Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

5.3. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo’jaliklarini shakllantirishning nazariy asoslari 

 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgan  paytdan  boshlab,  yurtimizda  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotining yaqin kelgusidagi strategik ahamiyatga ega bo’lgan ustuvor yo’nalishlarini, jumladan 

agrar  sohada  tub  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish,  qishloqda  o’rta  va  kichik  biznesni 

rivojlantirishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratishda ulkan say-harakatlar amalga oshirildi. 

 Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish, 

tashabbuskorlik va uddaburonlik butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning 



 

 

 



104 

 

davlat  tomonidan  himoya  qilinishini  ta’minlash  asosiy  strategik  maqsadlardan  ekanligi  alohida 



ta’kidlandi. Islohotlar esa mamlakat ijtimoiy hayotida izchillik bilan joriy qilinmoqda. 

Respublika xalq xo’jaligida mulkning turli xil shakllari faoliyat ko’rsatayotgan davrda bozor 

subyektlari,  jumladan  qishloq  xo’jalik  korxonalari  va  ular  tarkibidagi  mehnat  jamoalarining  ham 

moddiy  manfaatdorliklarini  oshishi  va  xo’jalik  yuritishdagi  iqtisodiy  erkinlik  natijasida  ularda 

nafaqat ishlab chiqarish, balki tadbirkorlik faoliyati ham shakllanib, tezkor rivojlanib bormoqda. Bu 

esa  o’z  navbatida  qishloqda  bozor  munosabatlarining  tezroq  shakllanishi  va  barqarorligini 

ta’minlaydi. 

Mulk munosabatlari har qanday jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil 

etadi. U o’z mohiyati jihatidan moddiy ne’matlarni o’zlashtirish yuzasidan insonlar o’rtasida yuzaga 

keladigan o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Bu yerda mulk munosabatlari negizini egalik qilish, 

foydalanish va o’zlashtirish huquqlari tashkil qiladi. Ya’ni dehqon ushbu huquqlarga ega bo’lsagina 

o’zini  to’liq  mulkdor  sifatida  his  etishi  mumkin.  Bozor  iqtisodiyoti  esa  mustaqil  tovar  ishlab 

chiqaruvchi  mulkdor  faoliyati  asosida  shakllanadi  va  faoliyat  ko’rsatadi.  Shu  nuqtai  nazardan 

respublikamiz  hukumati  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  eng  avvalo 

qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish, dehqonni mulkning haqiqiy egasiga aylantirishni eng 

asosiy masalalardan biri sifatida qo’ymoqda. 

Qishloq  xo’jaligida  islohotlarni  amalga  oshirishning  dastlabki  davrida,  faoliyat  ko’rsatib 

kelayotgan  davlat  va  jamoa  xo’jaliklari  bosqichma-bosqich  tugatilib,  bu  xo’jaliklar  o’rnida  ijara 

xo’jaliklari,  ochiq  va  yopiq  turdagi  hissadorlik  jamiyatlari,  dehqon  xo’jaliklari,  agrofirmalar  va 

shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Dastlabki to’plangan tajribalar natijalari tahlili shuni ko’rsatdiki, 

bu  xo’jalik  yuritish  shakllari  faoliyati  kutilgan  yuqori  iqtisodiy-ijtimoiy  samaralarni  bermadi. 

O’tkazilgan aniq tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ko’p hollarda xo’jalik nomi o’zgargani holda ichki 

iqtisodiy mexanizm o’zgarmasdan, eskicha ish yuritish tizimida faoliyat ko’rsatib, qishloq xo’jaligi 

korxonalaridagi  xodimlarning  yerga,  mulkka  va  yetishtirilgan  mahsulotga  bo’lgan  egalik  hissini 

shakllantirish uchun yetarli sharoit yaratilmadi. 

Bu  hol  qishloq  xo’jaligini  tubdan  isloh  qilishni,  tarmoqda  mulk  munosabatlarini 

takomillashtirish zaruriyatini paydo qildi. 

Rivojlangan  davlatlarning  ko’p  yillik  tajribalarini  umumlashtirish  asosida  hamda 

mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, islohotlarni bosqichma-bosqich 

o’tkazishning huquqiy asosi yaratildi. 

Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida eng samarali 

xo’jalik yuritish shakllaridan, ya’ni hoh u fermer xo’jaligi, hoh shirkat xo’jaligi yoki dehqon xo’jaligi 

bo’lsin, ulardan eng samarali shaklini aniqlashni taqozo etadi. Xo’jalik yuritishning tanlab olingan 

shaklini takomillashtirish, qishloqda mulkdorlar qatlamini barpo qilish va barqaror rivojlantirish, ular 

mulkiy  huquqlarining  davlat  tomonidan  kafolatlanishi,  qishloqqa  sanoatni  olib  kirish  natijasida 

qishloq xo’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchlarini band qilish, ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarini 

qayta  ishlaydigan,  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  hamda  qishloq  infratuzilmasida  xizmat 

ko’rsatadigan  korxonalarni  tashkil  qilish  sohasidagi  chora-tadbirlar  majmuasini  amalga  oshirishni 

talab qiladi.  

