3-seminar mashg`ulot. Kitob vauning ilk namunalari
Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda kitob deyish qabul qilingan. Yozuv materiali sifatida papirus o`simligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) bilan oʻrama kitoblar paydo boʻldi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qadimgi nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar boʻlgan.
I nterfaol metod. “Kitob kecha va bugun” mavzusida o`z fikr-mulohazalaringizni bayon eting.
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating;
M – ko`rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U – fikringizni umulashtiring.
Yoshlarning o`zlari yozgan fikrlarini yozam tarzda taqdim etishlari so`raladi. Bu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga, bahslashish madaniyatini o`rgatadi. O`qituvchi esa ularning fikrlarini to`g`ri yo`naltirish orqali mavzuni to`g`ri anglashlariga harakat qiladi.
Tayanch tushunchalar: kitob, pergament, papirus, yozuv, qog`oz, “Avesto”, Gutenberg.
4-seminar mashg`ulot. “Xazoyin ul-maoniy”ning qo`lyozmasi va matniy xususiyatlari
“Xazoyin ul maoniy” ("Maʼnolar xazinasi") — Alisher Navoiyning asari. 1491—96 yillarda tartib berilgan. “Xazoyin ul maoniy” — "Gʻaroyib ussigʻar" ("Yoshlik gʻaroyibotlari"), "Navodir ush-shabob" ["Yigitlik nodirlik (sheʼr)lari"], "Badoyeʼ ul-vasat" ("Oʻrta yosh badialari") va "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yigʻma devon. Xalq orasida "Chor devon" deb ham yuritiladi. “Xazoyin ul maoniy”ning tuzilish tarixini Alisher Navoiyning oʻzi "Xamsat ulmutahayyirin", "Munshaot", "Muhokamat ul-lugʻatayn", ayniqsa, “Xazoyin ul maoniy”ga maxsus yozgan "Debocha"sida bayon etgan. Ushbu asarlarda yozilishicha, Abdurahmon Jomiy oʻz sheʼrlarini toʻplab (1491 — 92), 3 devon tuzgan va Navoiyga taqdim etgan. Navoiy bu devonlarning aralashib ketmasligi uchun ularga maxsus nomlar qoʻyishini maslahat bergan. Navoiy maslahati Jomiyga maʼqul tushgan va u devonlarini "Fotihat ushshabob" ("Yoshlikning boshlanishi"), "Vositat uliqd" ("Bogʻlanish vositalari"), "Xotimat ulhayot" ("Hayot xotimasi") kabi nomlar bilan atab, umumiy "Debocha" yozgan hamda bu fikrning Navoiydan chiqqanligini alohida taʼkidlagan.
I nterfaol metod. “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi.
Ushbu topshiriqqa ko`ra har bir talaba mavzuga doir tushunchalarni bir “Tushuncha”ustuniga, uning mohiyatini esa “Mazmun” ustuniga yozib chiqadi. Bu esa mavzuni tartibli o`rganish, faktlarni bir-biri bilan bog`lay olish, o`z fikrini izchil bayon etish ko`nikmasini shakllantiradi.
Tushuncha
|
Mazmun
|
Qo`lyozma
|
|
Ilmiy-tanqidiy matn
|
|
........
|
|
........
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |