Dasturli-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal qarab kelishib olish va mu- vofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga ko’chadigan bo’lsa: - materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish; - mehnat me’yorlarini qayta ko’rib chiqish; - turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash; - yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash; - yetkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish; - yangi texnologiya- larni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |