17.2. Buyrakning kistoz kasalliklari
225
17.9- rasm. Buyrak polikistozining sxematik ko‘rinishi:
1 - total, 2 - solitar, 3 - o‘choqli.
Klinikasi. Asosan, pufaklaming buyrak parenximasiga ko‘rsatayotgan ta’sir darajasiga bogiiq. Kichik yoshdagi bolalarda kasallik
o g ir oiadi. Polikistoz pielonefrit bilan asoratlansa, uremiya va
anuriya yuzaga kelishi mumkin.
I bosqich - kompensatsiya davrida buyrak sohasida simmilovchi
og‘riq boiib, kuchsizlanish, holsizlanish kuzatiladi. Buyrak funksiyasi tekshirilganida faqat ba’zi bir funksional o‘zgarishlar aniqlanadi.
II bosqich - subkompensatsiya davrida esa buyrak sohasidagi ogiq
davom etaveradi, bemoming og‘zi qurib, chanqaydi, tez charchaydi, boshi ogiib ko‘ngli ayniydi. Odatda, bu belgilar buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi va arteriya bosimining oshishiga bogiiq.
III bosqich - dekompensatsiya davrida ko‘ngil aynishi doimiy
boiib, bemor tez-tez qusadi. Bosh og‘rig‘i, chanqash, umumiy holsizlik kuchayadi. Buyrakning filtratsiya va konsentratsiya xususiyatlari ancha pasaygan boiib, qonda mochevina va kreatinin miqdori
oshadi. Agar pielonefrit qo‘shilsa, unga xos belgilar yuzaga keladi.
Tashxisi. Ko‘pincha buyrakning kattalashgani aniqlanadi. UTT
tekshirishida buyrak oichami parenxima hisobiga kattalashgan
boiadi, piramidalar ko‘rinmaydi, ko‘plamchi sharsimon exonegativ
hosilalar aniqlanadi, parenxima exogenligi oshganligi hisobiga
buyrak sinuslari yaxshi aniqlanmaydi (17.10-rasm).
2 2 6
17.10- rasm. Buyrak polikistozining exografik tasviri.
Ekskretor urogrammada buyrak kattalashgan, buyrak jomi
va kosachalari tortilib, o‘roqsimon ravishda uzaygan boiadi, bu
pufakchalar ularni bosib qo‘yganligining belgilaridir. Odatda,
buyrak jomi buyrak ichida joylashgan bo‘ladi.
Buyrak polikistozi, odatda, Vilms o‘smasi bilan farqlanadi.
Polikistoz, odatda, ikki tomonlama uchrasa, Vilms o‘smasi bir
tomonlama bo‘ladi. Ekskretor urografiyada esa buyrak o‘zining
topografik joyini o‘zgartiradi hamda uning kosachalarining
o‘roqsimon va aylanasimon o‘zgarishlari boimaydi.
Davosi. Buyrak polikistozi konservativ usulda davolanadi.
Eng avvalo polikistoz oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
asoratlaming paydo boimaslik chorasini ko‘rish zarur. Ayrim
hollarda operatsiya qilishga ham to‘g‘ri keladi. Bunda pufaklar
punksiya qilinib, suyuqlik olib tashlanadi, bazan esa bu operatsiya
omentorevaskulyarizatsiya (buyrakni ildizidan ajratilmagan charvi
bilan o‘rash) bilan birgalikda bajariladi. Buyrak yetishmovchiligi
rivojlanganda esa oqibat yaxshi emas. Bu hollarda gemodializ
qilinadi. Donor buyragini ham ko‘chirib o‘tkazsa boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |