Bitiruv malakaviy ishni DAK tomonidan baholash mezonlari
Baholanadigan bo‘lim lar
Eng yuqori
ko‘rsatkich
ball hisobida
1
BMI ning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsad va vazifalarning yoritilishi
10
2
Ishning
asosiy
(tushuntirish)
qismining
Nizom
talablariga mos xolda bajarilishi
35
3
“Xulosa”
qismida
ilmiy-nazariy
va
amaliy
tavsiyalarning mavjudligi
10
4
Ishni bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili.
Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan
foydalanish
15
5
Ishdagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi.
Ishni
bajarishda
grammatika
qoidalariga
amal
qilinganligi
10
6
Himoyaga ish mazmunini bayon qila bilganligi.
Savollarga berilgan javoblar darajasi
15
7
BMI mavzusi bo‘yicha ilmiy-nazariy seminarlar va
konferentsiyalarda ma’ruza (axborot) bilan ishtiroki,
maqola (tezis) nashr qilinganligi
5
Eslatma: har bir kafedraning xususiyatlari e’tiborga olingan holda baholash
mezonlariga o‘zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq.
Urganch Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo” yo‘nalishining
bitiruvchisi Batirova Gulnoza Adamboy qizining “O‘zbek kimyogar olimlari va
ularning kimyo sohasida erishgan yutuqlari haqida” mavzusida bajarilgan bitiruv
malakaviy ishi DAK ning «____» «iyun» 2016 yil dagi majlisida himoya qilinadi.
Davlat attestattsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishga quyidagi
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Baholanadigan bo‘lim lar
Eng yuqori
ko‘rsatkich
ball hisobida
Komissiya
belgilagan
foiz
1
BMI ning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsad va vazifalarning yoritilishi
10
2
Ishning asosiy (tushuntirish) qismining Nizom
talablariga mos holda bajarilishi
35
3
“Xulosa”
qismida
ilmiy-nazariy
va
amaliy
tavsiyalarning mavjudligi
10
4
Ishni bajarishda mavzuga oid manbaalarning tahlili.
Chet el adabiyotlaridan va internet materiallaridan
foydalanish
15
5
Ishdagi ilovalarning mavzu mazmuniga mosligi.
Ishni bajarishda grammatika qoidalariga amal
qilinganligi
10
6
Himoyaga ish mazmunini bayon qila bilganligi.
Savollarga berilgan javoblar darajasi
15
7
BMI mavzusi bo‘yicha ilmiy-nazariy seminarlar va
konferentsiyalarda maruza (axborot) bilan ishtiroki,
maqola (tezis) nashr qilinganligi
5
Jami:
Davlat attestattsiya komissiyasi majlisining qarori:
1.
Batirova Gulnoza Adamboy qizining “O‘zbek kimyogar olimlari va
ularning kimyo sohasida erishgan yutuqlari haqida” mavzusida bajargan bitiruv
malakaviy ish uchun _______ lik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi belgilansin va
«______ » deb baholansin.
2.
DAK raisi: dots., k.f.n. Qulimov A.K.
A ’zolari: dots., k.f.n. Polvonov X .Q ._______
__dots., k.f.n. Hasanov Sh.B._______
__dots., k.f.n. Baltaeva M.M._______
__k.f.n. Palvanov N.S.____________
__k.f.n. Yusupova M.O‘.__________
_____Masharipov A.T.____________
2016 yil «______ »
Urganch Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
“Kimyo” kafedrasi
Bitiruv malakaviy ish ____________________________sonli tartib raqam bilan
qayd qilindi.
Bitiruv malakaviy ishni bajaruvchining ismi-sharifi:
Atirova Gulnoza Adamboy qizi
Bitiruv malakaviy ishning mavzusi:
“O‘zbek kimyogar olimlari va ularning kimyo sohasida erishgan yutuqlari haqida”
Ilmiy ra h b ar (maslahatchi) ning ismi - sharifi: Polvonov Xudaybergan
Quziyevich
Bitiruv malakaviy ish kafedraning 2016 yil «_____»________ da o‘tkazilgan
majlisi qaroriga muvofiq DAK majlisida himoya qilindi.
Bitiruv malakaviy ishga taqrizchi qilib UrDU qoshidagi 2-akademik litsey
kimyo fani o‘qituvchisi
D. Dushamov tayinlandi.
Kafedra mudiri:
dots. Hasanov SH.B.
Kafedraning bitiruv malakaviy ishni DAK majlisida himoya qilish bo‘yicha
tavsiyasiga roziman.
Fakultet dekani:
dots. Polvonov X.Q.
Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo” kafedrasi
5140500- Kimyo ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun
«Tasdiqlayman» fakultet dekani
___________ dots. Polvonov X.Q.
“___”__________ 2016 y.
BITIRUV MALAKAVIY ISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ
Talaba: Batirova Gulnoza Adamboy qizi
1. Ishning mavzusi: “O‘zbek kimyogar olimlari va ularning kimyo sohasida
erishgan yutuqlari haqida” «31» oktabr 2015 yil universitet rektorining «N° 195-T
§3»-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
2. Ishni topshirish m uddati: “25” may 2016 y.
3. Mavzu bo‘yicha dastlabki m a’lum otlar beruvchi adabiyotlar ro ‘yxati:
1.
Kagp.rap Tafiëp.nam
mh
^
hh
gaerypH TÿFpHCHga Ÿ36eKHCTOH Pecnyô^HKacn
KOHyHH. TomKeHT, 1997
hhïï
, 29 aBrycT.
2.
H.A.KapHMOB “EapKaMO^ aB.nog Ÿ36eKHCTOH TapaKKHëTHHHHr nofigeBopn”
TomKeHT, 1988, 636.
3.
2004-2009 HHÆrapga “MaKTa6 Tat^HMHHH pHBoKnaHTHpHm ^aB^aT
yMyMMH^^HH
gacTypn
TÿFpHCHga”rH
Ÿ36eKHCTOH
Pecny6^HKacn
npe3HgeHTHHHHr ^apMOHH. TomKeHT, 21 MaH,2004
hhïï
. nO-3431.
4.
H.A.KapHMOB “Ÿ36eKHCTOH Pecny6^HKacn Ba3Hp.rap Max,KaMacHHHHr 2009
HH^HHHr aCOCHH ^KyH^apH Ba 2010 HH^ga Ÿ36eKHCTOHHH HKTHMoHH-HKTHCogHH
pHBO>K^a.HTHp HmHHHr ^H^ Myx,HM ycTyBop HÿHanHmnapnra 6aFHm.raHraH
Ma^^Hcgarn Matpy3acn”. 29 ÆHBap, 2010
hhïï
. “Xan^ cÿ3H” ra3eTacn, 30 AHBap,
TomKeHT, 2010.
5.
Ibrohim Asqarov, Kamoliddin G‘opirov, Shahobiddin Qirg‘izov, “Kimyoviy
bilimlar sarchashmasi” Toshkent, “O‘zbekiston”, 2013.
6.
X.M. fflaxHgoaTOB, X.y. XogKaHHa3oB “OyH^HoHantHo - 3aMern,eHHBie
nnpHMHgHHM”, TamKeHT 2010, 314 bet
7.
A.Q.O‘rinovning tahriri ostida “Farg‘ona Davlat Universiteti olimlari”
bibliografik ma’lumotlar. Farg‘ona, 2003 y, 142-b.
8.
N.Parpiyev, X.Rahimov, A.Muftaxov “Anorganik kimyo nazariy asoslari”,
“O‘zbekiston”, Toshkent, 2000 yil, 478-b.
4. Ishning maqsadi: Kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni buyuk o’zbek
kimyogar olimlarining kimyo sohasida erishgan yutuqlari bilan tanishtirish va
nazariy ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
5. Chizma m ateriallar ro ‘yxati:
6. M aslahatchilar: dots. X.Q. Polvonov
Bo‘lim lar
Maslahatchi
F.I.SH.
Imzo, sana
Topshiriq
berdi
Topshiriq
qabul qildi
Kirish
dots. X.Q. Polvonov
10.12.2015
12.01.2016
I BOB. Ta’lim jarayonida
o‘qitish natijalarini nazorat
qilishning ilmiy - metodik
asoslari
dots. X.Q. Polvonov
22.12.2015
11.02.2016
II BOB. Kimyo
o‘qitish
natijalarini nazorat qilish
usullari
va
ularni
takomillashtirish metodikasi
dots. X.Q. Polvonov
12.01.2016
19.03.2016
Olingan natijalar
muhokamasi
dots. X.Q. Polvonov
11.03.2016
22.04.2016
Xulosa
dots. X.Q. Polvonov
15.04.2016
28.04.2016
Ishga taqriz yozuvchi:
UrDU qoshidagi 2-son akademik litsey kimyo fani
o‘qituvchisi D. Dushamov.
7. Ilmiy rahbar: dots. X. Polvonov___________
BMI bajaruvchi talaba: Batirova Gulnoza Adamboy qizi
K afedra mudiri: dots. Sh. Hasanov
MUNDARIJA:
Kirish ...............................................................................................................
I BOB
O ‘ZBEKISTONDA
KIMYO
FANI
RIVOJLANISHI
TARIXIDA....................................................................................
1.1.
O‘zbekistonda
kimyo
fani
va
uning
rivojlanish
tarixi................................................................................................
1.2.
O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan buyuk allomalarning kimyo
sohasiga qo‘shgan hissalari...............................................................
II BOB
O ‘ZBEKISTONDA
ZAMONAVIY
KIMYONING
RIVOJLANISHI ...........................................................................
2.1.
O‘zbekistonda
kimyo
sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib
borayotgan muassasalar....................................................................
2.2.
O‘zbekiston kimyogar olimalari maktabi va ularning tadqiqot
yo‘nalishlari........................................................................................
2.3.
O‘zbekistonda
nano
kimyo
yo‘nalishida
erishilayotgan
yutuqlar..............................................................................................
2.4.
O‘zbekistonda
eng
rivojlangan
kimyo
yo‘nalishlari
haqida.................................................................................................
III BOB BUYUK
O ‘ZBEK
KIMYOGAR
OLIMLARI
VA
ULARNING
KIMYO
SANOAT
VA
BOSHQA
SOHALARDA ERISHGAN YUTUQLARI..............................
3.1.
Butun jahon e’tirof etgan o‘zbek kimyogar olimlari va ularning
kimyo sohasida erishgan yutuqlari..................................................
3.1.1.
Noorganik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar.................................
3.1.2.
Organik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar.....................................
3.1.3.
Polimerlar kimyosi sohasida erishilgan yutuqlar..............................
3.2.4.
Bioorganik kimyo sohasida erishilgan yutuqlar...............................
3.2.
O‘zbek kimyogar olimlari erishgan yutuqlarning turli sanoat
sohalari rivojlanishidagi ahamiyati..................................................
3
5
5
8
14
14
18
20
26
30
30
30
36
39
48
51
3.2.1. O‘zbekistonda
kimyo
sanoati
rivojlanishida
o‘zbek
kimyogarlarining tutgan o‘rni..........................................................
51
3.2.2.
O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati rivojlanishida
o‘zbek
kimyogarlarining tutgan o‘rni.........................................................
56
3.2.3.
O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligi
rivojlanishida
o‘zbek
kimyogarlarining tutgan o‘rni.........................................................
59
X U L O SA ...........................................................................................................
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O ‘YXATI..................................
65
Kirish.
Bugungi kunda ilm - fanning keng miqyosda rivojlanishi insoniyat
hayotining yanada yaxshilanishi uchun yetarli darajada zamin yaratmoqda. Bu
o‘rinda turli sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning ishlarini ta’kidlab
o‘tish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o‘zbek olimlari ham turli sohalarda o‘z
iqtidorini namoyon etib, o‘zining ilmiy ishlari, tajribalari bilan xalqaro maydonda
yurtimiz obro‘sini yanada oshirmoqda.
Ilm - fan rivoji u yoki bu mintaqada yashayotgan xalq va millatning ilg‘or
olimlari hamda tadqiqotchilarining, alohida iqtidorli shaxslarning ilmiy salohiyati
darajasiga, ularning ilm - fan sohasidagi fidoyiligi, jasorati va matonatiga bog‘liq
bo‘ladi.
Tabiatshunoslik, ijtimoiy - iqtisodiy va gumanitar fanlarni zamon talabi
darajasida rivojlantirib borish bilan birga o‘z ilmiy - tadqiqotlari natijalarini yosh
avlod ongiga singdiradigan olimlar, yirik mutaxassislarning faoliyati alohida
hurmatga loyiqdir. Zero, oliy bilim dargohlarining turli fanlar (fizika, matematika,
biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar) sohasida ilmiy -
tadqiqot olib borgan yuqori malakali mutaxassislari bir vaqtning o‘zida talaba -
yoshlarga o‘z faoliyatining mohiyatini, qonuniyatlari va xususiyatlarini o‘rgatishga
munosib hissa qo‘shib keldilar. Shu jihatdan bu sohadagi olimlarning faoliyati ikki
tomonga (ham tadqiqot olib borish, ham fan asoslarini o‘rgatish) qaratilganligi
bilan e’ tiborga loyiqdir.
O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim
sohasida amalga
oshirilayotgan
islohotlar, ularning samaradorligini ta‘minlash, komil insonni tarbiyalab voyaga
yetkazish malakali mutaxassis - pedagoglar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun [1] , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” [2]
hamda 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturini qabul qilinishi va ularning ijrosiga oid bir qator hukumat qarorlarining
qabul qilinishi yurtimizda umumiy o‘rta ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir
namunasidir.
3
Jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan yangi - yangi talablari yosh avlodga
mukammal ta’lim berish, barkamol etib tarbiyalashni taqozo etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz farzandlarimizning nafaqat
jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual
bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga
to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”. [4]
Ilm - fan, ta‘lim - tarbiya va ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan
iste’dodli olimlar, muayyan davr ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllanadi, ularni
ifoda etadi va ularning rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Lekin olimlarning ilmiy - ijodiy
ish bilan samarali shug‘ullanish uchun muayyan darajada ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy sharoitlar talab etiladi. Masalan, O‘zbekiston
mustaqilligi davrida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi” respublikamizda ilm - fanni taraqqiy ettirishga va
ta’lim - tarbiyani jahon standartlari darajasida rivojlantirishga ulkan imkoniyat va
sharoit yaratdi.
Mamalakatimizda kimyo sanoatining rivojlanishi kimyoviy ta’limni
rivojlantirish bilan chambarchas va uzviy bog‘liq. Negaki, o‘sib kelayotgan
yoshlarimiz orasidan shu sohaning yetuk mutaxassislarini tayyorlash ham ustuvor
vazifalardan biri sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga va milliy
dasturiga asosan, ta’lim oluvchilarga jahon andozalariga mos ravishda bilim
berishda jahon kimyogarlari bilan bir qatorda O‘zbekistonlik kimyogar olimlarimiz
ham kimyo fani va sanoatini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda va
ularning ilmiy o‘rganish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik hislari shakllantiriladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida O‘zbekistonlik kimyogar olimlarni ilmiy
pedagogik faoliyatlari bilan kimyo fani va sanoatini rivojlantirishdagi hissalarini
ochib berish bilan birga ularning ishlarini maktab kimyo darslarida o‘rgatish va shu
asosda yoshlarni ilm - fan sirlarini o‘rganishga bo’lgan qiziqishlarini ortishida
muhim ahamiyatga ega.
4
I BOB. O ‘ZBEKISTONDA KIMYO FANI RIVOJLANISHI
TARIXIDAN
1.1. O ‘zbekistonda kimyo fani va uning rivojlanish tarixi
Kimyo - moddalarning tuzilishi va o‘zgarishini o‘rganadigan fan. Kimyo
boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy
ehtiyojlarini qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini
hosil qilish va nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida ro‘yobga chiqdi.
Kimyogarlar bir moddadan ikkinchi moddani tayyorlash ishi bilan
shug‘ullanishgan. O‘zbekistondan o‘tgan buyuk ipak yo‘li orqali miloddan avvalgi
1 - ming yillikning 2 - yarmidan boshlab, mamlakatga savdo - sotiq bilan birga
hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan tarixiy buyum va juda ko‘plab
yodgorliklar O‘zbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan
boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykent manzilgohidan VIII
asrga taalluqli kimyo laboratoriyasi topilgan. Laboratoriya jihozlari turli idishlar,
shisha asboblardan iborat edi.
“Alkimyo” asoschisi Jobir ibn Hayyom metallarning paydo bo‘lishidagi
oltingugurt - simob nazariyasini olg‘a surdi. Olimning izdoshlaridan bo‘lgan
Farobiy o‘zining “Ustodi Soniy” asarida alkimyo ilmining yo‘nalishini
ma’qullaydi. Sharq allomalari Abu Bakr ar - Roziy “Sirlar kitobi” asarida alkimyo
ma’lum moddalarni o‘rganish, asbob - uskunalarni yig‘ish va foydalanish hamda
tajribalar o‘tkazishni keltiradi. Roziy o‘z asarida ungacha bo‘lgan moddalarni
tasniflab, asbob va tajribalarni bir tizimga solgan. Abu Abdullo al - Xorazmiyning
“Bilimlar kaliti” kitobida kimyoga alohida bo‘lim ajratilgan bo‘lib, unda turli
moddalar, asboblar, tajribalar to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar keltirilgan. Abul
Hakim al - Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qo‘llanilgan taroziga ahamiyat
beradi. Al - Xaziniy tomonidan 1125 yilda yozilgan “Dono tarozu haqida kitob”da
turli ko‘rinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi
manbalardan ma’lum. Abu Ali ibn Sino “Al - qonun” kitobida o‘simlik, hayvon,
5
minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va boshqa birikmalarning
750 dan ortiq turini keltiradi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini to‘laqonli
ifodalaydi. Abu Rayhon Beruniyning “Minerologiya” asarida moddalarning turli
xossalarini yoritib bergan [ 11 ].
XVIII asr oxiri, XIX asr o‘rtalarida kimyo O‘zbekistonda yanada rivojlandi.
Toshkentda 1869 yilda kimyo laboratoriyasi tashkil etildi. Qo‘qon xonligi va
Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar o‘rganildi. Turli o‘simliklardan alizarin
bo‘yog‘ini ajratib olish, chigitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni tahlil
qilish, o‘lkada sanoatni rivojlantirishga zarur bo‘lgan tog‘ jinslarini tadqiq qilish,
sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli
giltuproq va qumtuproq tarkibini hamda sifatini aniqlash, uzumni bijg‘itib spirt
tayyorlash, sement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli o‘simliklardagi
kraxmalni aniqlash, qamish, g‘o‘zapoya va daraxtlarning o‘tinlaridagi yonilg‘i
birliklarini hisoblash kabi ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borildi. 1913 yilning
yanvar oyigacha ishlab turgan mazkur laboratoriya bajargan ishlari asosida
O‘zbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin, degan
xulosaga kelindi, lekin bu ishlarga amaliy yondashilmadi. 1918 yilda Toshkentda
Turkiston universitetining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo fakultetining
ochilishi O‘zbekistonda kimyo fani rivojida yangi bosqich bo‘ldi.
1920 yil Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xo‘jaligi kengashida sanoat
bilan bog‘langan kimyo va uning sanoatiga yondosh bo‘lgan qurilish, oziq-ovqat,
neft, suv va boshqa tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mahalliy aholi orasidan A.Shamsiyev, Z.Saidnosirova, M.Hakimov, M.Niyozov,
M.Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqishdi. Ular yosh kadrlarni
tayyorlashga katta hissa qo‘shdilar.
1930 yillarda universitetning kimyo fakultetida S.Yunusov, O.Sodiqov,
K.Ahmedov, Sh.Tolipov, X.Usmonov, A.Sultonov, X.Rustamov, Y.Toshpo‘latov,
A.Murtazoyev, X.Rahimov kabi iste’dodli yoshlar yetishib chiqdilar. Ikkinchi
jahon urushi yillariga qaramay, fan rivojiga katta e’tibor berildi.
6
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 2011 yilni Xalqaro Kimyo yili deb
e’lon qilgan edi. Bu bilan jahon hamjamiyatiga kimyo ilmining tarixi, insoniyat
duch kelayotgan dolzarb muammolarni kimyo fani vositasida yechish
mumkinligini tushuntirish maqsad qilindi. Shu munosabat bilan jahon kimyo fani
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan allomalarimiz bilan
tanishtirmoqchimiz.
Abu Nasr Forobiy “Ustodi Soniy” asarida alkimyo ilmining metallar va
elementlar tushunchalari borasidagi yo‘nalishlarni tahlil qilgan [ 5, 7, 11 ].
Abu Abdulloh al - Xorazmiy “Bilimlar kaliti” kitobida turli moddalar,
asboblar, kimyoviy tajribalar haqida mukammal ma’lumotlar keltirgan.
Abu Ali ibn Sino “Al qonun” kitobida o‘simlik, hayvonot, minerallar, tuzlar,
kislotalar, ishqorlar, metallar va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turning nomi,
xossalari va ishlatilishini bayon qilgan [ 5, 7, 11 ].
Abu Rayhon Beruniy “Mineralogiya” asarida moddalarning moddalik
xususiyatini namoyon qilgan [ 5, 7 ].
O‘zbekistonda birinchi kimyo laboratoriyasi 1869 yilda tashkil etilgan.
Ushbu laboratoriyada portlovchi moddalar tarkibini tekshirish, o‘simliklardan
alizarin bo‘yog‘ini ajratib olish, chigitni tozalash, suv va tuproqni, tog‘ jinslarini
tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun
kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibini tekshirish, anor po‘stlog‘idan oshlovchi
moddalar tayyorlash, sement moddalarni olish, dukkakli o‘simliklardagi kraxmalni
aniqlash kabi ishlarni olib borganlar.
1918 yilda Turkiston Universiteti tashkil etilib, kimyo fakulteti ochildi.
Akademik H.Usmonov paxta sellyulozasi kimyosi sohasida gidratsellyuloza,
atsetat shoyi va boshqa tolalarning strukturasini tekshirish usullari sohasida
tadqiqotlar o‘tkazdi.
Akademik M.Nabiyev o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi sohasida
izlanishlar olib borib, azot kislota yordamida fosforitlarni parchalash jarayonini
tadqiq etdi.
7
Akademik Yu.Toshpo‘latov paxtaning geologik xossalari, uning real shart -
sharoit va tuproq strukturasiga bog‘liqligi borasida ilmiy ishlarni amalgam oshirdi.
Akademik Sh.Tolipov ftorli birikmalar kimyosini chuqur o‘rgandi, natijada
qator elementlarni aniqlashning og‘irlik, hajmiy va amperometrik usullarini ishlab
chiqdi.
Akademik S.Yunusov alkoloidlar kimyosini rivojlantirishga muhim hissa
qo‘shdi. Uning boshchiligida 4000 dan ziyod o‘simlik alkoloidlari tadqiq qilinib,
ulardan 600 dan ziyod alkoloidlar ajratib olindi [ 24 ].
Akademik O.Sodiqov tomonidan bioorganik kimyo faniga asos solindi.
Ushbu olimlarimizning ilmiy ishlari dunyo miqyosida tan olindi, ingliz,
fransuz, nemis, rus va boshqa tillarga tarjima qilindi. Mustaqillik yillarida fizika,
kimyo, organik kimyo, yuqori molekulali birikmalar kimyosi, tabiiy birikmalar
kimyosi, kolloid kimyo, noorganik kimyo, analitik kimyo, bioorganik kimyo,
o‘g‘itlar kimyosi, silikatlar kimyosi, kimyoviy texnologiyalar jarayonlari kabi
sohalarda olimlarimiz tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlar yangi bosqichga
ko‘tarildi. A.Abduvahobov, B.Beglov, A.Glushenkova, N.Parpiyev, S.Rashidova,
Z.Salimov, Sh.Solixov, S.To‘xtaev singari o‘nlab akademiklarimiz ustozlari izidan
borib mamlakatimiz kimyo fanini yuqori pog‘onalarga ko‘tarishda ulkan hissa
qo‘shib kelmoqdalar.
1.2. O ‘zbekiston hududida yashab o‘tgan buyuk allomalarning kimyo
sohasiga qo‘shgan hissalari
O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo hududida ijod etgan buyuk allomalar
orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasida
ko‘p ishlari bilan mashhurdir. Uning fikricha, kimyoviy bilimlar oddiy
moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor maddalar yaratishga xizmat qilishi
kerak.
Abu Ali al- Husayn ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980 yil Afshona
qishlog‘i - 1037 yil Hamadon shahri Eron) 450 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 80
8
tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot,
astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilashunoslikka
asoslangan. Ibn Sino fikricha, avval tog‘ - u toshlar, so‘ng o‘simlik, hayvonot
taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati
va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Materiyaning eng soda bo‘linmas
shakli 4 unsur: havo, suv, olov, tuproqdan iborat. Ulardan murakkab narsalar
tashkil topadi. Unsurlar yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi, degan fikrlarni bayon
qilgan. U ma’danlarni to‘rt guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar),
oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo‘lgan.
Bu tasnif XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Boshqa tabiiy
fanlar qatori kimyo bilan shug‘ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu
asarlarni turli davrlarda yozgan bo‘lgani uchun ularning Ibn Sinoning kimyoga
bo‘lgan munosabatining evolutsion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning
kimyo sohasida aytgan fikrlari o‘sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg‘or edi.
Ibn
Sino 21
yoshida ya’ni ilmiy
faoliyatining bo‘sag‘asida metallar
transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yo‘l bilan
aylantirish mumkinligiga ishongan va muqaddam kimyogarlarning ta’siri ostida
“Baraqiyga atab san’at (al - kimyo)ga doir risola”) nomli kichik asar yozgan, lekin
30 yoshlarga borib ilmiy tajribasi ortdi. Yosh olim bu sohadagi ishlarni zoye
ketishiga amalda ishonch hosil qildi va “Risola aliksir” (“Iksir haqida risola”)
asarida kimyoviy yo‘l bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha
bildirdi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash - shifo” da kimyogarlarning
transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari befoyda ekanligini nazariy jihatdan
isbotlashga urindi. Uning fikricha, o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan har bir metal
alohida bir modda bo‘lib, kimyogarlar o‘ylagandek, bir yagona metallning turi
emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab
bo‘lmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o‘rta asr
kimyosining ilmiy kimyoga o‘sib o‘tishida ilmiy rol o‘ynadi. Ibn Sino turli
kasalliklarning differensial diagnostikasida va gavdaning umumiy holatini
aniqlashda tomir urushi, siydik va najasga qarab olingan belgilarga katta e’tibor
9
berdi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati va jumladan, undagi
shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Vabo va o‘latni farqlagan. Yuqumli
kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash
kerakligini ta’kidlagan. Meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov,
zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgilar haqida to‘g‘ri tasvirlar bergan. Jigar
ka.sa.11ik1a.rini ko‘proq mayiz, anjir, anor iste’mol qilishini buyuradi. Hozir
kasallikning glyukoza va insulin bilan davolash usuliga xosdir. Jarrohlikda
anesteziya (og‘riqni sezdirmaslik) uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi
narkotik ta’sirga ega dorilardan foydalangan. Tabobatda sano, kofur (kamfora),
rovoch, tamrhindiy (hind xurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p
dorilarning qand shakllari asosida tayyorlashni ham taklif etgan. Uni dorivor
o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozir dorishunoslikdagi
usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir qatorda Ibn Sino birinchilardan
bo‘lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga
qarab avval soda, so‘ng murakkab tarkibli dorilar bilan davolagan. Eng muhimi u
oziq- ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday
mahsulotlardan (meva, sut, go‘sht, sabzavot va hk.) boshlagan. Dori tayyorlashda
bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho‘l, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish
zarurligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan.
Ularning orasida “Qonun” kabi ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim
nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan turli hajmdagi )”Urjuza fit - tib”
(“Tibbiy urjuza”) “al - Adviyat al - qalbiya” (“Yurak dorilari”) kabi ko‘plab
risolalari bor [ 7 ].
Abu Rahyon Beruniy Xorazmda yashab ijod etgan bo‘lib, uning
“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami” degan risolasi
o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham
ma’danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblanadi.
Beruniyning nasl-nasabida “berun” so‘zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa
“Tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildiradi. Beruniy M a’mun
10
akademiyasi anjumanlarida faol qatnashgan. Beruniyning Ibn Sino bilan
yozishmalarida tabiat falsafasi va fizika masalalari, fazo, issiqlikning tarqalishi,
jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va so‘nishi masalalari ochilgan
edi. Beruniy “Mineralogiya” ya’ni “Kitob al - javohir fi ma’rifat al - javohir”
(“Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami”) asari o‘sha
davrdagi eng qimmatli asar hisoblangan. “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”
(“Saydana”) Sharqda, jumladan, Turkistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning
tavsifi berilgan. Beruniyning 152 ta kitob va risolalaridan 70 tasi falakiyot, 20 tasi
riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi madaniyatshunoslik, 4 tasi
xaritografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18
tasi adabiyotga oid asarlardir. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning
rangini yaltiroqligini, qattiqligini aniqlash, uning magnet va elektr xususiyatlarini
kuzatish, eritib sinash usullaridan foydalangan. U minerallarni ta’riflashda zarur
omillardan biri sifatida ularning solishtirma og‘irliklarini tartibli ravishda aniqlab,
mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qilishi, minerallarning tabiiy tasnif
asoslarini ishlab chiqishga urinib ko‘rdi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma
og‘irligi hozirgi zamon o‘lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho
toshlarning paydo bo‘lishi haqida ilmiy fikrlar ayrgan. Solishtirma og‘irlikni
aniqlash uchun maxsus asbob ixtiro etgan. U alkimyoda qo‘llanilgan g‘ayriilmiy va
asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlardan ba’zi minerallarning
“mo‘jizakor xususiyatlari” ni inkor qildi. Bu holda “hodisalarning haqiqiy sababini
bilmovchilar uchun bir vajdir” deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yo‘li bilan oltin va
kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan xulosaga
keladi. “Mineralogiya”da har bir qimmatbaho tosh yoki metallarni tavsiflash
jarayonida arab mumtoz shoirlarining o‘sha tosh yoki metal haqida yozgan
she’rlaridan namunalar keltirilgan. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy
atomizmga
yaqin
bo‘lgan.
Uning
atomistikasi
atomlarning
moddiy
xarakteristikasini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarning
fikr va qarashlariga qarama - qarshi qo‘yilgan [ 15 ].
11
Abu B akr M uham m ad ibn Zakariyo a r - Roziy (865-925 yy) sharqning
qomusiy olimi, tabib va mutafakkir Tehron yaqinidagi Ray shahrida 865 yilda
dunyoga keldi. Yoshligidan bilimga chanqoq, qiziquvchan ar - Roziy, avval
Tehronda, so‘ng Buxoroda, Bag‘dodda ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni
o‘rgandi. Yoshligidanoq ar - Roziy o‘sha paytda keng tarqalgan qarashlarga
hamohang ravishda turli metallarni oltinga aylantirish borasida tajribalar olib
bordi. 30 yoshida Bag‘dodga kelib tibbiyot ilmini o‘rgana boshladi. O‘rta asr
Yevropasida lotincha Razes nomi bilan tanilib, o‘z davrining Jolinusi (Galeni) deb
atalgan.
Roziyning tabobatga oid asarlaridan
36 tasi bizgacha yetib kelgan. U
terapiya,
xirurgiya,
diagnostika,
sanitariya
-
gigiena,
farmokognoziya,
farmokologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi g‘oya va ixtirolar bilan
boyitgan. Tabobat bilan bog‘liq bo‘lgan botanika, mineralogiya va kimyo sohasida
ham ancha muvaffaqiyatga erishgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Kitob al
- hoviy fit tib” (“Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi”) nomli to‘plamidir. Unda antik
davrdan to Roziy zamonasigacha bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.
Ar - Roziyning kimyo sohasiga oid bo‘lgan asarlaridan “Sirli hodisalar
kitobi” va “Sirli hodisalarning sirlari kitobi” mashhur bo‘lib, ularda olim qadimgi
grek faylasuflari va kimyogarlari, VIII va IX asrlarda yashab ijod etgan arab
olimlarining asarlarini umumlashtiradi. Ar - Roziy kimyoviy tajribalar orqali
metallar transmutatsiyasiga erishishni orzu qilar edi. Uning fikricha, kimyoning
asosiy maqsadi oddiy toshlar, ya’ni, kvarts, chaqmoqtoshdan qimmatbaholarini
hosil qilishdir. Buning uchun u Jobir ibn Hayyom tajribasiga murojaat qilgan
holda, qimmatbaho tosh va metallar hosil qilish uchun nafaqat oltingugurt va
simob ishlatilishini, balki, ular qatoriga tuzni ham qo‘shish kerakigini ta’kidlaydi
[ 16 ].
O‘z asarlarida kimyogar o‘sha zamon allomalari foydalanadigan turli xil
kimyoviy uskunalar va reaksiyalarni tavsiflab beradi. “Sirli hodisalar kitobi” da ar
- Roziy kimyoda ishlatiladigan barcha materiallarni uchga bo‘ladi: narsalarni,
uskunalarni va reaksiyalarni bilish. Kimyo tarixida ilk marotaba ar - Roziy o‘ziga
12
ma’lum bo‘lgan moddalarni tasniflashga harakat qiladi va ularni uchta katta
guruhga bo‘ladi. Bular: minerallar, o‘simliklar va hayvonlardir. Minerallarga oid
moddalarni u o‘z navbatida oltita kichik guruhga - “ruh” (uchuvchan moddalar),
“tana” (metallar), “tosh”, “kuporos”, “suyuq” va “tuz” larga bo‘ladi. O‘simlikka
oid moddalarni ar - Roziy ular juda kam ishlatilgani uchun sanamaydi.
Hayvonlarga oid moddalarga u tuk, suyaklar, miya, safro, qon, sut, tuxum, shoxni
kiritadi. Kimyoviy jarayonlar ichida u suyultirish, filtrlash, yuqori haroratda
moddani
ushlab
turish,
distillash,
sublimatsiya,
amalgamatsiya,
eritish,
quyultirishni ta’riflaydi.
13
II BOB. O ‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY KIMYONING RIVOJLANISHI
2.1. O ‘zbekistonda kimyo sohasi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot olib
borayotgan m uassasalar
1932 yilda respublikadagi ilmiy tadqiqotlarni tartiblashtirish va xalq
xo‘jaligi ehtiyojlariga yo‘naltirish maqsadida ilmiy kengash tashkil etildi va 1940
yilda uning negizida SSSR FA Toshkent filiali ochildi. 1941-1945 yillarda sobiq
SSSR markaziy shaharlaridan 40 dan ortiq ilmiy muassasalarning Toshkentga
ko‘chirilishi va ilmiytexnik tadqiqotlar hajmi keskin oshishi munosabati bilan
1943-yilning sentyabrida O‘zR FA tashkil etildi va uning oldiga barcha ilmiy
tadqiqotlarni boshqarish vazifasi qo‘yildi. O‘zR FA Prezidentlari: QoriniyoziyT.N.
(1943-1947 yy), Sarimsoqov T.A. (1947-1952 yy), Zohidov T.Z. (1952-1956 yy),
Abdullayev X.M. (1956-1962 yy), Oripov U.O (1962-1966 yy), Sodiqov O.S.
(1966-1984 yy), Habibullayev P.K. ( 1984-1988 yy), Salohiddinov M.S. (1988
1994 yy), Abdullayev J.A. (1994-1995 yy),
Jo‘rayev T.D.( 1995-2000 yy),
Yuldoshev B.S. (2000-2005 yy), Aripov T.F. (2005-2006 yy), 2006 yildan
hozirgacha Solihov Sh.I.
2013 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zR FA tarkibidagi 34 muassasalardan 5200
xodim, shu jumladan: 83 akademik, 370 fan doktori va 900 fan nomzodi, 2070
ilmiy xodimlar va 200 doktorantlar ilmiy faoliyat olib borishmoqda.
O‘zR FA tarkibidagi kimyo ilmiy - tadqiqot institutlari tarixiy va ilmiy
yutuqlari haqida qisqacha ma'lumotlar keltiramiz:
1.
O‘zR FA umumiy va anorganik kimyo instituti (1933);
2.
O‘zR FA o‘simlik moddalari kimyosi instituti (1956);
3.
O‘zR FA biokimyo instituti (1957)
4.
O‘zR FA bioorganik kimyo instituti (1979)
5.
O‘zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (1979) [ 5 ]
O ‘zR FA umumiy va anorganik kimyo instituti (UNKI). O‘zbekistonda
nazariy va amaliy kimyo fanining shakllanishi va rivojlanishi 1933 yil iyul oyida
14
O‘rta Osiyo davlat universiteti kimyo fakultetining negizida tashkil etilgan
umumiy va noorganik kimyo laboratoriyasi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
UNKI laboratoriyalari asosida keyingi yillarda O‘simlik moddalari kimyosi,
Bioorganik kimyo, Polimerlar kimyosi va fizikasi, O‘zbekiston kimyo-
farmasevtika ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etilgan. Bugungi kunda UNKI ko‘p
tarmoqli ilmiy muassasa bo‘lib, 17 ilmiy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot va
sertifikatlash markazlarida 3 akademik, 13 fan doktori, 32 fan nomzodi, 112 katta
va kichik ilmiy xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1991-2012 yillarda UNKI jamoasi
18 ta monografiya , 14 ta ilmiy asarlar to‘plami, 1100 dan ziyod ilmiy maqolalar
va 4 ta darslik chop etgan, 117 ta O‘zR patentlari olingan, 20 fan doktori va 75 fan
nomzodlari tayyorlangan.
UNKI olimlari yaratgan mineral o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyalari
“Samarqandkimyo” , Navoiydagi “Elektrokimyo zavodi” , “Farg‘onaazot”
korxonalarida samarali qo‘llanilmoqda. “ Ekokimyobioservis” MChJ qurilmalarida
kam zaharli “Sadaf ’ defiolianti ishlab chiqarilmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash
korxonasidagi issiqlik almashinish uskunalari yuzlarini tozalash uchun institutda
yaratilgan preparat qo‘llanilmoqda. Institut jamoasi bugungi kunda bir qator chet el
olimlari bilan hamkorlikda fundamental yo‘nalishda 7 loyiha, amaliyotga
yo‘naltirilgan 14 loyiha va 40 dan ortiq xo‘jalik shartnomalari doirasida ilmiy-
amaliy tadqiqotlar olib bormoqda [ 5 ].
O ‘zR FA o‘simlik m oddalari kimyosi institut. Respublikamizda o‘simlik
moddalarni o‘rganish tarixi 1935 yilda O‘zDU kimyo fakulteti bitiruvchisi
S.Y.Yunusovning Roemeria refracta o‘simligidan remeriya va armepavin
alkaloidlarini ajratib olishi va ularning kimyoviy tuzilishini aniqlashidan
boshlanadi.
Shogirdining ilmiy muvaffaqiyatidan xursand bo‘lgan prof.
S.N.Naumov uni Moskvadagi akad. A.P.Orexovning alkoloidlar kimyosi
laboratoriyasiga aspiranturada (1935-1941 yy) tahsil olishga yo‘llaydi.
1943 yilda S.Y.Yusunov rahbarligida yaratilgan alkaloidlar kimyo
laboratoriyasi negizida tuzilgan institut 1957 yilgacha Paxta va o‘simliklar
xomashyosi instituti deb yuritilgan. 1956 yil 16 martdagi hukumat qarori bilan
15
Kimyo instituti deb atalgan tashkilot bugun O‘MKI deb yuritiladi. Institut tarkibida
alkaloidlar kimyosi, paxta - g‘o‘za kimyosi, tabiiy polimerlar kimyosi, glikozidlar
kimyosi va organik mikroanaliz laboratoriyalari faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Institutning asosiy ilmiy - tadqiqot yo‘nalishlari:
- O‘rta Osiyo hududidagi o‘simliklar bioregulyatorlarini kimyoviy va
biologic jihatdan o‘rganish va tibbiyot sanoati uchun dorivorlar yaratish.
- O‘simliklarni himoya qilish uchun tabiiy va sintetik yangi, yuqori samarali
kimyoviy moddalar izlash va ular asosida dorivor preparatlar yaratish. O‘MKI
olimlari hozirgacha 5000 dan ortiq o‘simliklar o‘rganildi, 1200 dan ortiq alkaloid,
350 dan ortiq glikozid, 500 ga yaqin kumarin, flavanoid, murakkab efirlar,
laktonlar,
proantotsianidinlar,
50
dan
ortiq
lipidlar,
30
dan
ortiq
polisaxaridlarajratib olinib, 550 ta yangi alkaloid, 250 ta glikozid, 400 dan ortiq
yangi
kumarin,
flavonoid,
terpenoid,
murakkab
efirlar,
lakton,
proantotsianidinlarning kimyoviy tuzilishlari aniqlandi. Natijada 4500 da ortiq
ilmiy maqolalarda yoritildi, 300 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlar
olindi.
Institut olimlari AQSH, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya,
Xitoy, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlardagi
limit markazlar va farmasevtik firmalar bilan ilmiy - amaliy hamkorlikda
tadqiqotlar olib bormoqda. Institut olimlaridan 12 nafari fan va amaliyot sohasida
erishgan yutuqlari uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan.
Institut qoshida 1965 yildan rus tilida chop etilayotgan xalqaro “Tabiiy birikmalar
kimyosi” ilmiy jurnali AQSHda “Plenum corporation” kompaniyasi va hozirda
“Springer”
nashriyoti
tomonidan
dunyo
bo‘yicha
ingliz
tilida
soha
mutahassislariga tarqatiladi. Fidokor olimlar o‘simliklardan olinadigan dorivorlar
va o‘simliklarni himoya qilish vositalari bo‘yicha yaratilgan 10 dan ortiq
texnologiyalar O‘zbekiston , Qozog‘iston va RF farmasevtik zavodlarida joriy
etilgan bo‘lib, hozirda yana 30 dan ortiq preparatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha
faoliyat olib borilmoqda [ 5 ].
16
O ‘zR FA bioorganik kimyo institut. Bioorganik kimyo instituti 1977 yilda
ToshDU “Tabiiy birikmalari kimyosi” ilmiy - tadqiqotlar laboratoriyasida va Paxta
sellulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy - tadqiqot institutining paxta - g‘o‘za
kimyosi laboratoriyasi negizida akademik O.S.Sodiqov rahbarligida tashkil etildi
va bugungi kunda Markaziy Osiyoda bioorganik kimyo sohasida tadqiqotlar olib
boruvchi yagona ilmiy markazdir.
O ‘zR FA biokimyo instituti O‘lkashunoslik meditsinasi institutining
biokimyo laboratoriyasi va zoologiya va parazitologiya institutining biokimyo va
biofizika bo‘limi asosida 1967 yilda akademik Y.X.To‘raqulov rahbarligida
tashikil etilgan. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
1.
T ireoid gormonlar biosintezi va ta’ sir mexanizmi;
2.
Rak kasallilarida radioaktiv yod izotoplaridan himoyalanish;
3.
Dorivor moddalarni kasallangan to‘qimalarga uzatish mexanizmi;
4.
O‘rta Osiyo ilonlari zaharidan dorivor fermentlar tayyorlash;
5.
Umurtqalilar nerv sistemasiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
6.
Turli organizmlarda o‘stiruvchi gormonlar ta’sirini o‘rganish.
O ‘zR
FA
biokimyo
instituti
yutuqlari:
1964
yilda
akademik
Y.X.To‘raqulov
qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida
o‘tkazilgan klinik-biokimyoviy ishlari uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan,
2002 yilda O‘zR FA oliy mukofoti “Al - Xorazmiy” medali bilan taqdirlandi,
O‘zbekiston biokimyogarlar jamiyati raisi bo‘lgan. Institut olimlari 1985 yilda fan
va texnika sohasi bo‘yicha davlat mukofoti; 1983, 1985, 1989, 1992 yillarda Abu
Rayhon Beruniy nomiagi davlat mukofoti olishgan. Akademik T.S.Soatov va
professor R.S.Salixovlarga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan davlat arbobi”
unvonlari berilgan. Institut faoliyati davrida 50 ta fan doktori va 200 ta fan
nomzodlari tayyorlandi, 3000 ilmiy maqola, shundan 350 ta chet ellarda va 40
monografiya, ularning 3 tasi chet elda nashr qilingan. Ilmiy salohiyat 75 ilmiy
xodimning 1 akademik, 7 fan doktori,24 fan nomzodi va 6 izlanuvchi-
tadqiqotchidan iborat.
17
Izoh: O‘zR VM 2012 yil 7 fevraldagi 33-qarori bilan biokimyo intitut O‘zR
FA Bioorganik kimyo instituti tarkibiga kiritildi [ 5 ].
O ‘zR FA polim erlar kimyosi va fizikasi instituti. Ushbu ilmiy muassasa
xalq xo‘jaligining biologik faol polimer moddalarga va ular asosida ishlab
chiqariladigan mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zR FA
Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti direktori, akademik Sayyora Sharofovna
Rashidova ( 1943 yilda, Samarqand.) rahbarligida 1979 yildan rivojlanmoqda.
Asosiy faoliyati tibbiyot va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondiruvchi preparatlar
va himoyalovchi polimer materiallar ishlab chiqarish va qo‘llash. Institutning 5
ilmiy laboratoriyasida (1 akademik 8 fan doktori va 32 fan nomzodlari, 20 dan
ortiq tadqiqotchilar) hozirda 6 ilmiy - texnik dasturlar, 2 O‘zR FA maqsadli
loyihalari, 2 innavatsion ishlanma va 20 xo‘jalik shartnomasi doirasida biologik
faol polimer va ular birikmalari xossalarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi va
Respublika farmasevtika sanoati ehtiyojlari uchun maqsadli foydalanish
imkoniyatini tadqiq etmoqdalar.
Izoh : Bugungi kunda O‘zR FA Polimerlar fizikasi va kimyosi institutiga
Vazirlar Mahkamasining 07.02.2012 yildagi 33-qarori bilan Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zMU huzuridagi markaz maqomi berildi [ 5 ].
2.2. O ‘zbekiston kimyogar olimalari m aktabi va ularning tadqiqot
yo‘nalishlari
Abdurasulova Amina Rahimovna - birinchi o‘zbek ayollari orasida kimyo
fanlari doktori (1965), professor (1966). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan
(1939), organik kimyo kafedrasi assistenti (1943-1948), dotsenti (1948-1966),
O‘zbekiston Milliy universiteti organik kimyo kafedarsi mudiri (1969 yildan).
Ilmiy ishlari fenollar va ularning efirlarini alkillashga bag‘ishlangan bo‘lib, nazariy
va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ortosiklogeksilfenolni sintezi sanoatda
qo‘llanilgan. 120 ta ilmiy maqola va 8 ta mualliflik guvohnomasi bor. Bir qator
davlat mukofotlari sohibasi.
18
Saidnosirova Zarifa - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968),
professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o‘zbek ayol rassomi.
Toshkentda “Pestolozzi” maktabi (1922-1926), Navoiy nomidagi ta’lim - tarbiya
texnikumi (1924-1926) da o‘qigan. So‘ng O‘rta Osiyo universiteti fizika -
matematika fkultetining kimyo bo‘limini tugatib (1926-1930), o‘rta maktablar,
xotin - qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo
fanlaridan dars bergan. Qishloq xo‘jalik institutida o‘qituvchi, dotsent va kafedra
mudiri (1930-1986), Toshkent tibbiyot institutida o‘qituvchi (1932-1937). O‘quv -
pedagogika nashriyotida muharrir (1934-1935). O‘rta maktablar va texnikumlar
uchun “Kimyo” darsligi (1933) muallifi. Z.Saidnosirova pedagogik faoliyatdan
tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha- o‘zbekcha
lug‘ati ustida ilmiy ish olib brogan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat
mukofoti laureati (1985). Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |