Ba’zilarida harakatlanish rivojlanmaganligi harakatlarning bir xilligida, ularning su’rati sekinligida, sustlik, noqulaylikda namoyon bo'ladi. Boshqalarida esa ortiqcha harakatchanlik maqsadga nomuvofiqlikda, tartibsizlikda, harakatlar koordinatsiyalanmaganlikda namoyon bo'ladi. O'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish ko'nikmalari yaxshi rivojlanmagan. Motorika rivojlanishning qo'pol nuqsonlarida bu ko’nikmalar shakllana olmaydi. Kopincha barmoqlaming differensiyalangan nafis harakatlarini talab kiluvchi ko'nikmar: oyoq kiyim ipini bog'lash,tugmalarni qadash, kiyimdagi bog'ichlarni bog'lashni o’zlashtirishda qiyinchiliklar tug'diradi. Ba’zi bolalar butun umri davomida maishiy ishlarda nazorat va yordamga muhtoj bo’ladilar.Bundav bolalarning barchasida diqqat buzilgan. Bolalarni biron faoliyatga jalb qilish mushkul, ular birpasda chalg'ib ketadilar.Faol diqqatmng sustligi har qanday xattoki eng sodda maqsadlarga erishishga to'skinlik qiladi. Shunga ko'ra o'yin faoliyati ham qiyinlashadi. O’rta darajadagi aqli zaif shaxslarda ma’lumotlar va tasavvurlar zahirasi juda kam.Tarqoq tushunchalar hosil bo'lishi umuman yo'q yoki keskin chegaralangan.Idrok va xotiraning rivojlanganligi kuzatiladi. Maxsus ta’lim dasturlari ularning cheklangan salohiyatini rivojlantirish va ba’zi asosiy ko'nikmalarni o'zlashtirish imkonini beradi Ular egallagan bilimlarini qiyinlik bilan, ko’pincha mexanik tarzda, yodlangan andoza kabi qo'llaydilar.O’rta darajadagi aqli zaif odamlar yetuklik yoshida sokin, boshqarilishga moyil bo'ladilar.Imkoniyatlari darajasida vazifalar qo'yilganda va malakali nazorat (doimiv kuzatuv va ko'rsatmalar) ta’minlanganida oddiy amaliy mehnat qila oladilar. Bunday odamlar, umuman olganda, jismoniy faol va ularning ko'pchiligida ijtimoiy rivojlanish belgilari mavjud. Nutqning rivojlanish darajasi turlicha: ba’zilari sodda suhbatlarda ishtirok eta olsalar,boshqalari faqatgina o‘zlarining birlamchi ehtiyojlari (ovqatlanish, kiyinish,himoya qilish)ni ifodalash uchun yetarli bulgan so'z boyligiga ega bo'ladilar.Ba’zilari nutqni hech qachon o’zlashtira olmasalar-da, oddiy ko'rsatmalarni tushunadilar va ba’zi qo'l harakat ishorasining ma’nosini o’rgana oladilar. Bolalarda autistik alomatlar yoki rivojlanishning boshqa umumiy buzilishlari namoyon bo'lishi mumkin.Ularning ba’zilari mexribon va xushmuomala bolishadi.Boshqalari jaxldor,g'azabnok. Yana boshqalari - qaysar, yolg'onchi,dangasa,impulsive(kutilmagan) ishlar qilishga moyil bo'ladilar.Aqli zaiflik ko’pincha oyoq-qo'l, panjalar, barmoqlar, bosh, teri, ichki a’zolar, jinsiy a’zolar, tish, yuz, qo’l, quloqlar rivojlanishidagi buzilishlar bilan birga kechadi.O’rta darajadagi aqli zaif kattalar ularning individual va shaxsiy sifatlarini inobatga olgan xolda doimiy kuzatuv va yo’1-yo’riq ostida oddiy, malaka talab qilmaydigan ishlarni bajara oladilar (ayniqsa, qishloq xo'jalik ishlari bilan band bolgan joylarda). O 'rta darajadagi aqli zaiflar ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj bo'ladilar. Og'ir darajadagi aqli zaiflik.Og'ir darajadagi aqli zaiflikda tafakkur nafaqat o'ta konkret, rigid, balki umumlashtirishdan qobiliyatlari umuman shakllanmaydi.Ularning ko'pchiligida motor funksiyalarining rivojlanmaganligi, koordinatsiya buzilishi va boshqa birgalikda kechuvchi patologiyalar yaqqol namoyon bo'lishi kuzatiladi.Bu shaxslar o ‘ziga-o‘zi xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini katta qiyinchiliklar bilan о’zlashtiradilar. Ularning bir qismi xatto tugma qadash va bog’ichlarni bog’lashni ham o'rgana olmaydilar.Og'ir darajadagi aqli zaif bolalarning ta’limi o’ziga-o‘zi xizmat ko'rsatish ko’nikmalarini mashq qilish va atrof-muhitda mo'ljal olishni o'rganish, muloqotni rivojlantirish bilan cheklanib qoladi. Nutqi aggramatizmlar, tovushlarni talaffuz qilishdagi kamchiliklarga ega, so'z boyligi kam va biron faoliyatni tashkil qilish uchun yetarli emas.Rivojlanishning orqada qolishining og'ir darajasidagi bolalar mustaqil harakatlana olishlari, nutqni muloqot vositasi sifatida minimal tarzda qo'llashlari ularga yaxshi muomalada bo'ladigan odamlarni ajrata olishlari mumkin, bundan tashqari ularda hissiyotlarni ijtimoiylashtirish elementlari mavjud. Maxsus ta’lim berilganda ularning ba’zilari maishiy o‘z-o ‘ziga xizmat ko'rsatishining qiyin bo’lmagan ko'nikmalarini, eng sodda qo'l mehnatini о’zlashtirishlari mumkin. Ular faqatgina elementar mehnat jarayonlarini o'zlashtira oladilar. Shuni yodda saqlash muhimki, rivojlanish ortda qolishining og'ir korinishi bilan xastalangan bolalar keyinchalik o'xshash vaziyatlarda qo'llashlari mumkin bo’lgan ko'nikmalarni tushunishlari va rivojlantirishlari uchun ularga orgatilayotgan narsani bir necha bor takrorlash kerak. Odatda intellektual buzilishlar yaqqol nevrologik patologiyalar, falajlik, parezlar bilan birga kechadi. Ularda skelet, bosh suyagi, qo‘l-oyoq, teri va ichki a’zolarning rivojlanishining buzilishi, displastik tana tuzilishi kuzatiladi.Bu patologiyaga ega odamlarga doimiy yordam va qo'llab-quvvatlash talab qilinadi. Chuqur darajadagi aqli zaiflik.Bu bolalarda qo'yiladigan talablar yoki ko'rsatmalarni tushunish yoki bajarish qobiliyati cheklangan. Ularda diqqat, idrok xotira rivojlanmagan. Tafakkuming elementar jarayonlari mavjud emas. Ko'pincha nutq o'rniga alohida tushunarsiz tovushlar yoki o'zlari ma’nosini tushunmaydigan so'zlarui qo'llaydilar. Bunday bolalarning ko'pchiligida motorikaning og'ir buzilishlari kuzatiladi, ular butkul harakatsiz yoki harakatlari keskin chegaralangan bo'ladi, siydik va axlatni ushlab tura olmaydilar, ular bilan faqat rudimentar shaklda muloqot qilish mumkin. Ular о’zlarining asosiy extiyojlari haqida qayg'ura olmaydilar yoki bu xususiyat juda sust va doimiy yordam va qo'llab-quvvatlashga muhtojlar. Extiyoj va harakatlar juda sodda, harakat reaksiyalari - tartibsiz, maqsadga yo'naltirilmagan, stereotip, u yoqdan bu yoqqa qimirlash, tashqi sababsiz qo'zg'alish kuzatiladi. Bulardan eng og'irlari yig'lamaydi, kulmaydi, atrofdagilarni tanimaydi. Hech narsa e’tiborlarini torta olmaydi. Ular fazoda mo'ljal olishga qivnaladilar. Faqatgina og’riqdan ta’sirlanadilar. Yuz ifodasi ma’nosiz. Iste’mol qilsa bo'ladigan va iste’mol qilsa bo’lmaydigan narsalarni ajrata olmaydilar. Nutq va imo-ishorani tushunmaydilar. G'azab affektlari, o'ziga zarar yetkazishga intilish kuzatiladi. Biroq bunday bolalar bilan ishlansa, ularda tovushga, yorqin yorug'lik va rangga, harakatlanayotgan obyektlar va boshqa ta’sir qiluvchilarga e’tiborni tarbiyalashda ba’zi yutuqlarga erishish mumkin. Boladagi biologik nuqson o’z navbatida madaniy bilimlarni egallashga to’sqinlik qiladi. Vigotiskiy nazariyasiga ko’ra, oily ruhiy funksiyalar-xotira, tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Aqli zaif bola rivojidagi biologik va madaniy sohalarining bir-biridan uzoqlashishi natijasida ulardagi intilish va talablar disgormonik, uyg’un bo’lmagan tarzda shakllanadi. S.S.Karsakov 1905-yilda chop etilgan “mikrosefalar psixologiyasi” asarida “chuqur darajadagi aqli zaif bolalarda atrofni bilishga bo’lgan intilish shakllanmagan”,- deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni G.E.Suhareva o’z ishlarida rivojlantiradi. M.G.Blyumina esa “bog’cha yoshidagi oligofren bolalarga bo’shliq, zaiflik, tashabbussizlik, qiziqishlarning yetishmasligi hosdir”,-deb ko’rsatadi.
Aqli zaiflikning mohiyatini nuqsonning moddiy asosi bilan bog‘lab, bunga bosh miyaning organik buzilishini ko'rsatadilar. Boshqacha aytganda, aqli zaiflikning moddiy asosi sifatida kasallangan bosh miya e’tirof etiladi. Bu kasallik natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma’noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Bosh miya kasalliklari sababini kelib chiqishiga ko‘ra: ichki (endogen) tashqi (ekzogen)
Do'stlaringiz bilan baham: |