II hol. Endi KAni Yer-Quyosh chizig‘i bo‘yicha Yerdan 1 500 000 km, Quyoshdan esa 148 100 000 km masofada turgan hol uchun ko‘raylik.
Dastlab KA Yer atrofida geosentrik trayektoriya bo‘ylab aylanganda, Quyosh beradigan chetlantiruvchi tezlanish kattaligini aniqlaylik. 117-rasmdan ko‘rinishicha, bunda KAning Yer ta’sirida oladigan tezlanishi 0,1772 · 10–6 km/s2 ni tashkil etadi. KAning Quyosh ta’sirida oladigan tezlanishi 6,051 · 10–6 km/s2 ga teng bo‘ladi. Endi Yerning Quyoshdan oladigan tezlanishi (5,930 · 10–6 km/s2)ga ko‘ra, Quyoshning chetlantiruvchi tezlanishi (6,051·10–6 – 5,930 · 10–6) km/s2 = 0,121 · 10–6 km/s2 ekanligi ma’lum bo‘lib, u KAning Yerdan oladigan 0,1772 · 10–6 km/s2 tezlanishining 68,3 % ini tashkil etadi.
Endi KA Quyosh atrofida geliosentrik trayektoriya bo‘ylab aylanyapti deb qarab, unga Yer beradigan chetlantiruvchi tezlanishlarni hisoblasak, u Yerning KAga beradigan 0,1772·10–6 km/s2 tezlanishidan Yerning Quyoshga beradigan tezlanishi (0,00001781·10–6 km/s2) ayirmasiga teng bo‘lib, u taxminan 0,1772·10–6 km/s2 bo‘ladi. Uni Quyoshning KAga beradigan 6,051·10–6 km/s2 tezlanishi bilan solishtirsak, Yerning kosmik apparatga beradigan chetlantiruvchi tezlanishi 0,1772·10–6 km/s2 bo‘lib, u Quyoshning KAni geliosentrik trayektoriya bo‘ylab harakatlantiruvchi tezlanishining (6,051·10–6 km/s2) atigi 3 % ini tashkil etishi ma’lum bo‘ladi. Binobarin, bunday masofada KA Yer atrofida geosentrik emas, balki Quyosh atrofida geliosentrik trayektoriya bo‘ylab harakatlanyapti deyish to‘g‘riroq bo‘lishini ma’lum qiladi (Yer berayotgan chetlantiruvchi tezlanishning juda kichikligi tufayli).
Shu xildagi trayektoriyaning hisob-kitobini fazoning barcha – Yer-Quyosh to‘g‘ri chizig‘ida yotmaydigan nuqtalari uchun ham (faqat bunda KAga Yer va Quyosh beradigan tezlanishlar vektorlarining farqi olinadi) bajarsak, I holda har bir nuqta KAni Yer atrofida geosentrik trayektoriya bo‘ylab harakatlanishining ma’qulligini ko‘rsatib, II holda fazoning barcha boshqa nuqtalarida yotib, KAni geliosentrik trayektoriya bo‘ylab, ya’ni markazi Quyosh bo‘lgan nuqta atrofida keplercha trayektoriya bo‘ylab aylanyapti, deb qarash ma’qulligini ko‘rsatadi. Bu nuqtalarning matematik tahlili ko‘rsatilgan soha chegarasi Yer atrofida yotuvchi sferaga yaqin bo‘lganidan, u soddalik uchun kosmodinamikada aniq sfera sifatida qabul qilinib, Yerning ta’sir sferasi deb yuritiladi. Yer ta’sir sferasining Quyoshga nisbatan radiusi 925 000 km, Oy ta’sir sferasining Yerga
nisbatan radiusi 66 000 km, Quyoshning galaktika markaziga nisbatan aniqlangan ta’sir sferasining radiusi esa 9 × 1012 km ≈ 1 y.y.ga tengligini ko‘rsatadi.
Oralari a bo‘lgan m massali jismning yaqinida joylashgan M massasi jismga nisbatan ta’sir sferasining radiusi (bunda m << M):
2
ρ = a m 5
M
ifodadan topiladi.
KA jism ta’sir sferasining chegarasini kesib o‘tayotganda, u tortishishning bir markaziy maydonidan ikkinchisiga o‘tadi. KAning har bir tortishish maydonidagi harakati shu maydonlarga nisbatan alohida-alohida keplercha orbitani (konus kesimlaridan birini) tashkil etadi. Ta’sir sferasining chegarasidagi kosmik ap- paratning harakat trayektoriyasi esa ma’lum qoidalar bo‘yicha «ulanadi». KA trayektoriyalarini hisoblashning taxminiy metodining asl mohiyati shunda bo‘lib, u ba’zan konus kesimlarini o‘zaro tutashtirish metodi deb ham yuritiladi.
MAVZU.
Yer atrofi fazosida harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldosh (SY)ning harakati Yer atrofi uchishlari deb yuritiladi. Osmon mexanikasi nuqtayi nazaridan Yer atrofi fazosi deganda Yer ta’sir sferasi bilan chegaralangan soha tushunilib, unda jismning harakatini faqat Yerning tortish maydonida kuzatilyapti deb
qarash mumkin. 118-rasmda Yer fazosida aylanayotgan Yer sun’iy yo‘ldoshining orbitasi tasvirlangan bo‘lib, u yerdagi P va A nuqtalari, mos ravishda, yo‘ldoshning perigey va apogey nuqtalariga mos keladi.
Rasmdan ko‘rinishicha, Yer sun’iy yo‘ldoshining orbita tekisligi Yer ekvatori
Yerning aylanish yo‘nalishi
Ekvator tekisligi
Apsida chizig‘i
P
tekisligi bilan tugunlar chizig‘i deyiluvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kesishadi.
Bunda ko‘tarilish tuguni SYning Yer ekvatorini janubiy yarimshardan shimoliy yarimsharga kesib o‘tish nuqtasi bo‘lib, botish tugunida esa aksincha bo‘ladi.
A Ko‘tarilish tuguni
Bundan ko‘rinadiki, SYning orbita tekisligi, geo- grafik kengligi, uning tekisligining Yer ekvatorga og‘maligidan (ya’ni i burchagidan) katta bo‘lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |