244
shundan iboratki, fuqarolar hujjatining aynan haqiqiy nusxasini olishadi. Barcha
xujjatlar Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Federal G’aznachilikdan
hujjatlarni skaner qilish orqali olinadi va ularning 100 % “tiniq”ligiga erishiladi.
Kanadaning “Elektron xukumat” tajribasi shuni ko’rsatadiki global elektron
axborot tizimini yaratish uzoq mudatga mo’ljallangan strategik rejalarni ishlab
chiqishni talab etadi. Moliya vazirligi G’aznachiligida asosiy e’tibor
g’aznachilikda axborot ochiqligini ta’minlovchi turli uslub va texnologiyalarni
yaratilishiga qaratiladi.
Kanada internet saytlarini monitoring qilish uslubini respublikamizda keng
qo’llanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu texnologiya Moliya vazirligi
G’aznachiligining hududiy organlarida internet saytida axborotlar ochiqligini
yagona yondoshuv asosida monitoring qilish imkoniyatini beradi.
G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va
ko’p qirraligi shundaki, g’aznachilik faoliyatini joriy qilish bilan g’aznachilik
organlari o’z ishlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan
foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi, balki,
bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq
idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari va byudjetdan tashqari fondlar, bank,
bojxona, soliq organlarining o’zaro aloqasi o’rnatiladi.G’aznachilik O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g’aznachilik hisob
raqamida va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarida mablag’larning harakati
to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi. Byudjetdan mablag’
oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida
ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko’chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga
byudjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa
hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari
tushumi hisobini yuritiladi. Moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori
byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari
summasini va boshqa to’lovlarni quyi byudjetlarning g’aznachilik hisob
raqamlariga o’tkazadi.
245
Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish hujjatining loyihasiga binoan
G’aznachilik Davlat byudjeti ijrosi tizimiga asta-sekin o’tish, G’aznachilik va
uning joylardagi bo’linmalari tizimini rivojlantirishga oid tadbirlarni rejalashtirildi.
Bu tadbirlar byudjetning daromad va xarajat qismlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda aniq bosqichlarga bo’linishi mumkin. Mazkur strategiyani amalga oshirish
quyidagilarni nazarda tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: