Yagona g’azna hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarishni Davlat byudjeti
daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo’li
bilan amalga oshiradi.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g’azna
hisobvarag’ida mablag’lar etishmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda
83
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons,
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.
252
uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga xarajatlarni
to’lash uchun ruxsatnomalar beradi.
Xarajatlarni to’lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston
Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’lari mavjud
bo’lgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida
depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo’lgan mablag’larning hajmini belgilaydi.
Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi
84
:
tushumlarni Yagona g’azna hisobvarag’iga va boshqa bank hisobvaraqlariga
kiritishni;
tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o’rtasida taqsimlashni;
ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan tushum summalarini qaytarishni yoxud
ularni qarzni to’lash evaziga hisobga olishni;
hisob va hisobotni nazarda tutadi.
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga
daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat
soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to’g’ri
hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga
oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo’lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga joriy moliya
yilida qaytarilgan o’tgan yillarning byudjet mablag’lari bo’yicha debitor
qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun «O’RMV» ATda byudjetdan
tashqari mablag’lar bo’yicha (4004 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy g’azna
hisobvaraqlari ochiladi.
Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o’tgan yillarning
debitor qarzdorlik summalari YaG’Hga kirim qilinadi va:
84
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 117- moddasi asosida
253
byudjet mablag’lari bo’yicha — byudjet tashkilotlari va byudjet
mablag’lari oluvchilarning o’tgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish
bo’yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida ushbu summalarni
keyinchalik tegishli byudjetlarning joriy moliya yili daromadiga o’tkazish bilan;
DMJ va BMJ mablag’lari bo’yicha — DMJ va BMJ byudjetlarining
tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha —
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida
joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi.
Joriy moliya yilida qaytarilgan o’tgan yillarning byudjet mablag’lari
bo’yicha debitor qarzdorliklari summalari byudjet tashkilotlari va byudjet
mablag’lari oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha shaxsiy g’azna
hisobvarag’iga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli byudjet
daromadiga o’tkazilishi lozim.
Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o’z vaqtida yoki hisobot oyi
tugaguniga qadar o’tkazilmagan hollarda joriy oyning oxirgi ish kunida
254
1-rasm. Yagona g’aznachilik xisobvaragida pul mablag’lari xarakati
Maxalliy budjetlar
Budjet tashkilotlari
ta’minotchilari
Budjet tashkilotlari
ta’minotchilari
Respublika budjeti
DMJ ta’minotchilari
DMJ budjetlari
Davla
t
budje
ti
(YaG’
X)
255
g’aznachilik bo’linmalari ushbu mablag’larni mustaqil ravishda tegishli
byudjetlar daromadlariga o’tkazadi.
Byudjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy
vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari
bo’yicha tushgan mablag’lar YaG’Hga kirim qilinadi hamda byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha tegishli shaxsiy g’azna
hisobvaraqlarida keyinchalik byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi.
DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yilida
qaytarilgan o’tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-
moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya
(tekshirishlar) natijalari bo’yicha tushgan mablag’lari YaG’Hga kirim qilinadi va
tegishli DMJ va BMJ byudjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga
olinadi.
Bunda DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag’ oluvchilarning byudjet
mablag’lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy
vositalarini sotishdan tushgan mablag’lar tegishli byudjetlar daromadiga
o’tkaziladi.
O’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar
tomonidan to’langan darsliklar ijara to’lovlari va darsliklar yoki o’quv-metodik
qo’llanmalarni yo’qotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun to’lovlar
bo’yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli
kitob jamg’armasining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazilishi ta’lim
muassasalarining tegishli (4011 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy
g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
256
huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasining
shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazilishi «O’RMV» ATda avtomatlashtirilgan
ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pul mablag’larini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga
ish haqi to’lash, shuningdek xizmat safari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa naqd pul shaklidagi to’lovlar uchun g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
tijorat banklarida mos ravishda 23212 «Moliya vazirligi G’aznachiligi
Do'stlaringiz bilan baham: |