752. Ummi Muhammad volidai Shayx Abu Abdullox Xafif r. t.
O‘g‘li Abu Abdulloh b. Xafif bila bahr yo‘lidin Hajga bordi. Va anga mukoshafotu mujohadot ko‘p
ekandur. Derlarki, Shayx Ramazonning so‘nggi ushrida ihyo qilur erdiki, laylat ul-qadrg‘a musharraf
bo‘lg‘ay. Tomg‘a chiqib erdi va namoz qilur erdi. Va onasi Ummi Muhammad uy ichida, Haq s. t. g‘a
mutavajjih o‘lturub erdi. Nogoh «Laylat ul-qadr» anvori anga zohir bo‘la boshladi. Un chiqardiki, Ey
Muhammad, ey farzand, ulcha sen anda tilaysen, mundadur! Shayx tushti va anvorni ko‘rdi. Va onasi
ayog‘ig‘a tushti, andin so‘ng Shayx aytur erdiki, ul vaqtdin so‘ngra onam qadrin bildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |