MILLIY AN’ANALARIMIZ XIS ETGAN ILMIY VA BADIIY KITOBLAR, DARSLIK VA QO’LLANMALAR, KO’RGAZMALI VOSITALAR ISHLAB CHIQARISH
Ushbularni xisobga olgan xolda biz o’z ishimizga yosh avlodni milliy urf - odat va an’analarini turli tomonlari xaqida fikr yuritish va imkon darajasiga uni ochib berishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Mana shu fikrlar negizda xalqning milliy an’analari xalq tomonidan qadrlanishi uning o’ziga xos xususiyatlari xaqida tasavvur tushuncha va ma’lumot berish xozirgi vaqtda dolzarb masalalardir. Ushbu fikrlar negizida mavzuning ilmiy jumbog’ini qo’g’idagicha izoxladik: Milliy urf odat», «milliy an’analar deganda nimalar ko’zda tutiladi? Bizning yuqorida bayon etilgan ilmiy ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda bitiruv ishimizning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
- Milliy an’analari haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish.
- Milliy an’analar yosh avlod tarbiyasida, ularda milliy g’urur, milliy ong, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglash bevosita ijobiy ta’sir qiladigan vositaligi haqida o’quvchilarda ishonchni hosil qildirish, tushuntirish anglatish haqida samarali takliflar kiritish.
- Milliy an’analari tiklanayotganligi, ularga nisbatan kishilar munosabatini o’zgarayotganligi, eng muhimi ma’naviyatni rivojlanish borasidagi, davlat siyosatining izchil va qat’iyat bilan olib borayotganligi oilaviy tarbiyaning mazkur muammosini ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatni ochilayotganligini tushuntirish.
- O’quvchilarda milliy an’analarni qadrlash, hurmatlash tuyg’usini o’stirish va tarbiyalashning o’ziga xos jixatlarini tahlil qilish va hakozo.
Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi. Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi? «Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy taziqqa qaramay O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelayotgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi»3. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlash uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish, faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy va ma’ifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat mustaqillik sharofati bilan yangidan rivoj topa boshladi. Markaziy Osiyo xududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo’ldi. Ularda aholining ijtimoiy madaniyat xayoti turmush tarzi va an’analari ma’lum o’lchovi solindi va bel, zardo’shtlik ta’limotidir. Zardo’sht adolat, ma’rifat g’oyalarini yoyishda ajdodlar ana’nasidan moxirlik bilan foydalanadi. «Avesto» - da shaxar, qishloqlarni obod qilish, bog’u – rog’lar, yaylovlarni ko’paytirish, kishilarning madaniy turmushini rivojlantirishga undash, oila mustaxkamligi, farzand tarbiyasi xususida ham diqqatga molik fikrlar ijodlangan. «Avesto» - da Xuroson va Movoraunnaxr xalqlarining axloq va odob ta’lim – tarbiya, kasb o’rganish mehnatsevarlik, mehnat va mehmondo’stlikka doir fikr muloxazalari ham bayon qilinadi. Bola asosan oila muxitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa xayotning eng muxim tayanchi xisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishi va so’ngra yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin. «Avesto»dagi bunday fikrlar xalq milliy an’analarida ham o’z aksini topgan. O’zbek xalqining yosh avlodni xayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llanilgan usul va vositalari, tadbir shakllari o’ziga xos urf – odati va an’analari, tarbiya sohasidagi hayotiy tajribalari avloddan – avlodga o’tib kelmoqda. O’tmishda tarbiyada axloq tarbiyasi aloxida o’rinda turdi. Har bir qabila, elat o’ziga xos axloq qonun – qoidalarni yaratdi, insoniylik ideal axloq qonuniyatining asosi hisoblanadi. Ota – bobolar axloqiy tarbiyada Shiroq, To’maris, Alpomish, Murodxon, Ravshan kabi afsonaviy qaxramonlar tasvirlangan dostonlardan foydalanadilar, ular asosida yoshlarni eng yaxshi an’analar ruxida tarbiyaladilar. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va axli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin»4.
Do'stlaringiz bilan baham: |