Qirg’ichlar
O’rta paleolit davri mil. avv. 120G’100-40G’35 ming yilliklar bilan davrlashtirilib, arxeologiya fanida muste madaniyati deb ataladi. Muste madaniyati yoki muste davri — ilk paleolit davrining eng so’nggi madaniyati (mil. av. 120—40 ming yillik) bosqichi. 19-asrning 60-yillarida
frantsuz arxeologi G. Mortile Frantsiyaning janubiy-g’arbidagi Le-Muste (Le Moustier) g’oridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar neandertallar nomi bilan fanga kirgan. Muste madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos bo’lib, ular yog’och yo’nish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Muste davrida nayzasimon tosh qurol, o’roq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, muste madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirg’ich, pichoq hamda suyak qurollar paydo bo’lgan. Muste davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qadimgi odam (pitekantrop va sinantrop) o’zgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq bo’lgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi o’zgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Olovni saqlab qo’yishdan uni ishqalash yo’li bilan hosil qilishga o’tilishi muste davrining muhim yutug’idir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Muste madaniyatida g’or va ochiq manzilgoxlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shimol bug’usi kabi hayvonlarni ovlab, iste’mol qilishgan hamda terimchilik bilan shug’ullangan. Muste davri qarorgohlarida o’choq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy e’tiqodlar turila boshlaganini ko’rsatadi. Muste madaniyati yodgorliklari Evropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Evropa qismida, Kavkaz, O’rta Osiyo va Qozog’istonda topib tekshirilgan. O’zbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh g’ori), Samarkand (Omonqo’ton g’ori, Qo’tirbuloq makoni, Zirabuloq, Xo’jamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat g’ori, Ko’lbuloq makoni, Xo’jakent makoni, Paltov), Farg’ona vodiysi (Qal’acha makonlari, So’x daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da muste madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Muste davrining texnologik kashfiyotlarini xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, ibtidoiy tosh qurollardan disksimon va biryuzali rutushlangan kremniy, slanets, kvartsit va obsidiaat kashf qilingan. Bu davrga kelib nekleus kurakcha, o’tkir tig’li qirgich va pichoqlar keng muomilada bo’ladi. Muste davri ibtidoiy odamlari endilikda yog’och va suyaklarga ishlov berib ulardan qurol sifatida foydalana boshlashadi.
So’ngi paleolit davri kishilik jamiyatining muhim bosqichlardan biri bo’lib, mil. avv. 40G’35 – 12 ming yilliklar bilan davrlashtiriladi. Arxeologiya fanida bu davrni uchta Orinyak, Solyutre va Madlen kabi madaniyatlarga ajratiladi. Bu uch madaniyatning bir-biridan farqi tosh qurollarning ishlanish texnologiyasi va boshqa kashfiyotlarning paydo bo’lishi bilan farqlanadi. Masalan, Orinyak madaniyati yoki davrida (Frantsiyadagi (Yuqori Garonna departamenti) Orinyak (Aurignac) g’ori nomidan olingan) tasviriy san’atning eng qadimgi turi haykaltaroshlik paydo bo’lgan. Orinyak madaniyatining ilk davrida yorma texnika takomillashgan. Madlen madaniyati davriga (mil. av. taxm. 15—8 mingyilliklar, Frantsiyadagi La-Madlen (La Madeleine) g’ori nomi bilan atalgan) tosh keskichlar, suyak va shoxdan yasalgan mehnat qurollari, g’or devorlariga solingan suratlar, suyak o’ymakorligi va boshqalar paydo bo’ladi.
Umuman bu davrda zamonaviy qiyofadagi odamlar-homa sapiens sapiens, ya’ni kramanon turidagi odamlarning shakllanishi bilan antropogonez jarayoni nihoyasiga etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi bunday muhim o’zgarish ularning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi dastlabki tub burilish davrining boshlanishi hisoblanardi.
Ongli odamning paydo bo’lishi jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim o’zgarish va yangiliklarning sodir bo’lishi bilan davom etadi. Moddiy madaniyat o’zgarishlaridan toshga ishlov berishning prizma texnikasi paydo bo’ladi. Prizma shaklli nukleuslardan yupqa va uzunroq
tosh bo’laklarini (plastinka) ko’chirib olish qulay bo’lib, ilgargiga tosh qurollarga nisbatan tig’i o’tkir va ixcham tosh qurollarini yasash imkoniyatini yaratadi. Prizmasimon nukleuslardan sindirib olingan tosh bo’laklarga ko’pincha ikkilamchi ishlov berish-retushlashga zarurat qolmaydi.
So’ngi paleolitda mehnat qurollardan tosh bolta va teshalar ham ixtiro qilindi.Tosh bolta va teshalar asosan daryo toshlaridan yasalib, ularga taxtadan dastalar yasashgan. Bu davrning ixtiro qilingan muhim ov qurollardan biri nayzadir. Nayzalar o’tkir tig’ga ega bo’lib, uzun novda cho’piga biriktirilgan. Bu nayzalar ov jarayonida o’ta qulay bo’lgan.
Tosh boltalar
G’
Tesha
Nayza uchi
So’ngi paleolit davrining so’ngiga kelib Ibtidoiy kishilarning sun’iy uy-joylarni qurish amaliyotini o’zlashtirdi. Natijada ularning yashash sharoitlari yaxshilanib bordi. Ibtidoiy kishilar endi faqat tog’ va tog’ oldi hududlarida yashab qolmasdan keng vodiylar bo’ylab tarqala boshladi. Albatta, dastlabki uy-joylar chayla shakllarda qurilib, ularning qoldiqlari bugungi kungacha yoetib kelmagan.
G’
Dastlabki ibtidoiy uy-joylar rekonstruktsiyasi
So’ngi paleolit davrining yana bir ixtirolaridan biri ibtidoiy san’atning tasviriy san’at turining kashf qilinganini ular yashagan g’or makonlarda o’z isbotini topgan. Bunday g’or makonlarga Frantsiyadagi Lasko g’orini misol qilish mumkin.
G’
Ibtidoiy tasvir
Do'stlaringiz bilan baham: |