0,85 g natriy xloridni erishigini ta‘minlovchi suv hajmi bilan 90 ml hosil bo‗lguncha
tayyorlaniladi. 10 ml 40% farmaldegid qo‗shiladi. 15°S kam bo‗lmagan haroratda saqlaniladi,
Streptococcus Faecalis (ATCC 10541) ni 100 ml ozuqaviy sho‗rvasida ushlab turiladi. Testni
o‗tkazish uchun yangi tayyorlangan sub kultura tayyorlanadi, bu usulda ma‘lum miqdordagi
keltirilgan pepton kezein agarda tayyorlangan kulturani aralashtiriladi va 100 ml oziqaviy
sho‗rvada 16-18 soat 37°S haroratda inkubatsiya qiliniladi. Miqdori tahlil har kungi
inokulyatni 6 ml subkulturani har 1000 ml oziqaviy sho‗rvada ishlatilib o‗tkaziladi.
50 mg standartni 3 soat davomida 60 °S harorat, 5 mm simob ustunida quritiladi. Aniq
tortilgan moddani etanolda eritib, ishchi standart eritmani 100 mkg/ml konsentratsiyasini
olinadi. Olingan eritmani muzlatgichda saqlab 30 kun mobaynida ishlatiladi.
50 mg to‗ldiruvchilarni 3 soat davomida 60 °S harorat, 5 mm simob ustunida quritiladi.
2 ml namunani etanol bilan eritib hajmni 100 ml etkaziladi, va so‗ng olingan etanolli
346
Tahlil:
har kungi ishlatiladigan standart eritmani ishchi standart eritmasidan alikvotni
suyultirilib tayyorlanadi. 1 ml eritmani ishchi eritmasini standart etanoli bilan 100 gacha
suyultirilib, 10 mkg/ml konsentratsiyali grammitsidin hosil bo‗lguncha olinadi. 2,8 ml, 3,4 ml,
4,0 ml, 4,8 ml va 5,8 ml olingan eritmadan tanlab olib 100 ml gacha etonol bilan suyultiriladi,
0.028, 0.034, 0.4, 0.048 va 0.058 mkg/ml konsentratsiyali grammitsidin hosil bo‗lguncha
olinadi. 0,1 ml olingan konsentratsiyali har standart va tekshiriluvchi namunani 3 ta bir xil
o‗lchami 18 mm × 150mm li bo‗lgan probirkalarga solinadi. Har bir probirkaga test o‗tkazish
uchun 9 ml o‗stirilgan sho‗rvadan solinadi va suv hammomida 3-4 saot 37°S haroratda
qizdiriladi. O‗sishni to‗xtatish uchun bitta seriyadagi probirkaga ekilgan sho‗rvani quyib, 0,2
ml 10% farmaldegid eritmasidan qo‗shiladi.
Probirkalar inkubatsion davrdan so‗ng suv hammomidan olinadi va har biriga 0,2 ml
10% farmaldegidning tuzli eritmasidan qo‗shiladi va yaxshilab eritiladi.
Gazlar erkin chiqib ketishi uchun probirkalarni 15 min ga qoldirib qo‗yiladi. Har bir
probirkadagi xiralik kattaligini, to‗lqin uzunligi 580 nm bo‗lgan kalorimetr yordamida
aniqlaniladi, solishtirish eritmasi sifatida farmolizlangan sho‗rva ishlatiladi.
Gramitsidan faolligini hisoblash:
o‗rtacha kattalik qiymatining absorbsiyasi har bir standart uchun ikki siklli yarim
logarifmik grafikka chiqartiriladi. Unda absorbsiya - arifmktik shkala, konsentratsiya esa
logarifmik shkala bilan belgilanadi. Namuna absorbsiyasining o‗rtacha kattaligi olinib,
gramitsidin konsentratsiyasi esa standart egriligi balan hisoblanadi.
Namunadagi gramitsidin tarkibini olish uchun mos bo‗lgan suyultirish faktorini
konsentratsiyaga ko‗paytirish orqali topiladi.
Ko„rsatma:
Rossiya farmakopeyasiga binoan, agarga Bacillus cereus var mycoides 537 qo‗llab
diffuziya qilish uculini gramitsidin faolligini aniqlash ham qo‗llanilishi mumkin.
Turbidimetrik va agarda diffuziya usullarida natijalarni farqlanishi kuzatilsa,
turbidimetrik usuli tanlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: