Tafsirs of different groups and aqeedahs, in which each group interpreted the word of Allah according to their creed in their tafsīr.
Calligraphy is a sort of multi-text text: handwriting, lash, print.
Khorezm tradition of bayat - Literary texts in Khorezm ophiolacy school are mostly concentrated on the genre. In particular, during the period of Muhammad Rahimhon (Feruz), Bayazî mujtâkatât, Bayîzî majmuai ash'âr, bayîzî muhammasât and bayîzî rubâît were created.
Comparative - Comparative Text - Has the texts been created as a result of a comparison?
ILOVA “MATNSHUNOSLIK” fanining sillabusi
3-kurslar uchun
(2020/2021 o‘quv yili)
Kafedra nomi:
|
O‘zbek adabiyotshunosligi
|
O‘qituvchi haqida ma’lumot:
|
o‘qituvchi Arslonov Abdimurod
|
arslonova@tersu.uz
|
Semestr va o‘quv kursining davomiyligi
|
Ushbu fan O‘zbek filologiyasi fakultetining 3-bosqich bakalavr yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan.
5-semestr
|
O‘quv soatlari hajmi:
|
jami:
|
130
|
shuningdek:
|
|
ma’ruza
|
18
|
seminar
|
22
|
Amaliy
|
32
|
mustaqil ta’lim
|
58
|
Yo‘nalish nomi va shifri
|
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
|
|
5120101
|
|
Kursning predmeti va mazmuni: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonida o‘zligimiz asosi bo‘lgan ma’naviy merosimiz ildizlarini chuqurroq o‘rganish adabiyotshunos va tilshunos olimlarimiz oldida turgan muhim ishlardan biri ekani ta’kidlangan. Shunga ko‘ra, o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini asliyat asosida o‘rganish, talabalarni qadim adabiy manbalardan har tomonlama xabardor mutaxassis sifatida tayyorlash universitet ta’lim-tarbiya tizimida madaniy-ma’rifiy saviyaning oshishiga sabab bo‘ladi. Qadim adabiy manbalarni qo‘lyozma nusxalar asosida nashr etish, ularning mukammal ilmiy izohlar, ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan tanqidiy matnini tayyorlash, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik yo‘nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 mayda qabul qilingan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2995-sonli Qarori, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog‘ida o‘zbek mumtoz adabiyotiga taalluqli manbalarni o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, shu yo‘nalishda birinchi navbatda etuk manbashunos va matnshunos kadrlarni tayyorlash vazifa qilib belgilanganligidan kelib chiqib, ushbu dastur qayta ko‘rib chiqildi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
matnshunoslikda va tilshunoslikdagi matn tushunchasining farqi, arab yozuvi tarixi, matnshunoslikning dolzarb muammolari, tabdil, transkripsiya, transliteratsiya, mumtoz matnlarni tushunishda lug‘at ilmining o‘rni haqida bilimlarga;
Nasta’liq xatidagi toshbosma va qo‘lyozma kitoblarni o‘qiy olish, XX asr boshi isloh qilingan alifboni o‘qib tushunish, nazmni nasriy bayon qilish, mumtoz matnni muxtasar va to‘la sharhlash, adabiy manbani tasniflash ko‘nikmalariga;
Eski o‘zbek yozuvini, qo‘lyozma kitobda unvonning ahamiyatini, mumtoz matnda ilmiy ko‘rsatkich imkoniyatini, qo‘lyozma turlarini, katologlardagi ilmiy tavsif tuzilishlari haqida malakaga ega bo‘lishi lozim.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |