Do‟lana nastoykasi
Nastoyka boyarыshnika
Tarkib:
Do‘lana mevalari (yanchilgan) - 100 g
(FM 42 O‘z-0208-2007)
Etil spirti 70 % - 1 litr nastoyka hosil bo‘lguncha
(DSt 5962-67, FM 42 O‘z-0243-2010,
FM 42 O‘z-0171-2010, O‘z DSt 958:2000)
Tavsif. Sariq-zarg‘aldoq yoki sariq-qizil rangli, shirin ta‘mli, tiniq suyuqlik.
Nastoykaning tashqi ko‘rinishi DF XI, 2 nashr, 148 b. talabiga mos kelishi kerak.
Chinligi. 2 ta probirka olib unga preparatning 3 ml miqdoridagi hajmi solinadi;
birinchi probirkaga 2 ml konsentrlangan xlorid kislotasi solinadi, ikkinchi probirkaga 2 ml
suv solinadi. Ikkala probirkani suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi, Birinchi
probirkadagi eritmani ikkinchi probirkadagi eritmaga solishtiriladi, bunda birinchi
probirkadagi eritma qizil rangga bo‘yaladi (antotsianlar).
10 ml preparatni bug‘latish kosachasiga solinadi va suv hammomida quruq qoldiq
qolguncha bug‘latiladi. Qoldiqni 2 ml 70 % li etil spirtida eritiladi, 0,05 g magniy metali
yoki magniy qirindisidan qo‘shiladi va 0,5 ml konsentrlangan xlorid kislotasidan solinadi,
aralashtiriladi, 30 daqiqa davomida 45-50ºC haroratda suv hammomida qizdiriladi, eritma
286
sovutiladi va 5 ml hajmdagi probirkaga solinadi; eritma asta-sekin qizil-jigarrang rangga
bo‘yaladi (flavonoidlar).
Peparatning 5 ml miqdoriga 0,3 ml natriy gidroksid va 3 ml Feling reaktividan solib
qaynaguncha qizdiriladi; qizil cho‘kma hosil bo‘ladi (qand).
Quruq qoldiq. 1,0% dan kam bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 nashr, 148 b.).
Zichligi. 0,885 g/sm
3
dan 0,910 g/sm
3
gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul).
Qadoqni to‘ldirish hajmi. TSt 64-492-85 talabiga javob berishi kerak.
Hajmi 20 ml dan 25 ml gacha bo‘lgan qadoqlar uchun chetlanish ±5% ga, hajmi 40 ml
dan 50 ml gacha bo‘lgan qadoqlar uchun esa chetlanish ±3% ga teng bo‘lishi kerak.
Nazorat natijasida olingan natijalar qoniqarsiz bo‘lsa tekshirish ikki marta ko‘p
miqdordagi namunalarda olib boriladi.
Og‘ir metallar. Preparat og‘ir metallarga hos bo‘lgan tekshiruv talabiga javob berishi
kerak ( 0,001 % dan ko‘p emas; DF XI, 1 nashr, 171 b., DF XI, 2 nashr, 148 b.).
Mikrobiologik tozalik. Tekshirish DF XI, 2 nashr, 87 b. va 12.10.2005 y. dan
O‘zgartirish №2, kategoriya B ga asosan, tekshiruv davomida antimikrob faollikka ega
preparat sifatida o‘tkaziladi.
1 ml preparat tarkibidagi aerob bakteriyalarning umumiy soni 10
4
va zamburug‘larning
umumiy soni 2 x 10
2
, enterobakteriyalar va boshqa grammanfiy bakteriyalarning soni 10
2
dan
ko‘p bo‘lmasligi kerak. 1 ml preparat tarkibida Pseudomonas aeruginosa va Starnylococcus
aureus va 10 ml preparat tarkibida Salmonella bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Miqdoriy tahlil. 1-usul. 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi,
6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shiladi, eritmani 3 daqiqa davomida qaynab turgan suv
hammomida ushlab turiladi, tezda sovutiladi, rn 4,0 bo‘lgan bufer eritmadan 2 ml qo‘shiladi,
eritma hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Hosil bo‘lgan eritmaning optik zichligini spektrofotometrda 409 nm to‘lqin uzunligida
qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetada aniqlaniladi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml
bo‘lgan o‘lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat, 2 ml rn 4,0 bo‘lgan bufer eritma va
hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
Parallel ravishda tarkibida 1 ml giperozid GSN saqlagan eritmaning optik zichligini
ham o‘lchanadi, ushbu eritmani tayyorlash uchun tekshiriluvchi eritmani tayyorlash jarayoni
bayonidagi ―25 ml hajmli o‘lchov kolbasiga solinadi‖ so‘zlaridan boshlab davom etgan
amallar takrorlanadi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml o‘lchov kolbasida
tayyorlangan, 1 ml giperozid GSN, 2 ml rn 4,0 bo‘lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil
spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
Flavonoidlarning giperozid uchun hisoblangan umumiy foiz miqdori (X) quyidagi
formula yordamida hisoblab topiladi:
bu yerda: D
1
– tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
D
0
– giperozid GSN eritmasining optik zichligi;
m
0
– tortib olingan giperozid GSN ning og‘irligi, grammlarda.
Preparatdagi flavonoidlarning giperozidga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002%
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ilova. 1. Giperozid GSN eritmasini tayyorlash. Oldindan 130-135ºC haroratda 3 soat
davomida quritilgan giperozid GSN (FM 42-1088-81) dan 0,05 g (aniq tortma) olib hajmi
100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida
qizdirilib turgan holda eritiladi, eritmani xona haroratigacha sovutiladi, eritma hajmi
keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy.
287
2. rn 4,0 bo‘lgan bufer eritmasini tayyorlash. 10 ml 1 mol/l natriy gidroksidini hajmi
100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo‘shiladi, belgisigacha suv
bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy.
3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi
100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi
keltirilgan spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi, 6
ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo‘shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi,
tezda sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to‘lqin uzunligida va qalinligi 10
mm li kyuvetada o‘lchanadi.
Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml li o‘lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml
preparat va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi.
Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X)
nisbiy yutish ko‘rsatkichi
yordamida topiladi:
bu yerda: D
1
– tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
475 – kversetin va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to‘lqin uzunligidagi nisbiy
yutish ko‘rsatkichi
.
Flavonoidlar yig‘indisining kversetinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan
kam bo‘lmasligi kerak.
Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75)
hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi
keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
Qadoqlash. 20, 25, 40 va 50 ml hajmdan TSh 64-2-208-79 yoki TSh 64-17490735-
01:2006 ga asosan FK-OS tipidagi tomizgichli-flakonlarga, TSh 64-2-282-84 yoki TSh O‘z
10-03-0334056-3-95 yoki TSh O‘z 64-16965647-01-98 ga ko‘ra zich berkitilgan tomizgich
tiqinli, yoki 20, 25, 40 yoki 50 ml hajmli qo‘ng‘ir rangli flakonlarga, TSt 64-2-87-81 yoki
TSh 64-17400735-01:2006 ga ko‘ra vintli bo‘yinli, TSt 64-2-87-81 yoki TSh O‘z 10-03-
0334056-3-95 ga ko‘ra yoki TSh 64-17707896-02:2002 yoki TSh O‘z 64-16965647-01-98 ga
asosan polietilen tiqinli va plastmassa qopqoqchali yoki TSh 64-17707896-02:2001 yoki TSh
64-17385978-01:2001 ga asosan perforirlangan bo‘lakli halqaga ega bo‘lgan alyumin
qalpoqchali idishlarga qadoqlanadi.
20, 25, 40 va 50 ml hajmdan polietilentereftalatdan yasalgan flakonlarga, TSh 64-
15390981-02:2003 va O‘zg. №1 TSh 64-15390981-02:2003 ga ko‘ra qopqoqli yoki TSh 64-
22956650-01:2009 ga asosan polietilentereftalatdan yasalgan va plastmassa qopqoqli
flakonlarga qadoqlanadi.
Har bir tomizgichli flakon yoki flakonga DSt 7625-86E ga ko‘ra yorliq qog‘ozidan
tayyorlangan yopishqoq yorliq yoki DSt 18510-87E ga ko‘ra yozuv yoki o‘zi yopishadigan
yorliq yopishtiriladi.
Flakonlar 5-10 ta qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birgalikda DSt 7376-89 ga asosan
gofrirlangan karton yoki DSt 7933-89E ga ko‘ra quti uchun foydalaniladigan qutiga
qadoqlanadi. Qutilar DSt 18251-87 ga asosan yopishtiruvchi tasma yoki DSt 6309-87 ipak
iplar yordamida, yoki TSh 17-05-009-80 ga ko‘ra propilen iplar yordamida boylanadi,
bog‘lam ohiriga DSt 7625-86E ga ko‘ra yorliq qog‘ozidan yoki DSt 18510-87E ga asosan
yozuv qog‘ozidan yasalgan yorliq yopishtiriladi.
Guruh va transport tarasi DSt 17768-90E talabiga javob beradi.
288
Yorliqlash. Yorliqda ishlab chiqaruvchi nomi, uning manzili va tovar belgisi,
preparatning lotin, o‘zbek va rus tillaridagi nomi, preparatning millilitrdagi hajmi, saqlash
sharoiti, ro‘yhatdan o‘tish raqami, seriya raqami, yaroqlilik muddati, shtirx kodi (zarur
bo‘lsa).
Guruh qadog‘ida qo‘shimcha ravishda qadoq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Transport tarasini yorliqlash DSt 14192-96 ga asoslanadi.
Ilova. Preparatni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilingan
holatlarda yorliqlash matni importyor davlat talabi yoki shartnomaga asosan belgilanadi.
Tashish. DSt 17768-90 ga asosan.
Saqlash. Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Yaroqlilik muddati. 4 yil.
Asosiy farmakologik guruhi. Yurak qon-tomir sistemasiga ta‘sir qiluvchi vosita.
Ilova. Quyidagi farmakopeya maqolasida keltirilgan reaktivlar, titrlovchi eritmalar va
indikatorlar DF XI, 2-nashrning tegishli bo‘limlarida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |