Patofiziologiyasi: Siydik nayining distal segmentida yuzaga
kelgan o‘zgarishlar hisobiga qisman obstruksiya, siydik nayida
proksimal yo‘nalishdagi dilatatsiyaga sabab bo‘ladi. Hamda
gidronefrotik kengayish yuzaga keladi (jom va kosachalar hajm
jihatidan kengayishi).
Bu o‘zgarishlar siydik nayi o‘zining kengayish xususiyatini
yo‘qotganda kuzatiladi. Siydik nayi siydikni adekvat evakuatsiya
qila olmaydi, natijada buyrak ichki bosimi oshadi va uning funksiyasi
pasayishi yuzaga keladi. Siydik nayining to‘liq obstruksiyasi
judayam kam kuzatiladi va u buyrak funksiyasi bo‘lmasligi bilan
birga kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |