e)Ќishloq xo‘jalik korxonalarida to‘lanadigan yagona er solig‘ini tekshirish. Auditor yagona er solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishi uchun soliqning mohiyatini va uni tartibga soluvchi me’yoriy bazani bilishi zarur.
YAgona er solig‘i erdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan.
Ќishloq xujalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki ijaraga olingan er maydonlari soliq ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Ќishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar yagona er solig‘ining to‘lovchilaridir.
O‘rmon, baliq va ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklari, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yordamchi qishloq xo‘jaligi hamda «Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi qonunda ko‘zda tutilgan soliqqa tortish shartlari saqlab qolingan dehqon xo‘jaliklari yagona er solig‘i to‘lamaydi.
YAgona er solig‘i O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktyabrida qabul qilingan «Ќishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig‘ini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga asosan joriy qilingan. YAgona er solig‘ining to‘lovchilari bo‘lgan, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shu soliq bo‘yicha davlat byudjeti bilan hisoblashish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi 1999 yilning 22 yanvarida 609- tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Ќishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilangan. YAgona er solig‘i soliqqa tortiladigan er maydoni, baza stavkalari va tuzatish koeffitsentlariga asosan soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil ravishda hisoblanadi.
Soliqqa tortish maqsadida erlar sug‘oriladigan erlar, lalmikor erlar , o‘tloq va yaylovlar, jamoat binolari va xonadonlar bilan band bo‘lgan erlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan erlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlarga bo‘linadi. ²ar bir er guruhi bo‘yicha tegishli baza stavkalari va tuzatish koeffitsentlari qo‘llaniladi.
Sug‘oriladigan erlar bo‘yicha bali «0» don 10 gacha bo‘lgan birinchi sinfga kiradigan erning 1 gektari uchun absolyut summada belgilangan soliq stavkasi baza stavkasiga qabul qilingan. Baza stavkalari tuman va shaharlar bo‘yicha belgilangan. Er maydonlarining qaerda joylashganligiga, sifati (ball-boniteti) va suv bilan ta’minlanganligiga qarab baza stavkalari tegishli tuzatish koeffitsientlariga asosan o‘zgartiriladi.
Lalmikor erlar hamda o‘tloq va yaylovlar uchun viloyatlar bo‘yicha belgilangan baza stavkalari qo‘llaniladi.
Jamoat binolari va xanodonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan erlar hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlar bo‘yicha tegishli tuman va shaharlarning sug‘riladigan erlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga qabul qilingan.
Ќishloq xo‘jaligi uchun belgilangan erlarning maydoni er tuzish xizmati tomonidan olib boriladigan erlarni hisobga olish va erlar inventarizatsiyasining ma’lumotlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlari va er maydonlarini o‘lchash ma’lumotlari hamda maxsus loyihalash va qidiruv tashkilotlari olib borgan tekshirish ma’lumotlari balan tasdiqlanishi kerak.
Auditor qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilar soliqni hisoblash varaqasini soliq inspeksiyasiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim qiliganligini, shuningdek, soliq yilda ikki marta, ya’ni yillik soliqning 30 % dan kam bo‘lmagan qismi 1 iyulgacha, qolgan qismi 1 dekabrgacha to‘langanligini aniqlashi lozim.
YAgona er solig‘ining hisoblangan summasi davr xarajatiga olib boriladi. Byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitob 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik (turlari bo‘yicha)» hisob schetining «YAgona er solig‘i» analitik schyotida olib boriladi. ²isoblangan soliqning summasi shu schyotning kreditidan 9439-«Boshqa operatsion xarajatlar» schetining debetiga olib boriladi.
- YAgona er solig‘ining to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq soliqning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javogardirlar .