598. Shayx Najmuddin Abdulloh b. Isfaxoniy q. s.
Shayx Abulabbos Mursiyning shogirdidur. Manoqibi behaddur va karomoti beadd. Va ko‘p yillar
Makkada mujovir erdi. Yaman ulamosidin biri debdurki, men hajga bordim va otam bemor qoldi.
Chun Makkaga yettim va haj qildim, xotirim otam saridin bag‘oyat mutaraddid erdiki, holi ne
bo‘lg‘onni bilmas erdim. Shayx Najmudding‘a ayttimki, ne bo‘lg‘ayki, ba’zi mukoshafotingdin xotir
anga keltursangki, mening otam holidin muttale’ bo‘lub, manga dag‘i xabar bersang! Filhol, aning sari
boqti va dediki, otang bemorlig‘idin sihhat topib, firosh ustida o‘lturubdur va kitoblarni tegrasida
teribdur hilyasi mundoq va mundoq. Barcha nishonlarni rost aytti. Va ani hargiz ko‘rmaydur erdi. Bir
kun avliyoullohdin birining janozasi bila chiqib erdi. Chun mulaqqinki, fuqaho kiboridin erdi, qabri
boshig‘a o‘lturdi talqin qilgali. Shayx Najmuddin kuldi. Birav kulgu sababin so‘rdi, Shayx zajr qildi,
so‘ngra ayttiki, mulaqqin talqin og‘oz qilg‘anda, qabr sohibi dedi: hech taajjub qilmassizki, o‘luk
tirikka talqin qilur. Andin so‘rdilarki, hargiz xotun olibmusiz? Dedi: hargiz xotun olmaymen va alar
pishurgan taomdin ham yemaydurmen. Aning Shayxi Ajam bilodida, anga deb erdiki, bot bo‘lg‘ayki,
Misr bilodida qutb bila muloqot qilg‘aysen. Qutb talabig‘a chiqti. Va yo‘lda haromilar dedilar:
josusdur va bog‘lab asradilar. Va debdurki, nogoh ko‘rdumki, bir pir mening ustumga tushti, andoqki,
qarchig‘ay bir sayd ustiga. Va meni bandlardin ochib, xalos qildi. Va dedi: qo‘p, ey Abdullohki, sening
matlubung mendurmen. Pas, Misrg‘acha bordim, hech matlubumni tanimadim va bilmadimki,
qaydadur, to ulki bir kun dedilarki, Shayx Abulabbos Mursiy kelibdur. Jam’i fuqaro dedilarki, keling,
borali va anga salom qilali! Chun ko‘zum anga tushti, tanidimki, ham ul pirdurki, meni yeshib erdi. Va
ul ham ramz bila nishonalar ayttiki, hozirlar fahm qilmadilar. Va men aning xidmatu suhbatin lozim
tuttum, ul vaqtqachaki, dunyodin o‘tti. Chun Shayx vafot qildi, Makkaga mutavajjih bo‘ldi, yo‘lda
Shayxning shayxi Shayx Abulhasan Shoziliy q. s. qabrig‘a yetishti. Ul qabridin aning bila so‘zlashib,
anga dediki, Makkaga bor va o‘ltur! Chun Makkaga yetti, eshittiki, hotife ayturki, [odamlari yomon
eng yaxshi shaharga kelding]
1
va Makkada mujovir bo‘ldi, to yetti yuz yigirma birda dunyoding o‘tti.
Va Shayx Fuzayl Ayoz q. s. qabrig‘a yaqin qo‘ydilar. Xuroson akobiridin birining xatti bila
topibdurlarki, yetti yuz uchda Makka ziyoratig‘a musharraf bo‘ldum. Va ul vaqt Haram shayxi Shayx
Najmuddin Isfahoniy erdi. Aning xidmatig‘a yetishur erdim. Bir kun mendin so‘rdiki, bu hadis sanga
yetibmudurki, [Ummatimning abdollari qirqtadir. O‘n ikkitasi Iroqda, yigirma sakkiztasi Shomda]
2
.
Dedim: yetibdur. Ammo bu mushkuldurki, nechuk bu toifa Shom va Iroqda-o‘qdurlar. Shayx dediki,
Hazrat Risolat s. a. v. barcha odamni ikki qismat qilibdur Nisfi g‘arbiy, nas, Iroq va g‘ayrihi, Xuroson
va Hinduston va Turkistondek. Soyir sharqi bilod, Iroqqa doxil va Shom va g‘ayrihi va Misr va
Mag‘rib barcha Shomg‘a doxildur. Noqil bitibdurki, bu vaqtda xotirimg‘a keldiki, Xoja Qutbuddin
Yah’yo Jomiy Nishoburiy holidin savol qilg‘aymen. So‘rmayin dediki, Xoja Qutbuddin Yah’yo ul o‘n
ikkidin biridurki, Iroqdadurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |