Ijtimoiy ustanovkalar. Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm – bu ijtimoiy ustanovkalardir. Bu – shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir. Ijtimoiy ustanovkalar haqida batafsil ma’lumotlar oldingi mavzular (boblar)da bayon etilgan, bu o‘rinda biz, uning faqat dunyoqarashlar o‘zgarishiga aloqador mexanizm sifatidagi rolini ta’kidlamoqchimiz, xolos.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan biri, bu uning uzoq muddatli xotira bilan bog‘liqligidir. Ayni vaziyatlarda shakllangan obrazlar uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda dolzarblashadi, ya’ni “jonlanadi”. Masalan, ba’zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotiradagi mavjud obrazlar hisobiga shakkllanadi. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bog‘liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning shaxs hayoti mobaynida o‘zgarishi esa, muhim ijtimoiy-psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka o‘rgatish yo‘li bilan o‘zgarishi mumkin. Ya’ni o‘quvchilardagi turli ustanovkalarni o‘zgartirish uchun rag‘batlantirish yoki jazolash tizimini o‘zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o‘z ustanovkalarini o‘zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik tamoyiliga ko‘ra, shaxslararo nizo yoki kelishmovchilik paydo bo‘lishi muqarrardir.
Ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li – bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida shaxs ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’ektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.
XULOSA
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo`lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma`lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo`lishi zarur. Masalan artist bo`lish uchun tabiiy ovoz, eshitish qobiliyati, bejirim suvrat, jismonan sog’lom bo`lish talab etiladi. Rahbarlik vazifasini bajarish uchun tashkilotchilik, odamlar bilan muomala-murosa qila bilish kabi qobiliyatlarga ega bo`lish kerak. Aks holda kasbi va ishidan boshqalar ham, o`zi ham qanoat hosil qilmaydi. Kishi kasbini noto`g’ri tanlagan bo`lsa, unga qiziqmasa, o`zi ham, boshqalar ham undan baraka topmaydi.
Pedagogik, o`qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o`qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarning izzat-hurmatiga sazovor bo`lish uchun kishida bu ishda kishiga layoqat, qobiliyat, qiziqish bo`lmog’i lozim. Boshqa kasblar kabi o`qituvchilik kasbiga yoshlar orasidan pedagogik faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomala qila oladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kerak.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo`lishi, so`zlarni to`g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, asablari joyida, vazmin bo`lishi darkor. SHuningdek, bolalarni yoqtirishi, ular bilan ishlashga mayli borligi, boshqalar bilan muloqot qila olishi, xushmuomalaligi, kuzatuvchanligi, keng fikrlay olishi, o`ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi ham kishining pedagogik ishga yaroqliligini ko`rsatadi. Bu sifatlar kishida bor-yo`qligini tibbiyot xodimlari, ruhshunos, pedagoglar og’zaki va yozma savol-javoblar yordamida aniqlay oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 1998.
2. Barkamol avlod orzusi. – T.: «Sharq» nashriyoti, 1999 yil.
3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha vatamoyilar (O‘rta maxsus kasb-hunar talim muassasalari uchun qo‘llanma). – T.: «Yangi asr avlodi», 2001 yil. 4. Ma’naviyat asoslari (B.Ziyomuxammedov va boshqalar). – T.: «O‘zbekiston milliy ensiklo’ediyasi», 2000 yil.
5. O.Musurmonova. Ma’naviy qadriyat darva yoshlar tarbiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1996 yil.
6. R. Mavlonova, N. Rahmonqulova, B. Normurodova, K. Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Toshkent, 2008
7. Inomova K.M. Oilada bolalarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi T: Fan, 1999, 151 b.
8. Jo‘rayev A.J. «Tarbiyaviy darslarni o‘tish». T.: “O‘qituvchi”, 1994.
9. G.Mo‘minova, A.Jo‘rayev. Sinf rahbari - sinf tarbiyaviy soatlar tashkilotchisi. “O‘qituvchi”. NMIU. T.: 2012 y
10. R. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev. Pedagogika. Toshkent, O‘qituvchi. 1998-yil.
11. Karimova V. “Psixologiya” T., “O’qituvchi” 2001 y.
12. K.Hoshimov “Pedagogika tarixi antalogiyasi” “O’qituvchi” T., 1999 y
13. O’.Asqarova, M.Xayitbaev, M.Nishonov “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 yil
14. O. Hasanboyeva “Oila pedagogikasi” T., “Aloqachi” 2007 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |