II.2.BROMATOMETRIYA
Bromatometriya yoki bromatometrik titrlash usulida qaytaruvchilarning miqdori kaliy bromat KBrO3 standart eritmasi bilan titrlab aniqlanadi.Usulning moҳiyati. Mazkur usul quyidagi yarim reakstiyaga asoslangan BrO3- + 6e- + 6H+ = Br + 3H2O BrO3-, H+/ Vr- redoks-juftning standart potenstiali xona xaroratida 1,44 V ga teng,ya’ni ancha katta qiymatga ega. Shuning uchun kaliy bromat kislotali muҳitda kuchli oksidlovchi bo’lib ko’pgina қaytaruvchilarni oksidlaydi.Yuqorida keltirilgan yarim reakstiyaga muofiq shu kabi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida bromat- ionining ekvivalent omili 1/z = 1/n = 1/6 ga teng.Shu kabi oksidlanish-qaytarilish reakstiyalarda kaliy bromatning ekvivalent molyar massasi quyidagicha M (1/6KBrO3) = M(KBrO3) / 6 = 27,833 g/mol s(KBrO3) molyar konstentrastiya va c(1/6KBrO3) ekvivalent molyar konstentrastiya o’zaro қuyidagicha boғlangan 6 ∙ c (1/6 KBrO3) = s(KBrO3)
Do'stlaringiz bilan baham: |