Agrar sohada ham xususiylashtirishni keng joriy etish, mulkni ko’paytira oladigan, bozor 

raqobatiga  bardoshli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’ya  oladigan  mulkdorlar  qatlamini 

vujudga  keltirish  zaruriyati  tug’ildi.  O’zbekiston  Respublikasining  2004  yil  26  avgustda  qabul 

qilingan  “Fermer  xo’jaliklari  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  o’zgartirishlar, 

qo’shimchalar kiritgan Yangi tartibdagi qonuni respublikamizda fermer xo’jaliklarini tashkil etish, 

uning  boshqarish  va  ularning  huquqlarini  himoya  qilish  borasidagi  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan 

me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu esa hozirgi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida respublikamiz 

agrar sohasida mulkdorlar qatlamining shakllanishida muhim va hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. 



 

 

 



105 

 

Yuqorida zikr etilgan qonuning I bulim 3-moddasida Fermer xo’jaligi ijaraga berilgan yer 



uchastkalaridan  foydalangan  holda  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqarish  bilan  shug’ullanuvchi, 

mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt ekanligi qayd qilingan. 

Fermer xo’jaligining boshlig’i shu xo’jalikning muassisi – fermerdir. U o’n sakkiz yoshga 

to’lgan,  qishloq  xo’jaligida  tegishli  malaka  yoki  ish  tajribasiga  ega  bo’lgan,  fermer  xo’jaligiga 

tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradigan va ustavini ishlab chiqadigan shaxsdir. 

Chorvachilik  mahsulotlari  ishlab  chikarishga    ixtisoslashgan  fermer  xo’jaligi  kamida  30 

bosh shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan 

yer  uchastkalarining  eng  kam  o’lchami  bir  shartli  bosh  chorva  molga  hisoblaganda  Andijon, 

Namangan,  Samarqand,  Toshkent,  Farg’ona  va  Xorazm  viloyatlaridagi  sug’oriladigan  yerlarda 

kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi sug’oriladigan yerlarda 

kamida 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi. 

Dehqonchilik  mahsuloti  yetishtirishga  ixtisoslashtirilgan  fermer  xo’jaliklarida  ijaraga 

beriladigan  yer  uchastkalarining  eng  kam  o’lchami  paxtachilik  va  g’allachilik  uchun  kamida  10 

gektarni, bog’dorchilik uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekanlarni yetishtirish uchun kamida 1 

gektarni tashkil etishi shart ekanligi belgilab qo’yilgan. 

Fermer  xo’jaligi  belgilangan  tartibda  davlat  ro’yxatiga  olingan  paytdan  e’tiboran  tashkil 

etilgan  deb  hisoblanadi  va  yuridik  shaxs  maqomini  olib,  bank  massasida  hisob-kitob  varag’i  va 

boshqa  xil  hisob  varaqlar  ochishga  o’z  nomi  yozilgan  muhrga  ega  bo’ladi.  Fermer  xo’jaligi 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan  namunali  ustav  asosida 

tuzilgan shu fermer ustavi asosida faoliyat yuritadi. 

Fermer xo’jaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari, zahira yerlardan, yuridik va 

jismoniy  shaxslarga  berilmagan,  qishloq  xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlardan,  qayta  tashkil 

etilayotgan  va  tugatilayotgan  qishloq  xo’jalik  kooperativlarining  (shirkat  xo’jaliklarining)  hamda 

boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan beriladi. 

Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va 

umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo’jaligiga berilishi mumkin 

emas. 

Fermer  xo’jaliklarini  yuritish  uchun  uchastkalari  tanlov  asosida  ijaraga  ellik  yilgacha 



bo’lgan,  lekin  o’ttiz  yildan  kam  bo’lmagan  muddatga  beriladi.  Qayta  tashkil  etilayotgan  va 

tugatilayotgan qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq 

xo’jaligi  korxonalari  muassasalari  va  tashkilotlarning  yer  uchastkalari  maxsus  tashkil  etilgan 

komissiya o’tkazgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi. 

Qishloq  xo’jaligi  kooperativlarining  (shirkat  xo’jaliklarining)  hamda  boshqa  qishloq 

xo’jaligi  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlarining  yer  uchastkalari  mazkur  kooperativning 

(shirkat xo’jaligining)  yoki korxona, muassasa tashkilotining a’zolariga  fermer xo’jaligini  yuritish 

uchun  qishloq  xo’jaligi  kooperativining  (shirkat  xo’jaligining)  umumiy  yig’ilishi  tomonidan 

o’tkazilgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan berilishi mumkin. 

Tanlov  «Qayta  tashkil  etilayotgan  qishloq  xo’jaligi  korxonasi  negizida  fermer  xo’jaligi 

tashkil  etishda  tanlov  g’oliblarini  aniqlash  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  qishloq  va  suv 

xo’jaligi vazirligining 2005 yil 4 yanvardagi 1439-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida 

o’tkaziladi. 

Tuman hokimining fermer xujaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to’g’risidagi qarori 

viloyat  hokimi  boshchilik  qiladigan  yer  uchastkalari  berish  (realizasiya  qilish)  masalalarini  ko’rib 

chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. 

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo’jaligining boshlig’i va tuman hokimi 

tomonidan imzolanadi. Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkasidan kat’iy belgilangan maqsadda 

foydalaniladi.  Ular  xususiylashtirilishi,  shuningdek  oldi-sotdi,  garov,  hadya,  ayirboshlash  obyekti 

bulishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. 




 

 

 



106 

 

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo’jaligi tomonidan garovga 



quyilishi  mumkin.  Fermer  xujaligi  berilgan  yer  uchastkasidan  foydalanganlik  uchun  haq  mahalliy 

byudjetga to’lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan yeri va 

suv  bilan  ta’minlanganlik  darajasiga  qarab,  yerning  kadastr  bahosini  inobatga  olgan  holda 

belgilanadigan yagona yer solig’i stavkasi miqdorida undiriladi. 

Davlat  ro’yxatidan  o’tgan  paytdan  e’tiboran  ikki  yil  mobaynida  fermer  xo’jaligi  yer 

uchastkasidan foydalanganligi uchun haq to’lashdan ozod etilishi qonunda belgilab qo’yilgan. 

Fermer  xo’jaligi  yuridik  shaxsning  barcha  huquqlariga  ega  bo’ladi.  Fermer  xo’jaligi 

tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun shu 

maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. 

Fermer xo’jaligi boshqa shakllarda xo’jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega. 

Fermer xo’jaligi: 

-o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jaligi ekinzorlari va ko’chatzorlari, 

dov-daraxtlar,  mahsuldor  chorva  mollar,  parrandalar,  qishloq  xo’jaligi  texnikasi,  asbob-uskuna  va 

ashyo-anjomlari,  transport  vositalari,  pul  mablag’lari,  intellektual  mulk  obyektlari,  shuningdek 

boshqa mol-mulklarga; 

-ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirlgan mahsulotga; 

-olingan daromadlarga (foydalarga); 

-qonunda ta’qiqlanmagan asoslarda ega bo’ladigan boshqa mol-mulkka daxldordir. 

Fermer xo’jaligining faoliyati ko’proq xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. 

Fermer xo’jaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar m yehnat shartnomasi asosida jalb etilishi 

mumkin. 

Fermer  xo’jaligi  o’zi  yetishtirayotgan  mahsulotni  sotishi,  shu  jumladan  davlat  xaridi 

tartibida sotish uchun huquqiy va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo’jalik shartnomalari 

tuzish  huquqiga  ega.  Taraflar  shartnoma  majburiyatlari  buzilgan  taqdirda,  qonun  hujjatlarida  yoki 

shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 

Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotga  bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib 

chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydilar. 

Fermer  xo’jaligini  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  molik  obyektlar  qurilishi,  asosiy  ishlab 

chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati 

uchun o’rta va qisqa muddatli kreditlash shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklari 

bank  muassasalari  tomonidan  ularga  xizmat  ko’rsatish  uchun  tashkil  etiladigan  maxsus  kredit 

fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar. Fermer xo’jaligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga 

soliqlar,  yig’imlar  hamda  boshqa  to’lovlar  to’laydi.  Fermer  xo’jaligi  o’z  faoliyatining  natijalarini 

hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim 

etadi. 

Prezidentimizning  “O’zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida”  asarida 

ta’kidlanishicha, “Bu  yerda gap o’ziga tekkan mulkni shamolga sovurmasdan  yoki shaxsiy boylik 

orttirish  yo’lida  sovurmasdan,  balki  ana  shu  mulkni  ko’paytira  biladigan,  texnika  bilan  qayta 

jihozlaydigan  va  zamon  talablariga  muvofiq  takomillashtira  oladigan,  uning  negizida  raqobatga 

bardoshli  mahsulot  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’ya  oladigan  mulkdorlar  haqida  borayotir. 

Shuningdek,  ish  bilan  band  bo’lmagan  aholini  ish  o’rinlari  bilan  ta’minlaydigan,  o’ziga  ham, 

ishlovchiga  ham,  davlatga  ham  daromad  keltiradigan,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qila  oladigan 

mulkdorlar haqida fikr yuritilyapti!». 

Haqiqiy mulkdor bo’lish haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini his etish demakdir. Bu o’z navbatida 

insonning yashirin kuch-g’ayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va 

omilkor  qiladi,  o’z  korxonasining  rivojlanish  istiqboli  haqida  qayg’urib,  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  oshirib  boradi,  oladigan  foydasi  ham,  xodimlarning  daromadi  ham  ko’payadi. 

Demak,  iqtisodiy  jihatdan  erkin  fuqaro,  haqiqiy  mulkdorgina  o’z  mol-mulkini  samarali  tasarruf 




 

 

 



107 

 

etishdan,  o’z  boyligini  ko’paytirishdan  moddiy  manfaatdor  bo’libgina  qolmay,  balki  mamlakatni 



boyitishga ham o’zini sezilarli hissasini qo’shishga imkoniyat yaratadi. 

Fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etish  resurslardan,  ayniqsa  yerdan  samarali  foydalanish, 

mehnatkashlarda  mulkka,  mehnatga  bo’lgan  munosabatlarni  tubdan  o’zgartirish,  yuqori 

ko’rsatkichlarga intilish istagini ko’chaytirishga olib keladi. Shu xo’jalikdagi a’zolarga haq to’lash 

mexanizmi mehnat unumdorligini oshirishda, o’z mulkiy huquqlaridan to’la foydalanish o’z mulki 

asosida,  yetishtirilgan  mahsulotga  mustaqil  egalik  qilish  hissini  uyg’otish  orqali  erishish 

mumkinligini ko’rsatadi. Fermer xo’jaliklarida mulkdorlar o’z mulklari asosida kichik va qo’shma 

korxonalar tashkil etib, mulkni va sifatli mahsulotlarni ko’paytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, 

mehnat  unumdorligini  oshirish,  mehnatni  ilg’orlar  tajriba  va  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish, 

boshqaruvga  malakali  mutaxassis  va  menendjerlarni  jalb  etish,  mahsulot  sifatini  yaxshilash  va 

tannarxni pasaytirishdan mafaatdordirlar. 

Qishloq  xo’jaligida  fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etishdan  maqsad  mehnatkashlarni 

boqimandalik kayfiyatidan xolos etib, ma’lum bir miqdorda mulk egasi etib, shu mulkdan imkoniyat 

darajasida  samarali  foydalanib,  uni  ko’paytirishning  moddiy  manfaatdorlik  mexanizmini 

ta’minlashdan  iboratdir.  Mulkdor  mahsulot  ishlab  chiqarishdagi  sarf-harajatni  tejamkorlik  bilan 

amalga  oshirish,  mahsulot  sifatini  yaxshilash,  uni  raqobatbardoshli  qilish  chora-tadbirlarini  ishlab 

chiqadi.  Fermer  xo’jaliklarini  tashkil  etish  qishloq  mehnatkashlarining  farovonligini  oshirish, 

mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, mulkni ko’paytirish, undan samarali foydalanish, texnologik 

bir-biriga uzviy bog’liq xo’jalik subyektlari maqsadlarini uyg’unligini ta’minlovchi mexanizmlarni 

yaratishda bosh omil bo’lib hisoblanadi. 

Kishloq  xo’jaligida  ham  fermerchilik  usul  va  tamoyillariga  asoslangan  xo’jalik  yuritish 

shakllari bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Mulkka 

va pirovard natijalarga egalik kilish huquqlarini mustahkamlash bilan bir qatorda fuqarolarda yangi 

iqtisodiy tafakkur va tushunchalarning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.  

Yuqorida  keltirilgan  fikr  va  mulohazalardan  kelib  chiqib,  turli  xil  mulkchilikka  asoslanib, 

faoliyat  ko’rsatayotgan  qishloq  xo’jaligi  korxonalari  orasida  xususiy  mulkchilikka  asoslanib,  o’z 

manfaati  va  o’z  mas’uliyati  negizida  xo’jalik  yuritayotgan  fermer  xo’jaliklarida  mavjud  bo’lgan 

ishlab  chiqarish  resurslaridan  samaraliroq  foydalanishga  sharoit  yaratadi.  Shu  bilan  birgalikda  u 

mulkka,  o’z  mehnatining  natijasida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotga  ega  bo’lishi  bilan  birgalikda 

mamlakatimizni  kuchli  huquqiy  davlatdan  kuchli  xuquqiy  fuqarolik  davlat  tizimiga  o’tishda 

Respublika aholisini yangi ijtimoiy tafakkur va tushunchalarning shakllanishida asos bo’lib xizmat 

qiladi. 


 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish