Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida (2006 yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida (2007 yil 19 fevral, PQ-585-sonli). Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida qabul qilingan.
Har yili joriy yilga belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |