Tez alanga oluvchi prekursorlarni saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalarini xisobga olish kerak. (sirka kislota angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfapt kislotasi, toluol).
Tez alanga oluvchi prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o’simlik yog’lari, oltingugurt, bog’lov vositalari), shunigdek, organik moddalar bilan portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat,kaliy permangant),kaliy xromat va xokazolar) xosil qiluvchi noorganik tuzlarni birga saqlash taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga tashish, yuklash)extiyotkorlik choralari ko’rilib, idishning xolati, germetikligi, to’g’riligini doimiy kuzatib turgan xolda ilashi lozim.
Tez alanga oluvchi prekursorlarn zich berkiladigan, mustaxkam shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. SHisha idishlar, ballon va boshqa katta xajmli idishlarning balandligi bo’yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, isitish manbalari yaqiniga qo’yish taqiqlanadi. So’kchak va isitish manbasi orasidagi masofa bir metrdan kam bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |