Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi



Download 1,83 Mb.
bet55/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

Tabiiy manbalar (paleozoologiya, pale obotanika) - inson va hayvon suyaklari va o’simlik qoldiqlari geologik qatlamlar bo’lib, ularni asosan antropologlar, zoologlar, botaniklar va geologlar o’rganadilar.

  • Inson tomonidan yaratilgan manbalar: mehnat qurollari, qurol- aslahalar, kulolchilik buyumlari, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozma manbalar va h.k. Yozma manbalarni o’rganish bilan asosan tarixchilar shug’ullansalarda, arxeologlar kishilik o’tmishini o’rganishda moddiy manbalar bilan birgalikda yozma manbalarga ham tayanib ish ko’radilar. Yuqorida keltirib o’tilgan arxeologik manbalarning bari inson

    makon tutgan manzilgohu makon va yodgorliklardan topiladi va tadqid etiladi. Bu manzilgohlarni arxeologiya fanida arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.
    Demak, Arxeologiya yodgorliklari – arxeologik tadqikotlarning ob’ekti bo’lib xizmat qiluvchi, erning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlardir. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy manbalar bo’lib, ularni o’rganish bilan kishilik jamiyatining o’tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha bo’lgan eng qadimgi davrini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo’yicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga bo’linadi:

    1. tosh davri yodgorliklari;




    1. jez davri yodgorliklari;




    1. antik davr yodgorliklari;




    1. qadimgi mudofaa inshootlari;




    1. qadimgi suv inshootlari;




    1. qadimgi mozor-mo’la va o’ralar;




    1. qadimgi me’morlik yodgorliklari;




    1. qadimgi hujjatlar;




    1. o’rta asr shahar va rabotlarning xarobalari;




    1. zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi;




    1. qadimgi va o’rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.

    Tosh davri — insoniyat taraqqiyotidagi eng qadimgi davr. Bu davrda mehnat qurollari hamda qurol-yarog’lar, asosan, tosh, yog’och va suyakdan yasalgan. Tosh davri qadimgi {paleolit), o’rta (mezolit) va yangi (neolit) davrlarga bo’linadi. Tosh davri bundan taxminan 2 mln. yil oddinroq boshlanib,


    O’zbekistonda 4 ming yil burun tugagan (ayrim hududlarda uzoqroq davom etgan). Tosh davri odamlari terimchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shug’ullangan; neolit davrida motiga bilan dehqonchilik qilish va chorvachilik paydo bo’lgan. Ijtimoiy munosabatlar «ibtidoiy odamlar to’dasi»ga, so’ngra ibtidoiy urugdoshlik tuzumiga xos bo’lgan.
    Tosh davri insoniyatning eng uzoq davom etgan asri bo’lib, bugungi kunda bu davrdan qolgan arxeologik yodgorliklar turi xilma-xillikni tashkil etadi. Ma’lumki, tosh davrining dastlabki davrlarida insoniyat tabiiy tosh chaylalar, g’orlarni makon tutgan. Buning asosiy sabablari iqlimning sovuqligi(muzlik asri), ovchilik va termachilik mashg’uloti va insoniyatning antropogenez jarayoni davri bo’lganligidir. Arxeologiyada makon — tosh va jez davrida yashagan ibtidoiy odamlarning mavsumiy, vaqtinchalik boshpanasi yoki davriy turar joyi tushuniladi. Kadimgi tosh davri makonlari g’or va ungurlarda (Teshiktosh, Obirahmat va b.) buloq bo’ylarida (Ko’lbuloq va b.) joylashgan bo’lib, ular ajdodlarimizning uzok, muddatli boshpanasi hisoblanadi. Arxeologiya fanida qadimgi tosh davri makonlari ochiq va yopiq turlarga bo’lib o’rganiladi. Ochiq turdagi makonlar tabiiy tosh chaylalar va ungurlar misol bo’lsa, yopiq turdagi makonlar g’orlar hisoblanadi.
    Mezolit davridan boshlab tabiiy-geografik haroitni o’zgarishi bilan (buyuk muzliklar davridan so’ng) ajdodlarimizning makonlari daryo va ko’l yoqalarida qad ko’taradi va ko’proq mavsumiy xarakter kasb etadi, arxeologiyada endi ushbu maskanlar manzilgoh(Ayakkaketma) deb ataladi. Ishlab chiqaruvchi xo’jalik, birinchi navbatda, dehqonchilik kashf etilishi bilan manzilgohlar o’troq qabilalarning doimiy turar joyiga aylangan va ular asosida keyinroq qishloq va shaxarlar tarkib topgan.
    Qadimgi tosh davrining yana bir xarakterli maskanlaridan biri bu tosh qurol yasash ustaxonalaridir(Uchtut). Ustaxonalar tosh turiga qarab turlanadi (masalan, chaqmoqtosh, kremniy va h.k. tosh yasash ustaxonalari).
    Ustaxonlar asosan mehnat va ov kurollari yasashda ishlatiladigan tosh konlari atrofida joylashgan. Tosh davrining asosiy mehnat va ov quroli asosan toshdan yasalganligi bois ustaxonalardan uzoq davrlar foydalanilgan. Shuning uchun ko’plab tosh yasash ustaxonalar turli xil davrga ega madaniy qatlamlardan iborat.
    Tosh davrining muhim yodgorliklaridan yana bir turi bu qoyatosh rasmlardir. Ayrim adabiyotlarda qoyatosh suratlari deb yuritiladi. Tosh davriga xos bo’lgan qoyatosh rasmlar tarix fanida ibtidoiy qoyatosh rasmlari deyiladi. Qoyatosh rasmlar - g’orlar (devor va shiplari), qoyatoshlar va alohida toshlarga ishlangan qadimgi tasvirlar hisoblanadi. Rasmlar ishlanish xususiyatlariga ko’ra 2 guruhga bo’linadi: qattiq jism yoki boshqa qattiq buyum bilan urib cho’kichlash, chizish, tirnash, ishqalash yo’li bilan yaratilgan rasmlar (ular fanda petrogliflar deb ataladi) hamda tabiiy bo’yoq
    — oxra va bo’yoqlar bilan chizib ishlangan oq, qora, sariq, ko’k, qizil, jigarrang rasmlar. Rangli rasmlarning ishlanish usuli u qadar murakkab emas, lekin, petrogliflarning ishlanishi ancha murakkabdir. Qoyatosh rasmlar ishlanish uslubiga ko’ra xilmaxildir: soya, oddiy chiziqdor, tarhli, naqshdor bezakli va boshqa uslub xususiyatlariga ega. Qoyatosh rasmlar dunyoning barcha joylarida ma’lum bo’lib, paleolitdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrda yaratilgan. Afrika (Sahroi Kabir va jan. tog’larda), Amerika (Alyaska, And va b. tog’lar), Evropa va Avstraliyaning tog’liq hududlarida ko’p uchraydi; Rossiya (Amur, Lena, Enisey, Ob, Irtish, Baykal ko’li sohillari), Kozog’iston, O’rta Osiyo (Qoratog’, Bo’kantog’, Tomditog’, Tyanshan, Pomir, Nurota va b.)dan topilgan petroglif qoyatosh rasmlar diqqatga sazovordir. Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Hindiston, Rossiya (Lena, Amur, Baykal ko’li sohillari, Ural, Dog’iston), O’zbekiston (masalan, Zarautsoy rasmlari, Sangijumon, Oqsoqolotasoy rasmlari)da rangli qoyatosh rasmlar topib o’rganilgan. Qoyatosh rasmlar avvalo san’at obidasi sifatida san’at tarixini o’rgansa, arxeologik va tarixiy manba sifatida ibtidoiy va qadimgi qabilalarning ijtimoiy hayoti va ruhiy olamini o’rganishda katta
    ahamiyatga ega. (Sarmishsoy rasmlari, Suratlisoy rasmlari, Takatosh rasmlari, Xo’jakent rasmlari).

    Download 1,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish