Mavzu. Jahon xalqlari klassifikatsIYasi reja



Download 21,43 Kb.
bet3/5
Sana29.01.2022
Hajmi21,43 Kb.
#418358
1   2   3   4   5
Bog'liq
Seminar 1.2. (1)

Antropologik jihatdan hozirgi xalqlar so’nggi ilmiy klassifikatsiya asosida to’rt katta irqqa bo’linadi: negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid (okeaniya) katta irqlari. Negroidlarning soni o’tgan asr so’ngidagi ma`lumotlari bo’yicha butun dunyoda 250 milliondan ortiq (negrlar, negrilli, bushmen va gottenotlar); negroid va evropoid aralashishidan paydo bo’lgan 352,6 millionli irqlar efiop tipi, sudanliklar, mulatlar) ham shularga kiradi; eng katta evropoid (evroosiyo) irqi 1 milliard 793,3 million kishidan iborat bo’lib, unga aralash tiplar (metislar, mulatlar) ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 704 milliondan ortiq; aralash tiplar 672,2 million, Tinch okean mongoloidlari 664 million kishi, Janubiy osiyo guruhi 542,4 million va yaponlar tipi 11 million kishidan iborat; avstraloid (okeaniya) katta irqi (veddoidlar, avstraliyaliklar, aynlar, melaneziyaliklar va papuaslar) soni 9,4 million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir katta irq ichida mayda guruh va tiplar mavjud.
Etnoslarning shakllanishida va ularni farqlashda til asosiy rol o’ynaydi. Til birligiga qarab ayrim xalq va elatlar aniqlanibgina qolmay, ko’pincha til asosida nom ham beriladi. Lingvistik xarakteristika tarixiy-qiyosiy o’rganish orqali aniqlanadi. Odatda kelib chiqishi bir bo’lgan xalqlardan til yaqinligi bo’ladi. Shu asosda eng katta til oilalari va guruhlari qo’yidagicha bo’linadi: hin-evropa oilasida 1 mlrd. 861 million kishi gapiradi, shulardan eng katta guruhlari – germanlar (403,9 million), romanlar (482 million), hindiylar (595,6 million), slavyanlar (271 million), eroniylar (65 million) semit-xamit (afroosiyo) oilasida 147,9 million kishi semit xalqlari; dravid oilasi 154,1 million kishidan iborat; Ural oilasiga 23,4 million, oltoy oilasiga 96,9 million, xitoy-tibet oilasiga 864,7 million, Nigero-kordofa oilasiga 212,6 million, avstroneziya oilasiga 191,3 million, avstroosiyo oilasiga 64,5 million kishi kiradi. Tillar morfologik (so’z to’zilishi) va geneologik (kelib chiqishi) yaqinligi asosida farqlanadilar. Geneologik klassifikatsiya Etnologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega, chunki xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi)ni o’rganishda katta yordam beradi.
Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shvetsariya aholisi ikki yoki uch tilda so’zlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus bo’lmagan aholining yarmida ko’pi o’z ona tilidan tashqari rus tilini ham biladi. Ilgari mustamlaka bo’lgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining deyarli hammasida ikki til – mahalliy va rasmiy davlat tillari mavjud. Hindistonda rasmiy hindi tili bilan birga yo’zlab boshqa tillar ham bor. Pokistonda – urdu, Indoneziyada – baxsa – indoneziya, Filippinda – tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida rasmiy ingliz yoki frantso’z tillari bilan bir qatorda mahalliy tillarda ham so’zlashiladi.
Jahonda faqat bir millatdan tashkil topgan davlatlar juda kam chunki siyosiy va etnik chegaralar ham doimo to’g`ri kelavermaydi. Faqat Evropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan to’g`ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yo’zaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga ko’ra ozmi-ko’pmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, kereyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tilida so’zlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa o’nlab, yo’zlab turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg`oniston, Nigeriya va hokazo). Evropaning etnik qiyovasi nihoyatda murakkab. Bu erda asrlar davomida xilma-xil qabila, elat va xalqlar paydo bo’lib, mahalliy etnoslar bilan aralashib ketgan. Mazkur jarayon o’zluksiz davom etib kelgan va natijada dastlabki tub aholi to’g`risida aniq ma`lumotlar bizgacha etib kelmagan. Ularning lingvistik tarixi ham chalkash. U erdagi hozirgi millatlar o’z milliy davlatlari chegarasi doirasida asosan, o’tgan asr o’rtalarida shakllangan. Evropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining ko’pchiligi (o’ndan to’qqiz qismi) hind-evropa til oilasining uchta yirik til turkumi – roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g`arbda yasovchi italyanlar, frantso’zlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar iradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Evropada slavyan tillarida so’zlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorvatlar, «musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi. German tilida so’zlashadigan avstraliyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shvetsariyaliklar Markaziy va Shimoliy Evropada yashovchilar. Hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Frantsiyaning Breton yarim orolida qadimgi davrdan keng tarqalgan kelt tilida so’zlashadigan elatlarning avlodi yashaydi. Eng qadimgi vaqtlardan Pireney yarim orolining shimolida va qisman Frantsiyada yashayotgan basklar hech bir til oilasiga kirmaydigan maxsus tilda so’zlashadilar. Vengerlar yoki madyarlar, finlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga oid. Bolqon yarim orolida va janubda yashovchi turklar, tatarlar va gagao’zlar esa turkiy tillarda so’zlashuvchi etnik guruhlardir. Faqat Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Bir milliondan ortiq evropalik yahudiylar asosan, nemis tili shevasida yoki o’zlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda so’zlashadilar.
Yaponiya, Koreya, Banglashesh va ko’pgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib turadi (asosiy xalq 95 foizini tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, Xitoy, Shri-Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afg`oniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Fizippinlar murakkab ko’p millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba`zi etnik guruhlar hozirgacha ham xalq bo’lib shaklanmagan, hatto ularda urug`-qabilachilik munosabatlari saqlanib qolgan. Osiyoliklarning tillari ham etnik to’zilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, faqat Hindistonning o’zida 1652 xil til va turli shevlar mavjud. Eng qadimgi til oilalariga oid dravid, munda, xitoy-tibet, tay, avstroosiyo, avstroneziya, semit-xamit va hind-evropa xalqlari ham Osiyo qit`asida yashaydi. Oltoy til oilasi hozirgi Mo’g`uliston va Shimoliy Xitoyda paydo bo’lib, keyin boshqa erlarga tarqalgan. Xitoy-tibet (tay va tibet-birma guruhlari), astroosiyo (vetnam, monkxmer, munda, myao-yao turkumlari), dravid, astrogeneziya (indoneziya, filippin, malayya, melaneziya guruhlari) tilida so’zlashadigan xalqlar qadimdan ko’pchilikni tashkil qilib bir hududda yashab kelmoqdalar.
Evropa qit`asidan uch hissa katta hududga ega bo’lgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy va rang-barangdir. Evropa olimlari uni ilgari «qora qit`a» deb atab, etnik to’zulishi o’zaro bog`liq bo’lmagan turli qabilalardan iborat, deb noto’g`ri ta`riflaganlar. Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun`iy ravishda bo’lib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Segenal, Mali, Fil Suyagi Qirg`og`i, Shambiya, Sere-Leone, Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe xalqini olsak u ham Segenal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin, Mavritaniya, Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi. Eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham huddi shunday. Shuning uchun ham qit`ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat yo’q.
Afrika qit`asidagi bir milliondan ortiq bo’lgan 83 ta xalq qit`a aholisining 86 foizini tashkil qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xaslar (15 million), jazoirliklar (14 million), amxaraliklar (1 million), marokashlar (12 million), ibo va fudbe (12 million), yoruba (11 million) va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit`ada yashavchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan, hozirgi hududda paydo bo’lib shakllangan elatlardan iborat. Albatta o’zoq tarixiy davr ichida ayrim etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashib jarayoni ro’y berib to’rgan. Ammo bu jarayon, asosan, shu qit`a doirasida o’tgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning g`arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning ko’chishlari bo’lib to’rgan.

Download 21,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish