Magnetizm va elektromagnetizm.
Po‗lat va cho‗yan predmetlarni o‗ziga tortadigan
bir bo‗lak temir rudasi
tabiiy magnit
deyiladi. Magnit ta‘sirida po‗lat va cho‗yan
predmetlar ham magnitlanadi.
Magnit ta‘sirlanayotgan uglerod po‗lat magnit ta‘siri to‗xtagandan keyin ham
magnitlik xossasini saqlaydi. Bunday magnit
sun’iy magnit
deyiladi.
Magnit ta‘siri narsalarga bevosita tekkizilgandagina namoyon bo‗lmasdan, balki
biroz uzoqda turganda ham ta‘sir etadi. Bu esa uning atrofida magnit maydoni
borligini bildiradi. Har bir magnitning ikkita — shimoliy va janubiy qutbi bor. Ikki
magnitning bir xil qutbi bir – biridan uzoqlashadi, har xil qutblari bir – birini
tortadi. Magnit maydoni shimoliy qutbdan janubiy qutbga qarab yo‗naltirilgan
kuch chiziqlaridan iborat.
O‗tkazgichdan tok o‗tayotganda uning atrofida magnit maydoni hosil bo‗ladi.
To‗g‗ri o‗tkazgich atrofidagi magnit maydoni aylana bo‗yicha joylashadi. Spiral
ko‗rinishda o‗ralgan o‗tkaz gichdan o‗tadigan tok shimoliy va janubiy qutblarga
ega bo‗lgan umumiy magnit maydonini hosil qiladi. Yumshoq po‗latdan yasalgan
o‗zak spiral ichiga kirgizilsa, magnit xossasiga ega bo‗lgan elektromagnit hosil
bo‗ladi. Elektromagnit magnit maydonining kattaligi chulg‗am o‗ramlarining
soniga va u orqali o‗tayotgan tok kattaligiga bog‗liq.
Elektromagnitlar teplovozlargao‗rnatiladigan ko‗p asboblarda (bosh generator,
tortuv motorlari, ikki mashina agregati, havo ventilatori va boshqalarda)
qo‗llaniladi.
Magnitning ikkita qutbi (tok o‗tayotgan g‗altak yoki elektromagnit qutblari)
orasidan magnit kuch chiziqlari o‗tadi.
Yuqorida aytib o‗tilganidek, tok o‗tayotgan o‗tkazgich atrofida magnit maydoni
hosil bo‗lib, uning kuch chiziqlari konsentrik aylanalar ko‗rinishida joylashadi.
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish elektr magnit induksiyasi
hodisasiga asoslangan. Elektomagnit induksiyasi shundan iboratki, magnit
maydonini o‗tkazgich kesib o‗tgan paytda o‗tkazgichda elektr yurituvchi kuch
induksiyalanadi (hosil bo‗ladi). Zanjir yopiq bo‗lsa, bu kuch elektr tokini hosil
qiladi. Induksiyalangan elektr yurituvchi kuchning kattaligi o‗tkazgichning magnit
maydonini kesib o‗tish tezligiga, magnit maydonining zichligiga, o‗tkazgichning
uzunligi va magnit kuch chiziqlari qanday burchak ostida kesib o‗tilishiga bog‗liq.
Ikkita kuch orasidagi magnit maydoniga halqa ko‗rinishidagi o‗tkazgichni
joylashtirib, u aylantirilsa, o‗tkazgichda elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi.
Elektr toki generatorining ishlashi shu jarayonga asoslangan.
O‗zaro induksiya hodisasi asosida ikkita chulg‗amli g‗altakda elektr yurituvchi
kuch hosil etish mumkin. Chulg‗amning biri (birlamchisi) orqali tok o‗tganda
uning atrofida ikkinchi (ikkilamchi) chulg‗am o‗ramlariga tarqaladigan magnit
maydoni hosil bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: