www.ziyouz.com kutubxonasi
22
hujjatlar orqali bo‘ladimi yoki qat’iy e’tiqodlar yordamidami, farqi yo‘q. Vallohu a’lam.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Alloh maxluqotlar taqdirini osmonlaru yerni yaratishidan ellik ming
yil oldin yozib qo‘ygan» (Muslim rivoyati).
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, bir kishi: «Yo Rasululloh, bugungi amallar
nimaga bog‘liq? Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan narsagami yoki biz endi qiladigan,
endi sodir bo‘ladigan narsagami?» deb so‘radi. «Qalamlar qurib, taqdirda belgilangan
narsaga bog‘liq», dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. «Unda amal qilishning
nima keragi bor?» deb so‘ragan edi, «Amal qilinglar, har bir kishi muyassar
bo‘lguvchidir», dedilar Nabiy. (Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir narsa qadar-taqdir bilandir.
Hattoki ojizlik va ziyraklik ham» (Ahmad va Muslim rivoyati).
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Qadariyalar va murjialar bu ummatning majusiylaridir. Agar ular kasal bo‘lsalar, ziyorat
qilmanglar va agar o‘lsalar, (janozalarida) qatnashmanglar» (Taboroniy rivoyati).
Rivoyat qilishadiki, Alloh qiyomat kunida avvalgilaru oxirgilarni to‘plagan vaqtda bir
jarchiga buyuradi, u: «Allohning xusumatchilari qani?» deb nido qiladi. Bu nidoni
avvalgilaru oxirgilar eshitadi. Shunda qadariyalar o‘rinlaridan turadilar va ularga
do‘zaxga kirish buyuriladi. Alloh taolo aytadi: «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar. Albatta,
Biz har bir narsani aniq o‘lchov – qadar bilan yaratdik».
Alloh bandaga ma’siyat-gunoh ishni taqdir qilib, so‘ng u sababli azoblashi joiz emas, deb
tortishganlari uchun ularga: «Allohning xusumatchilari», deyiladi.
Rivoyat qilinadiki, Alloh qaysi payg‘ambarni yuborgan bo‘lsa, uning ummatida
qadariyalar va murjialar bo‘lgan. «Alloh yetmishta payg‘ambar tilida qadariya va
murjialarni la’natladi».
Xabarda keltirilishicha, «Qadariyalar bu ummatning majusiylaridir».
Yana aytiladiki: «Har bir ummatning majusiylari bo‘ladi. Bu millatning majusiylari esa
taqdir-qadar yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi, deb da’vo qiladigan kimsalardir».
Hasan Basriy hazratlari aytganlar: «Allohga qasamki, agar bir qadariy arqonday bo‘lib
qolguncha ro‘za tutsa, so‘ng simday bo‘lib qolguncha namoz o‘qisa ham, Alloh uni
do‘zaxga yuztuban uloqtiradi. Keyin unga: «Do‘zax azobini totib ko‘r. Albatta, Biz har bir
narsani aniq o‘lchov – qadar bilan yaratdik», deyiladi».
Fasl
Tobe’inlar, musulmon imomlari, salaflar va fuqaholardan yetmish kishi quyidagi ishlar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan sunnat ekanligiga ijmo’ qilganlar:
«Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish, buyrug‘iga taslim bo‘lish, hukmi ostida sabr
qilish, buyurgan narsalarini bajarish, qaytargan narsalaridan tiyilish, Alloh uchun xolis
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |