Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Qishloq xo`jaligida mineral o`g`itlarning ahamiyati.
Mineral o`g`itlarning sinflanishi, ularning tarkibiga kirgan elementlarning o`simliklarni o`sishiga ta`siri.
Ammiakli selitrani olinishi: jarayonning o`ziga xos tomonlari, ajralib chiqayotgan issiqlikni jarayonga ta`siri.
Oddiy va qo`sh superfosfat olinishi, sodir bo`layotgan jarayonlarni va maxsulotlarni bir –biridan farqi.
Silvinitdan kaliy xlorid olishning ikki xil usuli.
Kompleks o`g`itlar, ularning o`simliklar rivojidagi ahamiyati
Mikroo`g`itlar, ularning vazifasi.
10-Laboratoriya
Tsementli qotishmani normal zichligini aniqlash.
Tsementli qotishma normal zichlikka ega bo`lgan vaqtda Vika asbobining (8-rasm) qotishma solingan xalqaga tushirilga dastachasi, xalqa o`rnatilgan plastinkagacha 5-7 mm yetmaydi.
Qotishmaning normal zichligi qotishma tayyorlash uchun olingan suvning miqdori bilan xarakterlanadi, u tsement massasiga nisbatan foiz miqdorda olinadi.
Normal zichlikni aniqlash qutidagi tartibda olib boriladi. 300 g tsement tortib olinadi, idishga solinadi. Ketin tsementda chuqurcha qilinadi, unga normal quyuqlikdagi tsement qotishmasini olish uchun kerak bo`ladigan suv miqdori solinadi. Chuqurchaga tsement solinadi, suv solinganidan 30 sek o`tgach, avval sekinlik bilan aralashtiriladi, keyin 4-5 minut davomida qotishma kurakcha bilan eziladi. Asbobning xalqasi tsementli qotishma bilan to`ldiriladi va 5-6 marta plastinka bilan uriladi. Qotishmaning ortiqcha miqdori pichoq bilan kesib tashlanadi. Asbobning dastlabki xalqaning o`rtasida qotishmaning yuzasi bilan tutashtiriladi, stoporli vint bo`shatiladi va sterjen bo`shaganidan 30 sek o`tgach, dastachani shkala bo`ylab tushish vaqti o`lchanadi.
11-Laboratoriya
Gipsni qotish vaqtini aniqlash
Suvni quyish vaqtidan boshlab, Vika asbobining (9-rasm) ninasi plastinkagacha 1-2 mm oraliqda qolishi uchun ketgan vaqt gipsning qotish vaqti hisoblanadi. Qotish boshlanganidan, to Vika asbobining ninasi gips qotishmasiga 1-2 mm dan ortiq kirmay qolishiga ketgan vaqt qotish vaqtining oxiri deyiladi. Bu vaqtlarni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Normal quyuqlikdagi qotishma tayyorlanadi, uni mashina moyi bilan surkalsa Vika asbobing xalqasiga joylashtiriladi, qattiq sirtga urib turib zichlashtiriladi, qotishmaning ortiqchasi kesib tashlanadi, xalqaning ninasi qotishma yuzasiga keltiriladi. Nina qotishmaga har 10 minutda tushiriladi, bunda xalqa siljitib turiladi. Har tushirilganidan keyin nina tozalab artiladi.
Olingan natijalar asosida grafik chiziladi, bu grafik tsementning xossalarini solishtirma sirt yuzasiga bog`liqligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |