Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/210
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#283173
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yuzlariga uradigan, yoqalarini yirtadigan 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
va johiliyat da’volari bilan baqirib-chaqiradigan kimsalar bizdan emas» (Buxoriy 
rivoyati). 
 
Abu Burda roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Muso Ash’ariy dardga chalindilar. Boshlarini 
ayolining tizzasiga qo‘ygan holda hushlaridan ketdilar. Ayoli zorlanib dod-voy qila ketdi. 
Uni biron yo‘sin bilan qaytarishga qurblari yetmadi. O‘zlariga kelgach: «Men Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam pok-begona bo‘lgan kimsalardan pokman. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam esa, musibat chog‘ida dod-voy solib baqiradigan, sochlarini yuladigan va 
kiyimlarini yirtadigan ayollardan pokdirlar», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Mazkur hadisda bayon qilingan noo‘rin xatti-harakatlar harom ekanligiga ulamolar ittifoq 
qilishgan. Xuddi shuningdek, sochini yoyib olish, yanoqlariga shapatilash, yuzini 
yumdalash va o‘ziga o‘lim – halokat tilash ham haromdir. 
 
Ummu Atiyya (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan 
bay’at chog‘ida dod-voy solib yig‘lamaslikka ahd olganlar» (Buxoriy rivoyati). 
 
Sarvari olam sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlar o‘zlaridagi narsa sababli kofir 
bo‘ladilar, nasabga ta’na qilish va mayyitga dod-voy solib yig‘lash» (Muslim rivoyati). 
 
No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh ibn Ravoha hushlaridan 
ketdilar. Singlisi yig‘lab: «Ey tog‘im, ey falonim, ey fistonim», deya sanay ketdi. U zot 
hushlariga kelgach: «Sen nima degan bo‘lsang, mendan «Sen shunaqamisan?» deb 
so‘rashdi», dedilar». 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dod-voy solib yig‘laganliklari sababli 
mayyit qabrida azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Qaysi odam o‘lsa-yu, uning yig‘lovchilari: «Ey suyangan tog‘im, ey sayyidim», 
desa yoki shu kabi so‘zlarni aytsa, mayyitga ikki farishta vakil qilinadi-da, ko‘kragidan 
itarishib: «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashadi» (Termiziy rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Dod solib yig‘lovchi ayol agar 
o‘lmasidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kunida qatrondan (qora yelimdan) ko‘ylak va 
qora qo‘tirdan sovut kiygan holda turg‘aziladi» (Muslim va Ibn Moja rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Men ikki ahmoqona, gunohkorona 
ovozdan qaytarildim: xursandchilik vaqtdagi ovoz – o‘yin-kulgi va shayton surnayi 
(nag‘masi) hamda musibat chog‘idagi ovoz, yuzni yumdalab, yoqani yirtish va zorlanish» 
(Termiziy rivoyati). 
 
Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod 
solib yig‘lovchi va unga quloq soluvchi ayollarni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ikki ovoz dunyo va oxiratda 
la’natlangandir: ne’mat – xursandchilik vaqtidagi nag‘ma va musibat chog‘idagi 
zorlanish» (Bazzor rivoyati). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish