II bob bo’yicha xulosa
Ushbu bobda “Multimedia injiniringi” fani bo’yicha elektron o’quv qo’llanma yaratishning barcha nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va quyidagi natijalar olindi:
“Multimedia injiniringi” fanidan elektron o’quv qo’llanmanining tuzilishi ishlab chiqildi;
“Multimedia injiniringi” fanidan elektron o’quv qo’llanma yaratildi;
elektron o’quv qo’llanmadan foydalanish uchun ko’rsatmalar ishlab chiqildi;
III BOB. НAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
Ekologik monitoring
Inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta`siri (antropogen omil) borgan sari kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to`plangan ma`lumotlar tabiiy atrof-muhitda yuz berayotgan o`zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi.
Aslida "monitoring" atamasi inglizcha so`z bo`lib, u "kuzatish", "nazorat qilish" ma`nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning lug’aviy ma`nosi juda keng miqyosda qo`llanila boshlandi. hozirgi vaqtda "monitoring'" deganda, "atrof-muhitni kuzatish", "nazorat qilish", "uning holatini boshqarish", va "tabiiy muhit holatini bashorat qilish" tushuniladi.
Respublikamizda tabiiy muhit monitoringi vazifalarini O`zbekiston Respublikasi gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Soqliqni saqlash vazirligi va shunga o`xshagan davlat muassasalari bajaradi.
Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, yer usti suvlarining ifdoslanishi 94 ob`ektlardagi 187 nuqtalarda ma`lum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalarning tarkibi (fenol va uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik moddalar, og’ir metallar, neft mahsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda taxlildan o`tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv ob`ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yoki yog’inlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stantsiyalarda o`rganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kaliy, magniy, natriy. kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi) maxsus tajriba xonalarda aniqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati rivojlangan shaharlarda 26 ta modda bo`yicha tekshiriladi. havoning ifloslanishi esa, 34
shaharning 65 ta turg’un punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan havodan olingan namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyalari o`lchanadi. Yoki sug’oriladigan yerlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1 oktyabrda) aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda ma`lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda yer osti suvlarining chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Baholarda zovur suvlarining minerallashuvi va ifloslanish darajasi ham ma`lum joylarda muntazam ravishda o`rganiladi.
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, o`zgarishi va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar xar yili muayyan dasturlar asosida respublika bo`yicha yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Ekologik monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy o`zgarishlarini va turli kasalliklarning yillar davomida o`zgarishini tahlil qilish uchun darkor. Xususan qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy ahamiyati beqiyos kattadir.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda 9 ta qo`riqxona mavjud bo`lib, shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako`l, Qizilqum va Vardonze qo`riqxonalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |