«Turizm
sohasini
jadal
rivojlantirishni ta‘minlash chora tadbirlari to‗g‗risida
»gi
Farmoni bevosita sohani kompleks rivojlantirishning yangi
bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Vaholanki, hududlarda
turizm imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi
sababli iqtisodiyotdagi ulushi past darajada ekanligi ma‘lumdir.
Qolaversa
tumanlar
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
istiqbol
dasturlarida turizmni bosqichma bosqich rivojlantirish konsepsiyasi
mukammal ishlab chiqilmagan. Binobarin, kichik hududlar
darajasida turizmni majmuali tadqiq etish orqaligina sohani
iqtisodiyotning muhim bug‗iniga aylantirish imkoniga ega bo‗lish
mumkin.
Ma‘lumki, yurtimizda 7000 dan ortiq tarixiy qadamjolar,
me‘moriy-arxitektura yodgorliklari mavjud. Ammo hududlarda
milliy va xalqaro turizmni rivojlantirishning istiqbolli modeli
yaratilmagan. Birgina Samarqand viloyati hududida 1105 ta
arxeologik, 60270 ta me‘moriy, 37 ta diqqatga sazovor joylar, 18 ta
monumental, 21 memorial, jami 1851 ta moddiy-ma‘naviy meros
ob‘ektlari mavjud. Bu ob‘ektlardan turizm maqsadida samarali
foydalanilmayapti.
Chunki,
ob‘ektlarda
infratuzilma
shakllanmaganligi va boshqa sabablarga ko‗ra turizm maqsadida
ishlatilmayapti. Ko‗pgina tabiat yodgorliklari inson xo‗jalik
faoliyatida foydalanish uchun em xashak yig‗iladigan, mol
boqiladigan, tomorqa erlari sifatida e‘tibordan chetda qolib ketgan.
Masalan,
tabiatning
noyob
yodgorliklari
hisoblangan
Omonqo‗tondagi Lev g‗ori atroflari odam borib bo‗lmaydigan
darajada panjaralar bilan bekitilib, yaylov va qishloq xo‗jaligida
foydalanadigan erlarga aylantirilgan.
Tabiatning noyob yodgorliklaridan turizmda keng foydalanish
katta samara beradi. Binobarin, inson bu tabiat bilan chambarchas
bog‗liq mavjudot bo‗lib, hamma vaqt uning sir sinoatlari odamni
o‗ziga ohangrabodek tortib keladi. SHuning uchun bo‗lsa kerak,
164
inson tabiat qo‗ynidagi sodir bo‗lgan va vujudga kelgan xodisa va
jarayonlarni o‗rganishga qiziqishi tabiiy xoldir. Tabiat bilan jamiyat
o‗rtasidagi munosabatlar jiddiy tus olgan bir davrda undan oqilona
foydalanishning eng samarali yo‗li turizm sohasidir. Evropa
davlatlarida noyob yodgorliklardan turizm maqsadida keng
foydalanib kelmoqda.
Tabiatning noyob yodgorliklari atamasini birinchi bo‗lib fanga
mashhur nemis sayyohi, geograf va tabiatshunos olim Aleksandr
Gumboldt 19-asrda kiritgan. Tabiat tomonidan yaratilgan barcha
obektlarni ham tabiatning noyob yodgorliklari deb bo‗lmaydi.
Tabiatning noyob yodgorliklariga, odatda, kishini o‗ziga jalb
qiluvchi, ichki va tashqi tabiiy kuchlar yoki insonning muhandislik
faoliyati ta‘sirida yo‗qolib ketishi mumkin bo‗lgan, o‗tgan geologik
davrlarda vujudga kelgan tog‗ jinslarining emirilishi natijasida
ochilib qolgan qoya va kesmalarning er yuzasiga chiqib qolishi,
qadimgi o‗simlik va hayvonlarning toshqotgan qoldiqlari, izlari,
manzarali sharsharalar, g‗orlar va ular ichidagi ajoyib hosilalar,
ko‗llar, daryolar va boshqalar kiradi. Noyob tabiat yodgorliklarining
muhim xususiyatlaridan biri ularning ilmiy, nafosat va geologik
tarixiy
ahamiyatga
egaligidir.
Ko‗pchilik
noyob
tabiat
yodgorliklarining vujudga kelishida tabiiy omillar (geomorfologik,
arxeologik) bilan bir qatorda boshqa omillar ham qatnashadi.
Yodgorliklarning vujudga kelishida mazkur omillar bir-biri bilan
chambarchas bog‗liqdir. Bunga misol qilib O‗zbekiston va boshqa
hududlarda uchraydigan geologik, geomorfologik, arxeologik
yodgorliklari ko‗rsatish mumkin. Toshkent viloyati Xo‗jakent
qishlog‗i yonidagi ohaktoshlardan tashkil topgan qoyalar ham
geologik hamda geomorfologik yodgorliklar bo‗lib, bu erlarda
qadimiy ajdodlarimiz qurol yasagan ustaxonasi va g‗or devorlariga
chizib ketgan rasmlar saqlangan. Shuningdek, bunday yodgorliklar
guruhiga
O‗zbekiston
janubidagi
Ko‗hitang
tizmasidagi
ohaktoshlarda hosil bo‗lgan Zarautsoy g‗orida ibtidoiy odamlar
tomonidan tabiiy bo‗yoq bilan 20-30 ming yillar ilgari chizilgan bir
qancha hayvonlar, hasharotlar va ov manzaralarini aks ettiruvchi
rasmlar ham misol bo‗la oladi.
165
Suv, shamol va quyosh ta‘sirida tabiatda uchraydigan noyob
manzaralar kishini o‗ziga tortadi va bu yaratilgan tabiat
yodgorliklari turistlarni xayratga solmasdan ko‗ymaydi. Binobarin,
san‘at muzeylarida saqlanayotgan durdona rasmlarni zavq-shavq
bilan tomosha qilinadi, ularni yaratgan rassomlarning mahoratiga
qoil qolinadi. Chunonchi, tabiat ham o‗z holicha ―qudratli
rassom‖dir. Uning uzoq geologik yillar davomida tog‗ cho‗qqilari,
go‗zal vodiylar, chuqur daralar, ulkan sharsharalar, g‗orlar,
qoyatoshlar, qaynoq buloqlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Tabiatning o‗ziga xos bu tuhfalarini tomosha qilish turistlarni
hamma vaqt o‗ziga tortadi.
Masalan, Bolqon yarim orolidagi bir g‗oring ichidan oquvchi
daryoda 6 ta sharshara, Shimoliy Amerikadagi Mamont g‗orining
ichidan oqib o‗tadigan 3 ta daryoning 8 ta sharsharasi bor.
Fransiyadagi Bkije nomli g‗or ichidagi daryo hosil qilgan
sharsharaning balandligi 30 m dan ziyod. Vaholanki, bunday ajoyib
g‗orlar yurtimizda ko‗plab uchraydi. Jumladan Qirqtov platosidagi
varonkasimon g‗orlar, Kelsi g‗ori, Lev g‗ori, Amir Temur g‗ori
kabilar speloturizmdagi ahamiyati nihoyatda kattadir.
Yurtimiz hududlarida minglab mo‗jizaviy va g‗ayratomuz
maskanlar mavjud. Ammo ular xalqaro turizm maqsadlarida
foydalanilmayapti. Masalan, Misring Giarfeh vodiysida, Saksoniya
Shveysariyasida shamol kuchi bilan vujudga kelgan tosh darvoza va
qo‗ziqorinsimon toshlar, Shimoliy Amerikadagi Kolorado vodiysida
―Xudolar bog‗i‖ deb atalgan joyda tog‗ jinslaridan xilma xil shakllar
paydo bo‗lgan, bulardan eng g‗aroyibi tebranuvchi xarsangtoshdir.
Shamollar ta‘sirida qimirlaydigan Argentinadagi Tandil toshi
turistlarning
eng
gavjum
maskanlaridir.
Yurtimizda
ham
Sangijumon toshi o‗zining g‗aroyibligi bilan ulardan qolishmaydi.
Turkiston va Morguzar tog‗lari tutashgan xushmanzara joyda Zomin
tog‗-o‗rmon davlat qo‗riqxonasi joylashgan. Qo‗riqxonada yilning
barcha fasllarida, yoz-u qishda, o‗zining yam-yashil libosi bilan
atrofdagi hududdan ajralib turuvchi archazorlar o‗sadi. Go‗yoki
tabiat o‗zining bor go‗zalligini shu erga in‘om etganday.
Archazorlar orasidagi yolg‗iz so‗qmoqdan borar ekansiz, ko‗z
oldingizda ajoyib manzara namoyon bo‗ladi, ya‘ni, xalq orasida
166
―Qirqqiz qal‘asi‖, ―Savat ko‗targan kelinlar‖, ―Kuyovtosh‖, ―Qirq
go‗zal‖ nomlari bilan ma‘lum bo‗lgan tabiat yodgorliklariga duch
kelasiz. Ushbu tabiat yodgorliklari vujudga kelgan hudud Guralash
va Zomin massivlari (dengiz sathidan 2000-3200 m balandlikda)
deb atalib, Zomin va Sangzor daryolari vodiylarida joylashgan.
Qizilto‗rg‗ay daryosining o‗ng tomonida, uning o‗zanidan 300-700
m balandlikda joylashgan va tabiatning nodir yodgorliklaridan
hisoblangan ―Qirqqiz qal‘asi‖ (maydoni 3-4 gektar) bu yerda
alohida o‗rin egallaydi. Qal‘aning janubi-sharqida qiz tasviri haykal
sifatida (balandligi 12 m, belining diametri 1 m, yerga tegib turgan
etagining diametri 2 m ga yaqin) ko‗tarilgan.
Molguzar tog‗ining noyob tabiat yodgorliklaridan biri
―Kuyovtosh‖ deb ataladi. U Guralash soyining quyi oqimida, dengiz
sathidan 1000-1900 m balandlikda joylashgan. Bu yerdagi past va
o‗rtacha balandlikdagi tog‗lar, adirlar, keng daryo vodiylari va
go‗zal vohalar birlashib, chiroyli manzana hosil qiladi. Vodiylarda
keng (200-800 m) terrasalar vujudga kelgan. Geologik tuzilishiga
ko‗ra hudud, asosan, to‗rtlamchi davrning yumshoq g‗ovak va uzoq
tog‗ jinslaridan tashkil topgan. Daryolar o‗zanlarida qum aralash
shag‗al toshlar bilan biriga sellar ishi natijasida keltirilgan
xarsangtoshlar ham uchraydi. Biroq qattiq tog‗ jinslari (ohaktoshlar,
dolomitlar, marmarlar) ko‗p tarqalmagan. ―Kuyovtosh‖ ustunsimon
shaklga ega va Guralash soyining o‗ng qirg‗og‗idagi ikkinchi
terrasasida, Qorashaqshaq qishlog‗idan 4-5 km sharqda hosil
bo‗lgan. Uning balandligi va diametri 10 m lar chamasida.
―Kuyovtosh‖ joylashgan hududning iqlimi yumshoq, yillik
yog‗ingarchilik miqdori 400-500 mm, o‗rtacha yillik hanonat 10-11
daraja. Yoz oylari salqin. Buloqlar ko‗p.
Jizzax viioyatining Shimoliy Nurota tog‗ tizmasidagi
Qo‗ytosh tog‗i ham (eng baland joyi To‗ng‗izlitov, 1905 m)
O‗zbekistondagi afsonaviy joylardan biri. Bu yerdagi xarsangtoshlar
uyumiga uzoqdan nazar tashlansa, ular yoyilib yuigan qo‗y
podalarini eslatadi.
Tabiat yodgorliklari sirasiga noyob qoyalarni ham kiritish
mumkin. Toshkent viloyatining Xo‗jakent qishlog‗i hududida,
Chirchiq daryosining chap qirg‗og‗ida joylashgan qoyaning chiroyli
167
manzarasi uzoqlardan ko‗zga tashlanadi. Qoya toshko‗mir davri
(taxminan 290 - 350 min yil aval) ohaktoshlaridan tashkil topgan va
yangi tektonik harakatlar natijasida er yuzasiga chiqib qolgan. Karst
jarayonlari rivojlanishi natijasida bu yerda turli kattalikdagi 20 dan
ortiq g‗or paydo bo‗lgan. G‗orlaming birida tosh davrida yashagan
ibtidoiy odamlar manzilgohi topilgan. Ushbu g‗or devorlarida ular
tomonidan o‗yib ishlangan rasmlar saqlanib qolgan. Ajoyib
manzarali noyob qoyalardan yana bin Jizzax viloyati hududida
Sangzor daryosining o‗rta oqimida qad ko‗targan ―Temur
darvozasi‖dagi qoyadir. U ham toshko‗mir davrida ohaktoshlardan
shakllangan. Qoyaning nihoyatda ajoyib va sirli manzarasi bu
yerdan o‗tayotgan har bir yo‗lovchining e‘tiborini o‗ziga tortadi.
Geograf M.A.Hoshimovning ta‘kidlashicha ―Temur darvozasi‖
qadimdan ma‘lum bo‗lgan. U haqda qadimgi yunon olimi
Arrianning
yozishicha,
Iskandar
Maqduniy
(Zulqarnayn)
Sug‗diyona poytaxti Marokandani bosib olgandan so‗ng, Tanais
(hozirgi Sirdaryo) tomon yurish qilgan. Bu yurishda Iskandarning
30 mingdan ziyod lashkari ushbu darvoza orqali o‗tgan. Chunki, bu
joy sharqqa borish uchun juda qulay bo‗lgan.
O‗rta Osiyoning tekislik qismida uchraydigan tog‗lar
(Qoratov, Nuratog‗, Qoratepa) 500 - 600 m dan 1000 - 1200 m
gacha, Tyanshan tog‗larida 2000 - 2500 m dan 4000 m gacha, Pomir
tog‗larida esa 4000 - 4600 m gacha ko‗tarilgan. Mahalliy aholi bu
ko‗tarilishlarga ―sandiqlar‖, ―sirtlar‖, ―supalar‖ deb nom qo‗ygan.
Ularning usti tekis yoki salgina to‗lqinsimon, yonbag‗irlari, asosan,
darasimon daryolar vodiysi bilan kesilgan bo‗lib, o‗zanidan tik
xarsangtosh
ko‗tarilgan. Daryolar bilan zich va chuqur kesilgan
O‗rta Osiyo tog‗lari sharoitida bunday tekislangan yuzalaming
mavjudligi, ulardan faqat yaylov sifatida foydalanilmoqda. Biroq bu
manzaralar sayyohlarni maroqli dam olishini ta‘minlaydigan
maskanga aylantirish mumkin. Shuningdek, Piskom tizmasining
janubi-sharqiy yonbag‗irlarida joylashgan bir qancha yuzalar ―katta
sandiq‖, ―kichik sandiq‖, ―bog‗ toi‖ nomlari bilan ataladi. Bunday
tekis joylar Jizzax viloyatida ham bor. Ularni B.Bahritdinov va
A.Saidovlar ―Molguzar supasi‖ deb atashgan. ―Supa‖ Molguzar
tog‗ining shimoli-sharqiy qismida, Zomin tog‗-o‗rmon qo‗riqxonasi
168
hududida joylashgan nihoyatda so‗lim va orombaxsh maskanlardan
biri. ―Supa‖ atrofidagi joylardan ancha baland (dengiz sathidan
balandligi 2000 -2500 m), yuzasi deyarli yassi, tekis bo‗lib, sharqiy
chegarasi Qashqasuv havzasi, g‗arbiy chegarasi Xatirchi dovonining
meridiani bo‗ylab o‗tadi. Karst jarayonlari ta‘sirida vujudga kelgan
voronkasimon botiqlar bor. Yuzasi ko‗plab soylar bilan kesilgan.
―Supa‖ning asosiy boyligi va go‗zalligi-uning geografik o‗rni,
iqlimi, o‗simlik va hayvonot dunyosidir. Hududida kamyob va nodir
hayvonlar (tog‗ echkisi, tog‗ qo‗yi, oq tirnoqli ayiq, ko‗plab sayroqi
va yirtqich qushlar) yashaydi. Bu erda dam olish uylari, davolash
muassasalari tashkil etilgan.
Janubiy Nurota tog‗larining shimoli-g‗arbiy qismidagi Oqtog‗
tizmasida (Samarqand va Navoiy viloyatlarida) ―Sangijumon‖,
ya‘ni, ―tebranuvchi tosh‖ deb nom olgan xarsangtosh bor.
Xarsangtoshning og‗irligi taxminan 225-235 tonna, aylanasi 19 m,
diametri 9 m, balandligi 6 m ga yaqin. ―Sangijumon‖ kabi
tebranuvchi xarsangtoshlar Zarafshoi tizmasining o‗rta qismida
borligi ma‘lum, shuningdek, ular yer kurrasining boshqa joylarida
(masalan, Argentinaning Buenos-Ayres shahriga yaqin joyida) ham
uchraydi.
Ko‗pchilik
bunday
maskanlar
turizmda
keng
foydalanmoqda.
Stalaktit, stalagmit va stalagnatlar yer sharidagi ko‗pchilik yer
osti g‗orlarida uchraydi. Ularning kattaligi, yoshi ham turlichadir.
Chexiyadagi ba‘zi bir yer osti qasrlari ichidagi stalagmitlar diametri
0,5 m, balandligi bir necha metr bo‗lib. ularning yoshi 1250 yildan
ziyodligi aniqlangan. AQSHdagi Karlsbad yer osti qasridagi
balandligi 18,9 m va diametri 4,9 m stalagmitning yoshi 60 min yil
ekanligi ma‘lum. Bu qasrda balandligi 21 m va diametri 5 m li,
yoshi ham katta stalagmit bor. Italiya va Fransiya chegarasidagi
Margare tog‗larida hosil bo‗lgan g‗orlardagi stalaktitlar balandligi
50-100 m ga etadi. Avstriyadagi Katerlax g‗orida 2000 dan ortiq
stalagmit bor. Ayrim yer osti qasrlari ichida havo harorati juda past
bo‗lib, tomayotgan suv tomchilari bug‗lanmay, muzga aylanadi.
M.Abdujabborov Zarafshon tog‗larida ana shunday muz g‗orini
topib, uni «Nuriddin» deb atagan. O‗rta Osiyoning issiq iqlimli
sharoitida muz g‗orlarining mavjud bo‗lishi kishini ajablantiradi.
169
Dengiz sathidan 2500 m balandlikda, qor chizig‗idan deyarli 1000
m pastda joylashgan bu g‗orning umumiy uzunligi 45 m ga etadi.
Yoz faslida ham g‗or ichida qor va muz saqlanib turadi. O‗rta
Osiyodagi yana bir muzli yer osti qasri Zarafshon vodiysining
yuqori qismida joylashgan Makshevat g‗oridir. Bu g‗or dengiz
sathidan 3000 m baland (Yer kurrasida eng balanda joylashgan
g‗orlardan). U murakkab tuzilishga ega bo‗lib, bir qancha yo‗lak va
zallardan iborat. Zallarning osti va devorlari muz bilan qoplangan.
G‗orni tekshirgan M. Hoshimovning fikricha, bu yerda muz paydo
bo‗lishining asosiy sababi uning dengiz sathidan balandda
joylashganligidir. Haqiqatan ham bu erda qish fasli uzoq davom
etadi, yog‗ingarchilikning asosiy qismi qor shaklida tushadi, g‗or
ichkarisida havo harorati doim past. Bu o‗ziga xos mikroiqlim g‗or
turizmini rivojlantirish uchun qulaydir. Umuman olganda tabiatning
bunday noyob yodgorliklaridan turizm maqsadlarida foydalanish
juda katta ahamiyatga egadir. Bizningcha, kelajakda bunday noyob
ob‘ektlarga ilmiy asoslangan reja asosida geografik va turistik
ekspeditsiyalar tashkil etish va turistik marshrutlar ishlab chiqish
kerak. Tabiatning nodir go‗shalari odatda insoniyatdan biroz xoliroq
xududda joylashganligi uchun ulardan foydalanishda ilmiy
yondoshgan xolda faqatgina turistik marshrutlar asosida turizmda
foydalanish zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa o‗rnida ta‘kidlash joizki, bizningcha tabiatning noyob
yodgorliklaridan turizm maqsadida foydalanish uchun quyidagi
masalalarga e‘tibor qaratish lozimdir:
- «O‗zbekistonda turizmning milliy modelini» ishlab chiqishda
tabiatning noyob yodgorliklaridan turizmda foydalanishning ilmiy
asoslarini ishlab chiqish;
- hududlardagi noyob yodgorliklar ruyxatini qayta ko‗rib
chiqish va guruhlashtirish hamda eng noyob va turizmda jozibador
bo‗lgan ob‘ektlarni turistik marshrutlarga qo‗shish;
-mamlakatimizda «eng noyob va eng antiqa tabiat yodgorligi»
nominatsiyasi bo‗yicha turistik aksiya o‗tkazish;
-tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbol rejalarini
ishlab chiqishda qishloq va ovullarda turizm salohiyatini tadqiq
etish masalasini inobatga olish va boshqalar.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |