Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Shovot tumani tarixi
bilan uzviy bog’liq
bo’lgan
arxiv hujjatlari, mavzuga oid tarixiy tadqiqotlar, mavzu davriga oid
statistik hujjatlar, nashrlar
tadqiqot ob’ekti va predmetini tashkil qiladi. Shunisi
muhimki, bizning mavzumizga oid izlanishlarning barchasi eng so’nggi
metodlarda, qiyosiy-solishtirma uslubida o’tkazilib, ma’lumotlar statistik va
taqqoslash uslubi asosida tahlil qilindi. Bu esa mavzumizning yanada ilmiy
jihatdan to’liq asoslanishiga va xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Tadqiqot usullari.
Tarixiy xulosalar chiqarishda manbalarga tanqidiy nazar
bilan yondoshildi. Foydalanilgan tarixiy tadqiqot xulosalarini qanchalik ilmiy
asoslangani bosh mezon qilib belgilandi. Tarixiy xolislik, qiyosiy solishtirma
tarixiy voqealar xronologik izchillik va davriy ketma-ketlikda berish kabi usul va
tamoyillardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |