www.ziyouz.com kutubxonasi
52
alayh).
Ummu Salama (roziyallohu anho) aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning: «Biror bandaga musibat yetsa va u: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz
va, albatta, biz Unga qaytguvchilarmiz. Ey Allohim, musibatim sababli menga ajr bergin
va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin», desa, Alloh unga musibati sababli ajr ato qiladi.
Va uning o‘rniga yaxshirog‘ini beradi», deganlarini eshitgan edim. Erim Abu Salama
vafot etgach, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sohiblari ichida Abu Salamadan
ko‘ra yaxshiroq kim ham bor», dedim. Keyinroq Alloh dilimga solib, jur’at paydo bo‘ldi
va shu duoni o‘qidim. Bir oz o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni o‘z
nikohlariga oldilar» (Muslim rivoyati).
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qabr tepasida
yig‘lab o‘tirgan ayolning yonidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rqqin, sabr qilgin», dedilar. Ayol
u zotni tanimay: «Yo‘lingdan qolma, o‘zingning boshingga tushmagan-da», dedi. Ayolga,
bu kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bo‘ladilar, deyishdi. U Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning eshigiga keldi. U yerda eshikog‘alarni ko‘rmadi. «Uzr, sizni
tanimapman», degan edi: «Ilk zarba chog‘idagi sabr sabrdir», dedilar Nabiy»
(Muttafaqun alayh).
Ya’ni, musibatning dastlabki lahzalaridagi sabr go‘zal sabrdir. Keyinroq esa hamma o‘z-
o‘zidan yupanib qoladi.
Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Talhaning Umma Sulaymdan ko‘rgan o‘g‘li vafot
etdi. Ummu Sulaym yaqinlariga: «To o‘zim aytmagunimcha, Abu Talhaga o‘g‘li haqida
hech narsa demanglar», dedi. Abu Talha kelgach, kechki ovqatni keltirdi. U ovqatlandi.
So‘ng Ummu Sulaym unga odatdagidan yaxshiroq munosabatda bo‘ldi. Ular birga
bo‘lishdi. Abu Talhani to‘ydirib, shahvatini qondirganidan so‘ng ayoli so‘radi: «Ey Abu
Talha, nima deb o‘ylaysiz, agar bir kishi boshqa birovga omonatga biron narsa bersa,
so‘ng uni talab qilsa, omonatni egasiga qaytarib bermaslikka haqqi bormi?» «Yo‘q».
«Unday bo‘lsa, o‘g‘lingiz uchun sabr etib, savob umid qiling». «Bulg‘anganimdan keyin
bu xabarni aytyapsanmi?» dedi g‘azablanib Abu Talha. So‘ng borib, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga bo‘lgan voqeani so‘zlar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh sizlarga shu kechangizni barakotli etsin», deya duo qildilar (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar bir bandaning farzandi vafot etsa,
Alloh taolo farishtalaridan: «Bandam farzandini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular «Ha»,
deyishadi. «Qalb mevasini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular: «Ha», deyishadi. «Bandam
nima dedi?» deb so‘raydi. Ular: «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deyishadi. Shunda Alloh
taolo: «Bandamga jannatda bir bino quringlar va uni «hamd uyi» deb nomlanglar»,
deydi» (Termiziy va Ibn Hibbon rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo aytadi: «Dunyoda yaxshi
ko‘rgan odamining jonini olsamu, undan savob umid qilgan mo‘min bandam uchun
huzurimda jannatdan bo‘lak mukofot yo‘q» (Buxoriy rivoyati).
Rivoyat qilinadi: «Allohning hukmiga rozi bo‘lish Odam farzandi uchun saodatdir.
Allohning hukmidan norozi bo‘lish Odam farzandi uchun badbaxtlikdir» (Termiziy
rivoyati).
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |