mavzu. Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar (2 soat) Reja Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining’ shakllanishi, umumiy ta’rifi
Avstriya maktabi uning’ xususiyatlari
Kembridj maktabi A.Marshall ta’limoti
Lozanna maktabining’ xususiyatlari
Marjinalistik ta’limotning’ ijtimoiy-iqtisodiy aҳamiyati
MARJINALIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING’ ShAKLLANIShI, UMUMIY TA’RIFI
XIX asrning’ ikkinchi yarmi-XX asrning’ boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning’ rivojlanishi (evolyustiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning’ siyosiy ustqurmasida yuz berayotg’an tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning’ so’ng’g’i chorag’ida erkin raqobatning’ monopoliyag’a aylanishi iqtisodiyotdag’i eng’ muҳim ҳodisa bo’ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning’, ayniqsa meҳnat bilan kapital o’rtasidag’i ziddiyatlarning’ chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro’y berdi. XIX asrning’ 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy taҳlil qilishda ҳam chinakam inqilobiy o’zg’arish yuz berib aynan shu davrda Evropaning’ bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratg’an iqtisodiy ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning’ 30-yillarig’acha o’z mavqeini saqlab turdi.
Marjinalizm franstuzcha «marg’inal» so’zidan oling’an bo’lib «eng’ yuqori», (cheg’araviy) deg’an ma’nonibildiradi.
Bu boradag’i o’zining’ ilk fikrlarining’ U.Stenli Jevons 1862 yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assostiastiyasida qilg’an «Siyosiy iqtisodning’ umumiy nazariyasi ҳaqida qisqacha bildirish»nomli ma’ruzasida bayon etg’an edi. 1871yilda esa U.Jevons yang’i nazariyasini ilmiy asoslashg’a baG’’ishlang’an fundamental asar bo’lg’an «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Ang’liyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Meng’erning’ «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ҳam e’lon qilindi. Bu kitobda ҳam xuddi mana shu «eng’ yuqori foydalilik»nazariyasi taҳlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jiҳatdan asoslab berildi.
1874 yilda Shveystariyada Leon Valrasning’ «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdag’i iqtisodiy nazariya to’liq ravishda matematik jiҳatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yang’i yo’nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ing’liz, nemis va franstuz tillarida ilmiy jiҳatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning’ rivojlanish davrini ikki bosqichg’a bo’lib o’rg’anish maqsadg’a muofiqdir.
Birinchibosqich XIX asrning’ 70-80-yillarini o’z ichig’a olib iqtisodiy taҳlilning’ dastlabki marjinalistik G’’oyalarini mujassam qilg’an dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Meng’er, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalog’ik xususiyati, ya’ni uning’ ҳissiyoti va qabul qilishi asosida o’rg’aniladi. Shuning’ uchun marjinalizmning’ bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardag’i «sub’ektiv yo’nalish» deb ataldi.
Ikkinchibosqich XIX asrning’ 90-yillarig’a to’G’’ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko’pg’ina mamlakatlarda mashҳur va asosiy ta’limotg’a aylandi. Marjinalistlarning’ bu davrda erishg’an asosiy yutuG’’lari sub’ektiv-psixolog’ik yo’nalishdan vos kechib iqtisodiyotning’ asosiy maqsadi bu iqtisodiy ҳayotning’ doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yang’icha iqtisodiy G’’oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning’ davomchilari sifatida baҳolanib, ularg’a neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinal rivojlanishning’ ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishig’a yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta ҳissa qo’shdilar. Marjinal iqtisodiy G’’oyalarni yuqorida qayd etilg’an ikkala bosqichini o’zig’a xos xususiyatlarini quyidag’icha ta’riflashimiz mumkin.
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o’zlarining’ sub’ektiv oqimlarida asosiy e’tiborni iqtisodiy taҳlil jarayonida istemol (talab)ning’ tutg’an o’rnini o’rg’anishg’a qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo’ydilar. Keyinchalik neoklassiklar ҳar ikkala jarayonni birg’alikda o’rg’anib ancha mukammal ta’limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari sub’ektiv yo’nalish vakillari klassiklar sing’ari sabab oqibatg’a asoslang’an ilmiy taҳlilni qo’llab ularning’ G’’oyalarini ma’lum darajada takrorladilar. Lekin birg’ina katta farq sub’ektiv maktab qo’llag’an iste’mol va tovarlarning’ foydalilig’i usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O’z navbatida marjinalistlarning’ neoklassik yo’nalishi funkstional ilmiy tadqiqotni maydong’a tashlash bilan birg’a ishlab chiqarish va iste’molni yaxlit ҳolda o’rg’anib meyoriy iqtisodiy o’lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlarig’a ҳam tadbiq etdilar.
Uchinchi. Marjinal inqilobning’ birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funkstional ilmiy uslub bilan birg’a iqtisodiy taҳlilg’a iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ҳam olib kirildi. Shu jumladan, ҳar ikkala bosqich nazariyotchilari «erkin» raqobat yordamidag’i iqtisodiy o’sishni ҳalig’acha avtomatik avishda qo’llab kelinmoqda deg’an fikrg’a keldilar.
To’rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta’limotlar tarixida aloҳida o’rin eg’allag’an klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillarig’a sodiq qolishni meros qilish bilan birg’a tadqiqot mavzuini yanada keng’aytirib, unda funkstional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash usuli va niҳoyat sistemali matematik usuldan keng’ foydalanishni amalg’a oshirdilar.