Laboratoriya mashg‘ulotlari



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet558/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

Kavsharlash. 

Ampulalarni  kavsharlashdan  oldin,    uning  kapillyaridagi  suyuqlik  yo‗qotiladi.  Aks 

holda  ampula  yupqalashib,  sterilizatsiyaga  bardosh  bera  olmaydi.  Ampulalar  alanga,  elektr 

toki  va  plastmassa  yordamida  kavsharlanadi.  Korxona  sharoitida  ko‗proq  alangada 

kavsharlash  usulidan  foydalaniladi.    Alangada  kavsharlash  kapillyar  uchini  eritish  va  uni 

o‗rtasidan eritib cho‗zish orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Ampuladagi  eritmalarni  sterillash. Kavsharlangan  ampulalarning    sifati  qurollanmagan 

ko‗z  bilan  tekshirilib  ko‗riladi  va  yaroqliklari  sterilizatsiyaga  uzatiladi.    Dorilarni  sterillash 

fizik, kimyoviy va mexanik usullarda olib boriladi. 

Fizik usul. Haroratga chidamli dorilar avtoklavda  120

0

S harorat, 1,1 atm. bosimda 8-15 



daqiqa yoki 110

0

S harorat, 0,5 atm. bosimda 30-60 daqiqa,  bug‗ oqimida esa 100



0

 S  da  15-

60    daqiqa,  yuqori    haroratga    chidasiz  moddalarni  esa  tindalizatsiya  usuli  bilan  60-65

0



haroratda bir soatdan 5 marta, yoki 70-80

0

S haroratda har kuni 1 soatdan 3 kun sterilizatsiya 



qilinadi.  Korxonalarda ko‗pincha sterilizatsiya Krupin kamerasida olib boriladi. Bu kamera 2 

ta  xona  o‗rtasida  joylashgan  bo‗lib,    har  ikki  tomonda  eshiklari  bo‗ladi.    Bir  tomondan 

ampulalar  joylashtirilib,    sterilizatsiya    tugagach,  ikkinchi    tomondan    olinadi.    Avval 

kameraning  ilonsimon  naylariga  bug‗  yuborilib  isitiladi,    so‗ng  bug‗  kameraning  o‗ziga 

yuboriladi. Kameradagi  harorat,  bosim  va sterilizatsiya vaqti avtomatik usulda olib boriladi.  

Sterilizatsiya  davrida  singan,  darz  ketgan  yoki  kavsharlanmagan    ampulalardagi  suyuqlik 

chiqib  ketadi  va  ampula  bug‗  bilan  to‗lib  qoladi.  Bunday  ampulalarnit  ajratib  olishni 

osonlashtirish maqsadida  sterilizatsiya  vaqti tugagach,  kamera xona haroratidagi rangli suv 

bilan to‗ldiriladi.  Ampulalar sovigach  bosimlar  farqi hisobiga  darz  ketgan   yoki  yomon 

kavsharlangan ampulalarga suyuqlik kirib, ularni rangga bo‗yaydi. So‗ng suyuqlik kameradan 




327 

 

nasos yordamida  qaytarib idishiga o‗tkaziladi.  Avtoklavni ochib ampulalarni olgach,  ularni 



qaynoq suv bilan yuviladi va rangga bo‗yalgan ampulalar terib tashlanadi.  Har bir martalik 

sterilizatsiyaga olingan ampulalar soni steril seriya deb yuritiladi. 

Kimyoviy usul. Haroratga  chidamsiz  bo‗lgan dorilar kimyoviy usulda sterillanadi.  Bu 

maqsadda oksibenzoy kislotaning metil va propil efirlari 0,03-0,1%  gacha xlorbutanol, krezol 

fenollar 0,5% miqdorigacha qo‗shiladi.  Bu moddalar organizm uchun befarq bo‗lmaganligi 

uchun  kam  miqdorda  ishlatiladi,  lekin  ko‗rsatilgan  dozada  eritmadagi  mikroorganizmlarni 

o‗sishdan to‗xtatadi. 

Filtrlash orqali sterillash. Eritmalarni mexanik usulda sterillash "Millipor",  "Vladipor", 

"Bakterial shamchalar" orqali suzish bilan amalga oshiriladi. 

Gaz yordamida sterillash. Bu maqsadda  etilen  oksidi,  metil bromid, karbonat angidrid, 

xladon (freon)lar aralashmasi ishlatiladi. Sterilizatsiya gazogenerator yoki mikroaerostatlarda 

amalga oshiriladi.  Bunda harorat 18-55 5o 0S,  nisbiy namlik 80%,  sterilizatsiya vaqti  4-16  

soatgacha,    gazlar    aralashmasining    dozasi    1200-2000  mg/dm 53 0    ni    tashkil  etadi  yoki 

normativ texnik hujjatda ko‗rsatilgan boshqa sharoitda sterillash mumkin. 

Radiatsion  usulda  sterillash. Bu  usulda  sterillash  gamma-qurilmalarda,    elektronlar 

tezlashgichida  yoki  boshqa    radiatsion    manbalar  yordamida    amalga    oshiriladi.    Bunda  

ishlatiladigan  doza  15-25  kg  (2,5  m/rad)  yoki  sharoitga  qarab  boshqacha  dozalar  bo‗lishi 

mumkin. Har bir  buyum  yoki  dori turi instruksiyasida ko‗rsatgan doza va vaqtga muvofiq 

sterillanadi. 

In‘eksion  eritmalarning  sterilligini  bakteriologik  laboratoriya  tomonidan  nazorat  qilib 

turiladi. 

Quyidagi  keys  –  talabalarni-in‘eksion  erituvchilar  va  ularga  qo‗yilgan  talablar. 

In‘eksion  erituvchilardan  foydalanish  imkoniyatlari.  Asosiy  va  yordamchi  erituvchilar. 

In‘eksion  suv,  unga  qo‗yilgan  talbalar,  olish  usullari.  Issiq  va  sovuq  usulda  in‘eksion  suv 

olish,  in‘eksion  eritmani  tayyorlash,  uni  ampulalarga  to‗ldirish,  kavsharlash  va  sterillash 

usullarini, shuningdek, sterillangan in‘eksion eritmalarning sifatini tekshirish bo‗yicha amalga 

oshirishda kerakli ko‗nikmalariga ega bo‗lish zarur. 

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: 

 

o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash; 



  muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim 

va ko‗nikmalarni qayta topshirish; 

  mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash; 



 

o‗quv axborotlarini o‗zlashtirish darajasini tekshirib ko‗rish. 




Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish