24
"Jome’ ut-tavorix"ning ayniqsa turk-mug‘ul xalqlari tarixini o‘z ichiga
olgan qismi O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda katta axamiyatga ega.
XIII asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy xayotga bag‘ishlangan boblari
xam g‘oyat qimmatli ma’lumotlarga boydir. Rashiduddinning bu asari
ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Bu asar XV asrdayok o‘zbek
tiliga tarjima qilingan.
Mug‘ullar davlati tarixi xamda mug‘ul istilosi davri Mirzo Ulug‘bekning
"Turt ulus tarixi" nomli asarida xam o‘z aksini topgan. Bu asar kompilyativ
asar bo‘lib, asosan Rashiduddin, Juvayniy va boshqa mualliflarning asarlariga
tayanadi.
XV asrda yaratilgan tarixiy asarlarning katta bir guruxi
Amir Temur va
Temuriylar davlati tarixiga bag‘ishlangan. Bunday asarlar qatoriga Nizomuddin
SHomiy, Muiniddin Natanzii, Xofizi Abru, SHarafuddin Ali YAzdiy,
Abdurazzoq Samarqandiy, Axmad ibn Arabshox. Mirxond, Xondamir singari
tarixchilar asarlarini kiritish mumkin.
Asli Tabriz shaxridan bo‘lgan Nizoimuddin SHomiy 1391 yilda Amir
Temur Bag‘dodni olganida shu erda bo‘lgan va Temur xizmatiga qabul
qilingan. Nizomuddin 1404 yilgacha Temur bilan birga bo‘lib, uning xarbiy
yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402 yilda Temur unga
o‘zining
tarixini aniq va sodda tilda yozishni buyurgan. SHomiy bu asarni
1402-1404 yillarda yozib tamomlagan. Asar Temurning xokimiyatga kelishidan
(1370) to 1404 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga olgan. '"Zafarnoma"
deb atalgan 6u kitobda Temurning shaxsi bir muncha ideallashtirilgan. Asar
XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixni
o‘rganishda muxim va ishonarli manbalardan biri xisoblanadi. Asarni yozishda
muallif Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yozilgan "Tarixi xo niy" nomli
she’riy kitobdan, boshqa original manbalardan foydalangan. Nizomiddin
SHomiyning bu asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilingan.
Temur va Temuriylar davri tarixiga oid ma’lumotlar Xofizi Abruning
"Majmuai Xofizi abru" va "Zubdat ut-tavorix" nomli asar-larida keltiriladi.
Xofizi Abruning birinchi asarida uning Rashiduddin va Nizomuddin SHomiy
asarlariga yozgan seyllari (ilovalari) e’tiborga loyiqdir.
XV asrning yirik tarixchilaridan biri SHarafuddin ali YAzdiy xam
Amir Temurning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Zafarnoma" nomli asari
bilan shuxrat qozongan. Bu asar Nizomuddin SHomiyning "Zafarnoma"si
asosida yuksak badiiy maxorat bilan yozilgan. SHarafuddin Nizomuddin
asarida bayon qilingan voqealarni yangi manbalar asosida to‘ldirilgan,
ba’zilariga aniqlik kiritadi. Uni yangi fakt va dalillar bilan boyitadi.
SHarafuddinning
"Zafarnoma"sida
Temurning
shaxsi
nixoyatda
yuksaltirilgan. SHunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-
karshiliklar va ziddiyatlar bir muncha xaqqoniy va to‘g‘ri tasvirlangan. Asarning
dastlabki qismi «Mukaddimayi Zafarnoma» deb ataladi. Unda Temurgacha bo‘lgan
davrda Mug‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar tarixi aks ettirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: