Bularni grammatik – semantik xususiyatlar orqali aniqlaymiz. Masalan: oq
qovun: So‘z birikmasi (oq tusdagi har qanday qovun); Qo‘shma so‘z (qovunning
bir turi).
Bu tipdagi bir xillik ko‘pincha aniqlovchi + aniqlanmish formasidagi
birikishda uchraydi. Bularning birinchisi (so‘z birikmasi) nutq hodisasi bo‘lib,
ikkinchisi (qo‘shma so‘z) til hodisasidir.
So‘zlarning o‘zaro birikib, bog‘lanib so‘z birikmasi tashkil qilish hodisasi
elementlarning erkin birikishini ko‘zda tutadi: turg‘un – barqaror birikmalar –
frazeologik iboralar boshqacha xususiyatga ega. Bularda erkin bog‘lanish emas,
balki grammatik-semantik butunlik, ajralmaslik mavjud bo‘ladi. Bularda odatda,
bir so‘z hukmida qaraladi, demak, butunligicha birikmaning bir bo‘lagi bo‘ladi.
Masalan: ko‘zini yog‘ bosgan (mag‘rurlanib ketgan). Erkin birikmalardagi
so‘zlarni talabga qarab almashtirish mumkin. Masalan: (katta rasm, chiroyli rasm).
Bunday hodisa turg‘un birikmalarda yo‘q. Turg‘un birikmalarni bo‘laklarga
ajratish ularning etimologiyasi tarixi bilan bog‘liq. Bunday birikmalar ko‘p
jihatdan bir so‘zga o‘xshash leksik xarakterda bo‘lishi sababli, leksik birikma deb,
buning aksi – erkin birikmalar esa sintaktik birikma (sintaktik so‘z birikmasi) deb
ham yuritiladi.
So‘z birikmasi hosil qilish, undagi komponentlarning holati, shu tarkibdagi
elementlarning qaysi so‘z turkumiga kirishi va shundan kelib chiqadigan
grammatik – semantik xususiyatlar bilan bog‘liq. Masalan: son bilan sifat birika
olmaydi; kelishik affiksi olgan yoki ko‘makchi bilan birgalikda qo‘llangan otlar
16
fe’l bilan birikkanda, keyingi so‘z (fe’l) hokim bo‘ladi (muzeyga bormoq, telefon
orqali gaplashmoq kabi), kelishik formasi va ko‘makchi shu otning tobelik
belgisidir. Sifat bilan ot birikkanda, ot hokim bo‘ladi (shirin olma kabi). Ravish
bilan fe’l birikkanda, fe’l hokim bo‘ladi (tez yurmoq – schnell gehen, to‘satdan
qichqirmoq – plötzlich schreien kabi). Ana shu grammatik xususiyatlarga qarab,
so‘z birikmasi tuzish yo‘llari ham har xil bo‘ladi. Demak, bu xususiyatlarga
asoslangan klassifikatsiyada so‘zlarning leksik – grammatik kategoriyalari nazarda
tutiladi.
So‘z birikmalari tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro munosabatiga qarab, ikki
yirik guruhga bo‘linadi:
Teng komponentli so‘z birikmalari;
Tobe komponentli so‘z birikmalari.
Teng komponentli so‘z birikmalari (die Wortreihe) gapda uyushiq
bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishidan tuziladi.
Tobe komponentli so‘z birikmalari (das Wortgefüge) esa gapda bir so‘zning
ikkinchi so‘zga tobelanish (ergashish) yo‘li bilan bog‘lanishi natijasida hosil
bo‘ladi.
Sintaksis asosida tobe komponentli so‘z birikmalari yotadi. Shunga
qaramasdan, teng komponentli so‘z birikmalari ham e’tibordan soqit qilinmaydi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |