Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: «Tafakkurning yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar». «Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar». «Mo‘‘jizalar xususida». «Ollohning qudrati xususida». «Farishtalar xususida». «Iblislar xususida». «Tabiatning sirli ishlari xususida». «Arastuning «Metafizika» kitobiga sharh» va hokazo. Foma 1274 yilning bahorida vafot etdi.
* * *
Shunday odamlar borki, ularni Olloh ham rad etadi.
* * *
Ruh haqida mushohada yuritish uchun jism haqida fikrlayman. Jism mushohadasi orqali alohida bir
xilqat haqida o‘ylayman. Xilqat fikridan maqsad esa Ollohning zikridir.
* * *
Tafakkur yordamida anglash mumkin bo‘lgan Olloh haqidagi haqiqatlarni bilish uchun avvaldanoq
ko‘plab ilm sirlaridan xabardor bo‘lish juda muhimdir. Zero, falsafa ilmiga doir barcha izlanishlar o‘z
oldiga Ollohni anglashni maqsad qilib qo‘ygan.
* * *
Ilohiy haqiqat boshqa har qanday haqiqatning mezonidir... Har qanday asosli haqiqat Tangri
haqiqati bilan o‘lchanmog‘i zarur.