Reaktivlar: elektrolitlar.
Kerakli jixozlar: nikellash uchun asbob.
temir va ikkita 30x20x2 mm yoki 20x10x1 mm o`lchamli nikel plastinkalar.
10-rasm
Metallarni elektrokimyoviy nikellash uchun teajriba uskunasining sxemasi
1-sozlagich; 2-o`chirgich; 3-kuchlanish boshqaruvchisi; 4-voltmetr; 5-ampermetr; 6-doimiy kuchlanish chiqish klemmalari; 7-elektrolizyor; 8-qopqoq; 9-katodli qisgich; 10-anodli qisgich; 11-katod; 12-anodlar; 13-kulonometr.
Ishning bajarilishi: nikellash uchun asbob, ikkita anod o`rtasiga joylashtirilgan temir plastinkadan yasalgan katorlarga ega bo`lgan elektrolizerdan iborat.anodlar toza elektrolitik nikeldan yasalgan. Katod va anodlar o`rtasidagi masofa 5 sm dan ortib ketmasligi lozim. Elektrolizer diafragmasiz yasalgan bo`lishi mumkin. Asbob sxemasiga to`g`irlagich, eritmadan o`tgach elektr miqdorini kuzatib boorish uchun kulonometr kiritiladi.
Elektrolit sifatida quyidagi tarkibdagi eritmalar ishlatiladi:
12-jadval
Elektrolit tarkibiga kirgan moddalar
|
Nikellash uchun, (g/l)
|
Yaltiroq nikellash uchun (g/l)
|
NiSO4 7H2O
|
250
|
25
|
NaSO4
|
50
|
-
|
NaCl
|
10-15
|
15
|
H3BO3
|
20-25
|
20-25
|
2-butin-1,4-diol (100%) yoki paratoluolsulfamid (S7N9O2NS)
|
-
-
|
0,2
2
|
Nikellash 323 Kga yaqin xaroratda, pH=4,5-5,5 muxitda, aralashtirib turgan holda olib boriladi.
Nikellash uchun mo`ljallangan plastina qum qog`oz bilan tozalanadi, organik erituvchilar yordamida yog`sizlantiriladi, suvda yuviladi va 5-10 minut davomida 10-15% H2SO4, 5-10% HCl, 75-85% H2O dan tashkil topgan eritmada qayta ishlanadi. Shundan so`ng oqib turgan suvda yuviladi va filtr qog`oz yordamida quritiladi. Katodning maydonidan kelib chiqqan holda tok kuchi hisoblab topiladi (tok zichligi 0,01 A/sm3 bo`lishi kerak). Katod va anodlar o`rnatiladi, nikellash olib boriladi (0,75-1 soat), tok kuchi va elektrolizyordagi kuchlanish kuzatib turiladi. Tajriba tugagach, tok o`chiriladi, elektrolizyor va kulonometr katodlari chiqarib olinadi, suv oqimida yuviladi, quritiladi va tarozida tortib olinadi
Nikellash tok bo`yicha unumini ampermetr ko`rsatkichi va kulonometr katodining ortiqcha massasiga qarab hisoblanadi, nikel qatlamining qalinligi quyidagi formuladan topish mumkin:
qoplama qalinligi, mkm; k- cho`kayotgan metallning elektrokimyoviy ekvivalenti, g/A s; p –metall zichligi, kg/m3; ik–tokning katodli zichligi, A/dm2; t –elektroliz davomiyligi, soat; -metallning tok bo`yicha unumi.
Tajriba natijalari jadvalga kiritiladi.
13-jadval
Tajriba №
|
Tok kuchi (A)
|
Kuchlanish (V)
|
Tajriba vaqti (s)
|
Termik plastinka massasi
(g)
|
Ortiqcha vazni (g)
|
Misli katod massasi (g)
|
Ortiqcha vazni (g)
|
tajribagacha
|
Tajribadan
keyin
|
tajribagacha
|
Tajribadan
keyin
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |