28
-
o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta‘mirlash, sotish, ijaraga berish huquqining
ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish;
-
o‘lchash vositalarini sinash, qiyoslash, kalibrlash, o‘lchash vositalari va o‘lchashlarni
bajarish
metodikalarini
metrologik
attestatlash
huquqiga
akkreditlanganlik
sertifikalarini
(attestatlarini) bekor qilish bo‘yicha takliflar berish;
-
metrologik talablarga mos kelmaydigan qadoqlangan mollarni tayyorlash va sotishni
man etish;
-
metrologik me‘yorlar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonunlarga
ma‘muriy ta‘sir choralarini qo‘llanish.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv metrologik xizmatlarining idoralari o‘z tuzilmalariga kirgan
tadbirkorlik sub‘ektlariga, metrologik nazorat natijalari bo‘yicha metrologik me‘yorlar va
qoidalarning buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rstamalar berishga huquqlidir.
GOST 8.002-71ga muvofiq korxonada me‘yor, qoida va metrologik ta‘minot doirasidagi
talablar buzilishi aniqlanganda Davstandartning davnazorat organlari quyidagi huquqlarga ega:
standartvatexnik shart talablariga javob bermaydigan tayyorlangan va ta‘mirlangan o‘lchash
vositalarini muomalaga chiqarilishini taqiqlash, agar bunday o‘lchash vositalari sotilgan bo‘lsa,
iqtisodiy sanksiyani qo‘llash; qo‘llashga yaroqsiz bo‘lgan (texnik talablarda belgilanganga mos
bo‘lmagan, nosoz va muddatida qiyoslanmagan) o‘lchash vositalarini muomaladan olinganligi
to‘g‘risidagi bajarilishi zarur bo‘lgan yozma buyruqni berish; ro‘yxatga olish guvohnomasidan
muhim kamchiliklar topilgan ish turlarini o‘chirish, yoki o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta‘mirlash
yo qiyoslash huquqiga berilgan ruyxatga olish guvohnomasini bekor kilish; korxonani ishlab
chiqarishdan yoki ta‘mirlashdan chiqarilayotgan o‘lchash vositalarini birlamchi qiyoslovdan
o‘tkazish huquqidan mahrum kilish va bunday qiyoslash o‘rniga davlat metrologik xizmati
organlarida yalpi yoki tanlab o‘tkaziladigan qiyoslovdan o‘tkazishga buyruq berish; korxonaning
foydalanilayotgan barcha yoki ma‘lum bir nomenklaturadagi o‘lchash vositalarini davlat metrologik
xizmati organlarida yalpi bir vaqtdagi kiyoslovdan o‘tkazishni tayinlash; o‘lchash vositalarini
davlat va idoraviy qiyoslash uchun qisqartirilgan qiyoslash orasidagi intervallarni o‘rnatish; standart
yoki texnik shartlar metrologik ta‘minot masalalari bo‘yicha standart talablariga yoki mahsulot
sifatini oshirish masalalariga javob bermasa, ularni bekor qilish, amal kilish muddatini cheklash
yoki qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish.
Metrologik me‘yor, qoida, talablarning buzilishi standart va texnik shart talablariga mos
bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqarilishiga olib kelgan hollarda, O‘zstandartning davnazorat
organlari uning etkazib berilishini ta‘qiqlaydi,agar bunday mahsulot sotilgan bo‘lsa, uxolda
iqtisodiy sanksiyani qo‘llaydi. Bundan tashqari, davnazorat organlari korxona va sifatsiz
maxsulotning aniq aybdorlarga konuniy jazolar qo‘llash choralarini ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: