Hisobotning mazmuni 1 . Uskunalar va ularning mo’ljallanishi.
2. 81-717.5M poezd simulyatoridagi asosiy nosozliklar, ularning har biriga tushuntirish bering.
Nazorat savollari
Avtostop magistralining uzilishidagi harakatlar tartibi.
A45 avtomatining nosozligi (lekin o’chmagan) dagi harakatlar tartibi.
Eshiklar nosozligi. A21 avtomati o’chib qolgandagi harakatlar tartibi.
Poezd eshiklarining barchasi ochilmaganida harakatlar tartibi.
Reostat tormozlash samarasining yo'qolishidagi harakatlar tartibi.
A54 avtomatining nosozligi. Avtomat o’chmagandagi harakatlar tartibi.
A54 avtomatining nosozligi. A54 avtomati o’chgandagi harakatlar tartibi.
Poezd boshqaruvini yo'qotish. RP ishlab ketishidagi harakatlar tartibi.
Eshiklarni yopish tumbleri kontaktining nosozligidagi harakatlar tartibi.
Poezdning o’zidan o’zi yurib ketishidagi harakatlar tartibi.
6-laboratoriya ishi Nostandart holatlardagi harakatlar. Ishning maqsadi. Talabaga nostandart vaziyatlarda to'g'ri harakatlar bajarishni o’rgatish va tekshirish, shuningdek poezd harakatlanayotganda hushyorlik va reaksiya tezligini tekshirish.
Ish tartibi 6.1 . Uskunalar va ularning mo’ljallanishi 81-717.5M rusumli metro vagonlari mashinisti o'quv simulyatori talabalarni real yo'lning ma'lum bir qismida metro vagonlarini boshqarish, favqulotda va avariyaviy vaziyatlarda harakat qilish bo'yicha kasbiy tayyorlashga mo'ljallangan. O'quv simulyatorining vizual tizimi 3D-grafika asosida amalga oshirilgan real yo'l uchastkalarini namoyish qilishni ta'minlaydi.
6.2. Nostandart vaziyatlar Yo'llarda odam Stansiyaga yaqinlashilganda platformadan relsga odam tushib ketadi.
Harakatlar tartibi:
1. Favqulodda tormozlanish bilan poezdni tormozlang. Talaba 1 soniya ichida nostandart holatni payqashi kerak.
2. Hodisa haqida radioaloqa orqali dispetcherga xabar bering.
3. Mashinistning keyingi harakatlari Toshkent metropolitenida noodatiy holatlarda mashinistning xatti-harakatlari tartibi to'g'risidagi ko'rsatmalarga muvofiq bo'lishi kerak.
Vagonda yong'in ASOTP "Igla" yong'inni o’chirish tizimi orqali mashinist vagonda yong'in bo’layotgani haqida xabar oladi. Yong'inning tasdig’i tunnel ichidagi tutun va favqulodda yo'lovchi-mashinist aloqasi orqali berilgan yo'lovchining xabari bilan tasdiqlanadi.
Harakatlar tartibi:
1. Yong'in sodir bo'lgan vagondan yo'lovchilar chiqib ketishlari uchun oxirgi eshiklarni oching.
2. Hodisa haqida dispetcherga xabar bering
3. Eng yaqin stansiyaga yurib boring va yo'lovchilarni poezddan tushiring. Poezd ishlayotgan paytda tunnelda to'xtash tavsiya etilmaydi.
4. Yong'inni avtomatik tarzda o'chirish tizimlari ishga tushganligiga ishonch hosil qiling va yong'in sodir bo’lgan joyni topib yo'q qilish choralarini ko'ring.
5. Mashinistning keyingi harakatlari Toshkent metropolitenida noodatiy holatlarda mashinistning xatti-harakatlari tartibi to'g'risidagi ko'rsatmalarga muvofiq bo'lishi kerak.