618. Xoja Xalil r. t.
Ham ato avlodidindur, Atoning xirqa va sajjodasi «abo an jad» anga tegibdur va ato avlodi orasida
naqib ekandur. Ko‘p axloqi hamida andin marziydurur.
619. Qo‘rqut ato a. r.
Turk ulusi arosida shuhrati andin ortug‘roqdurki, shuhratqa ehtiyoji bo‘lg‘ay. Mashhur mundoqdurki,
necha yil o‘zidin burunqini, necha yil o‘zidin so‘nggi kelurni debdurlar. Ko‘p mav’izaomiz mag‘izliq
so‘zlari aroda bor.
620. Ali ato a. r.
Kumushkentliqdur va ilmi va charog‘i darveshlarida shoe’dur. Necha yillardurki, o‘zi yondurg‘on
chirog‘i o‘chmaydur deb mashhurdur. Turk xaloyiqi nazru niyat anga berurlar.
621. Qilich ato a. r.
Azim qurbatlig‘ kishi ekandur va sayyoflik san’atig‘a mashg‘ul ekandur.
622. Sadr ato r. t.
Mavlidi Turkiston viloyatidindur, o‘z zamonida murshid ekandur.
Do'stlaringiz bilan baham: |