M AYM UN BILAN NAJJOR
Bor edi K ashm ir novahida tog ‘,
Bog‘i Eram rashkidan ko‘ksida dog‘.
A nda im oratg‘a yarogMig1 yag‘och,
Eni — quloch, b o ‘yi — o ‘n ikki quloch.
Bor edi ko‘p n e’m ati alvonlari,
X urram -u m a ’m ur edi hayvonlari.
Z u lf kabi sunbul xushbo‘ylari,
Rohatijon edi oqar suvlari.
Uydan ulug‘roq edi bir gulbune,
Anda vatan tutm ish edi m aym une.
Jon sotib o ‘zni uyin etardi tan,
0 ‘q ur
edi qissai „H ubbul
vatan“ .
Yer edi ko‘ngli tilagan mevasin,
Boshlar edi odam iylik shevasin.
Bir kuni najjori xiradm andi fard,
Ko‘ngli yog‘och yo^qligidin qildi dard.
Eliga nav kisalarin m istardi,
Rasm
edi najjor yag‘och
istari.
Bordi o ‘shal tog‘ga — m avquf edi,
Ezgu yag‘ochlar anga m a’ru f edi.
Shahrni zindonidin ozod o ‘lub,
Tog‘ni Shirinig'a Farhod o ‘lub.
Sonur
edi o ‘zini tog‘ Xisravi,
Tog‘ni o ‘qub Dehlaviyi m a ’naviy.
Borib anga kesti
yog‘och keshasin,
Q o ‘ydi o ‘shal yerda unutub teshasin.
0 ‘zga to g‘ga borib yana kesti yag‘och,
Bolta birla bir uchini yordi ul,
Pona q o ‘yub tesha sori bordi ul.
Tushti banogoh anga m aym un kolzi,
O qil-u dono sonub ul dam o ‘zi
Aydi: „U lus ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshini kessang nasbdur.
Kisayi purzar em ish elga hunar,
B ehunar elni dedilar: „ G o ‘shi xar“ .
M en dahi najjorlikni o ‘rganay,
Bolalorim barchasiga o ‘rgatay“ .
Jahd qilib turdi ravon borg‘oli,
Y a’ni yog‘och qolm ishlarin yorg‘oli.
M indi yag‘och ustig‘a najjordek,
Kosibi purgundan purkordek.
Ketti h unar shavqi bila g‘ussasi,
Tushti yag‘och ayrisig‘a dumchasi.
Bil, keynidin b o ‘ldi tutulm oqlig‘i,
M um kin em as o ‘ldi qutulm oqlig‘i.
O dam ini jinsida yo‘q qissasi,
Qoldi aning dum chasining hissasi.
Nasriy bayoni:
K ashm ir atrofida bir tog6 bor edi. U ning go‘zalligiga Eram
bog‘i rashk qilardi. U tog6da b o ‘yi o ‘n ikki va eni bir qulochlik
im oratbop yog6ochlar va xilma-xil n o z-n e’m atlar b or edi. U
yerning hayvonlari ham dorilam on yashardilar. U yerning
x u sh b o ‘y sunbullari g o ‘zallar zulfidek, o q ar suvlari ham
jon ning rohati edi.
Tog6da uydan kattaroq g‘ovlab ketgan bir gul tupi b o 6lib,
u yerda bir m aym un yashardi. Jon kuydirib, o ‘z uy-joyi
payidan b o ‘lar va tinm ay „Sevikli vatan66 q o ‘shig6ini aytardi.
U ko6ngli tilagan mevalarni yer va odam lar qiladigan ishlar
payidan b o la rd i.
Bir kuni fahm -farosatda yagona duradgor yog6och yo6qli-
gidan ko‘ngli g‘ash tortib, q o ‘liga naqsh chizadigan yangi
chizg6ichini oldi. Yog6och izlab topish uning odati edi.
D u radg or o 6ziga ilgaridan tanish b o 6lgan, am m o kesishi
keyinroqqa m o 6ljallangan yaxshi daraxtlari bo6lgan o 6sha tog 6ga
bordi. U shahar zindonidan qutulib, to g6 Shiriniga Farhod
b o lib , o ‘zini tog 6 shohi, tog‘ni esa ustoz Dehlaviy hisoblab
89
jo ‘nadi. Yetib borib, yog‘och ildizini kesdi va o ‘sha yerda o ‘z
teshasini unutib qoldirdi. Boshqa tog ‘ga borib yana yog‘och
kesdi va uni yorish gali kelganida, bolta bilan bir uchini yorib
pona q o lydi-da, teshani olib kelgani ketdi.
T o ‘satdan bunga m aym unning ko‘zi tushib qoldi. U o ‘zini
aqlli va dono hisoblab: „Xalq orasida bu ham bir kasb. Kasbdan
voz kechsang, haqorat eshitasan. H u nar — elning tilla to ‘la
c h o ‘ntagi em ish. H unarsiz kishilarni „E shakning qu log‘i“
deydilar. M en ham duradgorlikni oYganay va barcha bolalarimga
ham o ‘rgatam an“ , dedi.
U g‘ayrat bilan o lrnidan turdi va yog‘ochning qolganini
yorish uchun yoriq yog‘och boshiga yetdi. U duradgordek
yog‘ochning ustiga m indi. U ning vajohati ko‘p ish ko‘rgan
ustaga o ‘xshardi. H unar ishtiyoqi bilan ko‘ngli yozilib, yog‘och
yorig‘iga dum i tushib qolganini sezmadi. Ponani tortgani bilan,
o ‘z quyrug‘idan tutilgani uchun aslo qutila olm adi. O dam zod
orasida bunaqa hodisa b o ‘lm agan edi: m aym unning bir parcha
dum i yog‘och ayrisida uzilib qoldi.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |