ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini
Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilgan barcha kamchiliklar to’liq
bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda avval
O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat
427
Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko’rsatilmagan boshqa kamchiliklar
bo’lmaganda g’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomani kapital qo’yilma
buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Shartnomani ro’yhatdan o’tkazish hujjatlar
Shartnoma
ko’chirma nusxasi
Shartnoma
asl nusxasi
To’lovlar
jadvali
5-rasm. G’aznachilik organlariga yuridik majburiyatni ro’yhatga olish
uchun hujjatlar paketini taqdim etish
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish
va hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va BMJ mablag’lari bo’yicha — mas’ul
xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek
nusxasining barcha varaqlariga ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasini
ko’rsatib «Ro’yxatdan o’tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo’yish,
shuningdek g’aznachilik bo’linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy
imzosini va «Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish» muhrini qo’yish
yo’li bilan ro’yxatdan o’tkaziladi;
-
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg’armalari mablag’lari bo’yicha — mas’ul xodim tomonidan
428
shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha
varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini ko’rsatgan holda
«Shartnoma
bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida amalga
oshiriladi» yozuvi bilan «
Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini
qo’yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo’yish yo’li
bilan hisobga olinadi.
Shartnomalar ro’yxatdan o’tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so’ng
shartnomaning ikkita asli va To’lovlar jadvalining bitta asli kapital qo’yilma
buyurtmachisiga qaytariladi, ro’yxatga olingan yoki hisobga olingan
shartnomaning nusxasi, To’lovlar jadvalining ikkinchi asli va shartnoma bilan
taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik bo’linmalarida saqlash uchun
qoladi.
Manzilli ro’yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar
bo’yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g’aznachilik bo’linmalari
tomonidan kapital qo’yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli
ro’yxatida nazarda tutilgan mablag’lar doirasida ro’yxatdan o’tkaziladi yoki
hisobga olinadi.
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar
bo’yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro’yxatdan o’tkazish yoki
hisobga olish kapital qo’yilma buyurtmachilari tomonidan g’aznachilik
bo’linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga
olingan shartnomaning nusxasi;
qo’shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma
shartlariga o’zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To’lovlar jadvali;
manzilli ro’yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) nusxasi;
qurilish ob’ekti titul ro’yxati nusxasi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan va hisobga
olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga
429
buyurtmalar to’g’risidagi ma’lumotlar hisobi «O’RMV» ATda Shartnomalarni
Do'stlaringiz bilan baham: