Milliy g‘oya tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
Bizni birlashtiradigan bitta g‘oya bo‘lishi kerak. U ham bo‘lsa, shu vatanning, shu tuproqning, el-yurtning manfaatidir.
I.A.Karimov. «Elni Vatan manfaati birlashtiradi». Prezidentning bir guruh yozuvchilar bilan qilgan suhbatidagi so‘zi. 1993 yil aprel. « O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T.1. T., « O‘zbekiston» 1996 yil. 198 b.
***************************************************************
Xo‘sh, biz o‘zimiz tanlagan va ma'qul deb topgan g‘oyani ta'riflashga, tushuntirishga, odamlarni shunga ergashtirishga tayyormizmi? Bu ulug' g‘oyani odamlar yuragiga etkaza olamizmi, yo‘qmi?
I.A.Karimov. «Buyuk maqsad yo‘lidan og'ishmaylik» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993 yil 6 mayda so‘zlangan nutq. « O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». T.1. T., « O‘zbekiston» 1996 yil 201 b.
***************************************************************
Jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'i nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak. I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. «Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-soni «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 92 b.
***************************************************************
Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur.
U Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog'lab turishga, o‘zimizni ulug' ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da'vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.
I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. «Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-soni «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 92 b.
***************************************************************
Milliy g‘oya, milliy iftixor kundalik mashaqqatli ishlarimizda va bunyodkorlik faoliyatimizda kuchimizga kuch, g'ayratimizga g'ayrat qo‘shib, haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag'ishlab, ruhimizni baland, belimizni baquvvat qilishiga ishonaman.
I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. «Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-soni «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 92 b.
***************************************************************
Har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq-ravshan charog'on etadigan mafkura – milliy g‘oyani shakllantirishning asosiy sharti – odamlarning tafakkuri, dunyoqarashining voqelikka nisbatan ta'sirini inobatga olishdir. Shu ma'noda milliy g‘oya, milliy ong tuyg'usining mohiyatini to‘g'ri anglash, uni tarbiya qilish, uni bugungi kunning eng zarur vazifalaridan biri sifatida e'tirof etish, bu xususda bahtu munozaralar olib borish, fikr almashish, ochiq-oydin gapirish, o‘ylaymanki, ijtimoiy taraqqiyotimiz uchun katta naf keltiradi.
I.A.Karimov. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblar «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 298 b.
***************************************************************
Erkin fuqaro – ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma'naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.
I.A.Karimov. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblar «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 303 b.
***************************************************************
Milliy g‘oya millatni, xalqni birlashtirishga qaratilishi kerak.
I.A.Karimov. «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga javoblar «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz» T.7. T., « O‘zbekiston» 1999 yil. 308 b.
***************************************************************
Hayot mavjud ekan, jamiyat, davlat bor ekan, har qaysi millat, har qanday xalq o‘z yo‘lini, maqsadini, lo‘nda qilib aytganda, o‘zining milliy g‘oyasini, milliy mafkurasini aniqlab olishga harakat qiladi. Hayot taraqiy etgan sari bunday masalalar yanada boyib, yanada takomillashtirib boraveradi. Shu ma'noda, bu borada turlicha qarashlar, muhokamalar bo‘lishini tabiiy xol sifatida qabul qilish kerak. I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq, 2000yil 6 aprel» «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 462 b. ***************************************************************
Biz milliy g‘oya, milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak, uning ma'no-mohiyati nimadan iborat, degan muhim masalaga yana bir bor oydinlik kiritib olishimiz darkor.
I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq, 2000yil 6 aprel» «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 464 b. ***************************************************************
Milliy g‘oya davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimizning yuksalishi yo‘lida, buyuk kelajak barpo etishdek ezgu maqsadga erishish va jahon hamjamiyatida o‘zimizga munosib obro‘-e'tibor topishimizda birlashtiruvchi kuch, qanot bo‘lishi shart.
I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq, 2000yil 6 aprel» «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 472 b. ***************************************************************
Mana shunday ozod kunlarda bilib-bilmay yo‘ldan toyib, ya'ni kuppa-kunduzi yo‘lini yo‘qotib, yot ellarda chalinayotgan nog'oraga o‘ynab yurgan ayrim yoshlarning ko‘zini ochishda milliy mafkuramiz muhim o‘rin tutishi shubhasiz. Chunki milliy mafkura – bu xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e'tiqodidir.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «Fidokor» gazetasi muhbiri savollariga javoblar. «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 507 b.
***************************************************************
Men xalqni birlashtiruvchi, yuksak maqsadlar sari chorlovchi mafkura – milliy g‘oyaning jamiyat hayotidagi ahamiyati to‘g'risida ilgari ham qayta-qayta aytib o‘tganman. Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik.
I.A.Karimov Hushyorlikka da'vat. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar, 1999 yil iyun. «Ozod va obod vatan, erkin va farvon hayot-pirovard maqsadimiz». T.8. T., «O‘zbekiston» 2000 yil. 28 b.
***************************************************************
Do'stlaringiz bilan baham: |