Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Ish kirish qismi, uch bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kirish qismida tadqiq qilinayotgan muammoning dolzarbligi asoslangan va
uning o’rganilganlik darajasi, maqsadi, vazifalari, ilmiy va nazariy asoslari hamda
tadqiqot ishining tuzilishi yoritilgan.
«Mehnat bozorining shakllanishi va uni tartibga solishning nazariy
asoslari» nomli birinchi bobda mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritib
berilgan va uning rivojlanish tamoyillari hamda mehnat bozorini tartibga solish
usullari aniqlangan. SHuningdek, mazkur bobda mehnat bozorini tartibga solishda
davlatning roli aniqlanib va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nazariy jihatdan
tadqiq etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |