Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


I-BOB: G’AZNACHILIK TIZIMI FAOLIYATINING NAZARIY VA



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

I-BOB: G’AZNACHILIK TIZIMI FAOLIYATINING NAZARIY VA 

TASHKILIY ASOSLARI 

1-MAVZU: “G’AZNACHILIK” FANIGA KIRISH

 

 

Reja: 

1.  “G’aznachilik” fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari 

2.  “G’aznachilik” fanining predmeti, maqsad va vazifalari 

3.  “G’aznachilik”  fanining  iqtisodiy  fanlar  tizimida  tutgan  o’rni  va 

ahamiyati 

 

1.“G’aznachilik” fanining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari 

O’zbekiston 

Respublikasida 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish 

va 


modernizatsiyalash  sharoitida davlat  moliyasi tizimida  chuqur  iqtisodiy  islohotlar 

amalga  oshirilmoqda.  Bu  islohotlar,  qator  vazifalar  bilan  birgalikda,  davlat 

moliyasini  boshqarish  samaradorligini  oshirishni  nazarda  tutadi.  Bunda  davlat 

moliyasini  boshqarish  shakllari  va  usullarini  takomillashtirish,  fan-texnika 

taraqqiyoti  yutuqlari,  elektron  hisoblash  mashinalari  va  boshqa  texnik  vositalar 

yordamida  axborotni  jamlash,  qayta  ishlash,  uzatish  qoidalari  va  usullarini 

o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.  

Byudjet  tizimi  mamlakat  moliya  tizimining  muhim  bo’g’ini  bo’lib,  uning 

muvaffaqiyatli  tashkil  etilishi  samarali  byudjet  siyosatining  asosini  tashkil  etadi. 

Davlat  moliyasi  tizimidagi  tub  islohotlar  natijasida  byudjetning  g’azna  ijrosiga 

o’tilishi  shuningdek,  byudjetning  o’rta  muddatli  istiqbolini  belgilashga  o’tish 

chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon 

andozalari  va  xalqaro  byudjet  amaliyotining  yangi  qat’iy  talablari  va  mezonlari 

asosida davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning 

joriy  etilishi,  rivojlangan  mamlakatlarda  samarali  amal  qilayotgan  natijaviylikka 

asoslangan  byudjetlashtirish  amaliyotga  joriy  etilishi  byudjet  tizimi  oldiga  ham 

ulkan vazifalar qo’yadi.  



 

 

12



Davlat  moliyasini  boshqarishdagi  islohotlar  sharoitida  umumdavlat  moliya 

tizimining bosh bo’g’ini – davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil 

etish  tizimidagi  islohotlar,  xususan  byudjet  ijrosida  kassali  tizimdan  jahon 

amaliyotida  sinalgan  va  o’zining  ijobiy  natijalarini  bergan  davlat  byudjetining 



g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda.  

Respublikamizda  davlat  moliyasini  boshqarishni  isloh  qilish  doirasida 

davlat  byudjeti  g‘azna  ijrosi  mexanizmi  joriy  etilgan.  G‘aznachilikning  joriy 

etilishi  byudjet  daromadalrining  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  tushishi  hamda 

xarajatlarining  maqsadli  sarflanishi  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  va  pul 

oqimlarini  samarli  boshqarish  imkonini  bermoqda.  2017-2021  yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 

bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab 

qolgan  holda,  davlat  byudjetining  barcha  darajalarida  mutanosiblikni 

ta’minlash,  byudjetning  daromad  qismini  mustahkamlashga  qaratilgan 

byudjetlararo  munosabatlarni  takomillashtirish”  bo‘yicha  ustuvor  vazifalar 

doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal sur’atlar bilan 

amalga  oshirilmoqda.  Bu  o‘z  navbatida  davlat  moliyasini  boshqarishga  oid 

isloxotlarga mos g‘aznachilik tizimini rivojlantirib borishni talab etmoqda. 

Shu  narsa  ma’lumki,  O’zbekiston  iqtisodiyotiga  xorijiy  mamlakatlar  bozor 

mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat 

a’zolari  o’rtasida  shunday  an’anaviy  ierarxik  munosabatlar  tizimi  shakllanganki, 

ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik 

turli  nohush  holatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  iqtisodiyotni 

boshqarishning  jahon  amaliyotida tan olingan  bir  qator mexanizmlarini iqtisodiy-

ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda qo’llash va 

ijobiy  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Byudjet  mablag’laridan  oqilona  va 

samarali  foydalanishni  ta’minlovchi  shunday  mexanizmlardan  biri  –  davlat 

byudjetining g’azna ijrosidir.  

Rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotidagi  davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi 

tajribasini O’zbekistonda joriy etish va rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini 




 

 

13



boshqarishning  axborotlashtirilgan  tizimini  joriy  etish  davlat  moliyasining  holati 

to’g’risida  tezkor  va  ishonchli  axborotlar  olish  imkonini  beradi,  bu  esa  davlat 

moliyasini  samarali  boshqarishni  ta’minlaydi.  Ana  shu  holatlarning  mavjudligi, 

shuningdek,  davlat  moliyasini  boshqarishning  mohiyat  jihatdan  yangi  – 



byudjetning  g’azna  ijrosi  mexanizimini  joriy  etish  shart-sharoitlari,  imkoniyatlari, 

afzalliklarini,  g’aznachilikning  ishlash  mexanizmlarini  o’rganishning  zarurligi 

mazkur fanning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. 

Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri – 

mamlakatda  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosi  mexanizmini  joriy  qilishdan  iborat. 

“Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi 

Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi davlat mablag’larini taqsimlash va 

ulardan  foydalanishni  tartibga  solishda  navbatdagi  muhim  qadam  bo’ldi. 

G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to’liq va 

o’z  vaqtida  tushishini  va  xarajatlar  qismida  byudjet  mablag’larining  maqsadli 

sarflanishining  nazoratini  kuchaytirish  va  pul  oqimlarini  samarali  boshqarish 

imkonini berdi.  




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish