Меҳнат иқтисодиёти



Download 0,55 Mb.
bet38/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Nazorat uchun savollar


  1. Aholini ish bilan band qilishda klassik va neoklasik nazariyalari?

  2. J.M.Keyns nazariyalari mohiyati nimalardan iborat? 3.“Ekonomiks”kitobining muallifi qisqacha mazmuni ?

4. Neoklassik sintez yo‘nalishini ifodalab bering ?
6. Institutsional yo‘nalish mohiyati nimalardan iborat?
      1. mavzu. Aholi ish bilan bandligining shakllanishi va mohiyati


Reja:

  1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

  2. Ish bilan bandlik shakllarining tasnifi

  3. Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari 4.Ish bilan bandlik – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida

  1. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar

  2. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash borasida davlat siyosatining amalga oshirilishi



    1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Iqtisodchilar ish bilan bandlikning turli shakllarini ajratadilar, ularning ayrim belgilariga qarab guruhlarga bo‘linishi 1-chizmada keltirilgan. Ushbu chizmada keltirilgan ish bilan bandlik shakllari O‘zbekistonda hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan ish bilan bandlik munosabatlari modelini tashkil etadi. Bu modelda ish bilan bandlikning yangi shakllari, ish bilan bandlik chegaralarining kengayishi ham, ish bilan bandlik u yoki bu shakllarining hozirgi realliklarga to‘g‘ri keladigan mazmun bilan to‘ldirilishi ham aks ettirilgan.
Ijtimoiy mehnatda qatnashish usulibo‘yicha aholining ish bilan bandligi ish bilan yollanish bo‘yicha bandlik va o‘z-o‘zini yollash tufayli mustaqil ravishda ish bilan band etish bilan xarakterlanadi. Ish bilan yollanish bo‘yicha bandlikishlab chiqarish vositalari egalari bilan ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va bo‘lg‘usi mehnatini (o‘z ishchi kuchini) ish haqi shaklidagi muayyan qiymatga almashinish tarzida sotadigan xodimlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlardir. YOllanib ishlaydiganlar – ish bilan bandlarning eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat
shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslarni o‘z ichiga oladi.
O‘z-o‘zini yollash tufayli mustaqil ish bilan bandlik (self-employment) aholining ish bilan bandligini ta’minlashda nisbatan yangi shakldir. Bu shunday ijtimoiy, huquqiy munosabatlarki, ularga kishilar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish tufayli kirishadilar. Ular shaxsiy tashabbus, mustaqillik va mas’uliyatga asoslanadi hamda, odatda, mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va insonning o‘zini namoyon etishi va o‘z shaxsini qaror toptirishini keltirib chiqaradi. Bunda miqdor emas, balki sifat ko‘rsatkichi muhimroqdir.
Insonni ish bilan mustaqil band bo‘lganlar sirasiga kiritish uchun olingan daromad miqdori yoki mehnatda qatnashgan vaqti tarzidagi miqdor mezondan foydalanib bo‘lmaydi, chunki kishilarning manfaat, ehtiyoj va imkoniyatlari turlicha
va ularni hamisha ham taqqoslashning iloji bo‘lavermaydi. Inson o‘ziga ana shu ish bilan bandlik keltiradigan mablag‘lar (pul ekvivalenti yoki tabiiy mahsulot)dan o‘z tirikchiligi uchun foydalanishi muhimdir.
Iqtisodiyot va insonning ehtiyojlariga to‘g‘ri kelishi darajasiga qarab ish bilan bandlik oqilona, samarali mahsuldor va eng maqbul ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ish bilan oqilona bandlik agregatsiyalangan ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir. Uning mazmuni bir necha shunday blokni o‘z ichiga oladiki, ularning mehnat bozoridagi bor-yo‘qligiga ko‘ra ish bilan oqilona bandlik ekanligi yoki oqilona emasligini aniqlash mumkin. Bular, jamiyat, ijtimoiy guruh va ayrim shaxsning manfaatlarini hisobga olish; jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlanishini ta’minlash; jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining o‘zgarishlariga hozirjavoblik ko‘rsatish kabilardir. Ish bilan oqilona bandlikni iqtisodiy faol aholi umumiy sonida mahsuldor ish bilan bandlar ulushi tavsiflaydi.
Ish bilan oqilona bandlikning ish bilan bandlik kabi shakli mavjudligini barcha olimlar ham tan olavermaydi. Ko‘pchilik faqat ish bilan to‘liq va samarali bandlikni ajratishga moyildir. Holbuki, ish bilan oqilona bandlik tasniflash elementi bo‘lishi lozim va avvalo, shuning uchun lozimki, ish bilan bandlikni samarali deb qator yillar o‘tganidan keyin, uzoq istiqboldagina baholash mumkin, mehnat sohasida va ish bilan bandlik borasida jarayonlarni boshqarish uchun esa qisqa va o‘rta muddatli istiqboldagi ish bilan bandlik holati baholanishi zarur. Bunda ish bilan oqilona bandlikni ish bilan samarali bandlikka qarama-qarshi qo‘ymaslik kerak. Ish bilan oqilona bandlik – ish bilan samarali bandlikning shart-sharoiti, unga erishishdagi pillapoyadir. Ish bilan oqilona bandliksiz ish bilan samarali bandlik ham bo‘lmaydi. Ish bilan samarali bandlikijtimoiy boshqaruvning jamiyat rivojining mazkur bosqichida turmush tarzining mezonlari taqozo etadigan xodimlarni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tiklab borishga qodirligini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlikning tusda bo‘lishi daromad keltiradigan ijtimoiy foydali faoliyat bilan band bo‘lish hamda ish o‘rinlarining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlik, shuningdek ko‘plab variantlar orasidan ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari yig‘indisi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshisini tanlab olishni ham nazarda
tutadi.
Ish bilan mahsuldor bandlik shunday ish bilan bandlikki, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadlariga javob beradi, yuqori malakali, yaxshi o‘qitilgan va harakatchan xodimlar sog‘lom avlodini takror etishtirish uchun shart- sharoitlar yaratadi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning ta’rificha, ish bilan mahsuldor bandlik – mehnat mahsullari jamiyat tomonidan qabul qilinib, haqi
to‘lanadigan kishilarning ish bilan bandligidir.
Mehnatga layoqatli aholini qamrash bo‘yicha ish bilan bandlik to‘liq va to‘liqsiz (qisman) ish bilan bandlik bo‘lishi mumkin. Ish bilan to‘liq bandlik – jamimehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning haqiqiy imkonini berishdir. Biroq 100,0%dan kamroqni tashkil qiladigan ish bilan bandlikdir. To‘liq ish bilan bandlik noiloj ishsizlikning mavjud emasligiga tengdir.
To‘liqsiz (qisman) ishsizlik to‘liqsiz ish vaqtining miqdoriy xususiyatlari bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:

  • To‘liqsiz ish mobaynida bandlik(qisqartirilgan ish haftasi, qisqartirilgan ish kuni). Bu ish vaqtining inqirozli qisqartirilishi natijasidir. Bunday tartib korxonalarning malakali va tajribali xodimlarni saqlab qolish va ishsizlikning oldini olishlariga imkon beradi.

  • Qisqa to‘liqsiz ish haftasiqisqa ish haftasi son jihatidan kamroq (to‘rt yarim, to‘rt, uch) ish kuniga taqsimlangan ish haftasining me’yoriy uzunligidir. Bu ish kunining uzayishiga olib keladi. Uch kun va undan ham kamroq ish kunida ishlab beriladigan, uzunligi 30-34 soat bo‘lgan to‘liqsiz qisqa ish haftasi qisqa ish haftasining o‘ziga xos tartibidir. Ish bilan bandlik nuqtai nazaridan ushbu tartib hafta davomida har kuni ishlanadigan taqdirda mavjud bo‘lishi lozim bo‘ladigan ish o‘rinlari sonini ikki hissa ko‘paytirish imkonini beradi. O‘tkazilgan tekshirishlar ana shunday tartib bo‘yicha ishlaydigan xodimlar soni ortishini ko‘rsatmoqda. Masalan, AQSHda oxirgi 10 yil mobaynida bunday xodimlar soni 1,5 baravar ko‘paydi.

  • Ish o‘rinlarini bo‘lish. Bu, jumladan, ish vaqtining inqirozli bo‘linishidir. Bir ish o‘rni ikki xodim o‘rtasida bo‘linadi. Kishilar ish soatlari, ish haqi, dam olish kunlari, ijtimoiy imtiyozlarni bo‘ladilar. Bu ish bilan bandlik siyosatining moslashuvchanligini ta’minlash va malakali ishchi xodimlarni saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, Buyuk Britaniyada ish o‘rinlarini taqsimlash maxsus dasturi bor.Unga ko‘ra hukumat korxonalariga har bir bo‘lingan ish o‘rni uchun 750 funt sterlingdan mablag‘ beradi.

  • Ish vaqtining muqobil tartibi. Bu ikki xodimni ish bilanto‘liqsiz bandlik shart-sharoitlarda ishlatish tartibi bo‘lib, u kamroq qo‘llanadi. U, shuningdek, ish o‘rinlarini bo‘lish hamdir.Lekin bunda ikki kishi bir ish o‘rnida navbati bilan (masalan, hafta oralatib) ishlaydi.

Tashkiliy jihatdan aholining ish bilan bandligi standart va nostandart turlarga bo‘linadi. Bunday bo‘lishning asosida turli shakllarga kiradigan mehnat jarayonini tashkil qilishning o‘ziga xosligi yotadi. Standart (me’yoriy) ish bilan bandlik – sakkiz soatlik ish kuni va 40 soatlik ish haftasida doimiy ishlash nazarda
tutiladigan ish bilan bandlikdir. Nostandart ish bilan bandlik bu doiradan chetga chiqadi. Nostandart ish bilan bandlikka uyda ish bilan bandlik, ikkilamchi ish bilan bandlik (o‘rindoshlik), xizmat safarlarida ish bilan bandlik (vaxta usuli), vaqtinchalik ish bilan bandlik va tasodifiy ishlar kiradi. Ba’zi iqtisodchilar ish bilan bandlikning nostandart shakllariga ish vaqtining moslashuvchan tartiblarini ham kiritadilar.

      1. Download 0,55 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish