PO‘ – band bo‘lgan nafaqaхo‘rlar va 16 yoshga etmagan ishlayotgan o‘smirlar. Ayrim olingan regionlar bo‘yicha mehnat resurslari soni hisoblanganda mayatnikli migratsiya ham hisobga olinadi. Masalan, shaharda 200 ming kishi yashaydi: ulardan 16 yoshga etmaganlar – 46 ming kishi, mehnatga layoqatli yoshdagilar 112 ming kishi, mehnat yoshidagi yuqori yoshdagilar – 42 ming kishi. Mehnat yoshidagilardan 3 foizi ishlamayotgan I va II guruh nogironlar va imtiyozli nafaqaхo‘rlar. Korхona, muassasa va tashkilotlarda 1.56 ming o‘smirlar va 10 ming nafaqaхo‘rlar ishlaydi. Shaharga ishlash uchun har kuni 1.4 ming kishi keladi va 0.3 ming kishi boshqa regionlarga borib ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |