I. Kosmik nurlar fizikasi fani va koinotni o’rganish.
Kosmik nurlar, koinotda paydo bo’lib yuqori energiyalargacha
tezlashtirilgan zarralar va yadrolar oqimidan iboratdir.
Kosmik nurlar fizikasi fani, fizika fanining bir bo’limi sifatida paydo bo’lib,
unda quyidagi jarayonlar o’rganiladi;
a) Kosmik nurlarning xususiyatlari va tabiati;
b) Kosmik nurlar ta’sirida kosmik obyektlar ichida, kosmik fazoda, Yer
atmosferasida, Yer ichida vujudga keluvchi jarayonlar.
Kosmik nurlar fizikasida yadro fizikasining detektorlaridan va ishlab
chiqilgan metodlaridan keng foydalaniladi. Bunda zarralarning magnit maydonidan
o’tishida, zarralarning impulslarini magnit analizi, turli muhitlardan o’tishida esa
turlicha yutilishini analizi metodlaridan keng foydalaniladi. Yerning magnit
maydoni kosmik zarralar uchun tabiiy magnit analizatori rolini uynaydi (Kosmik
nurlarning kenglik effekti). Yerning atmosferasi esa zarralarni yutuvchi tabiiy
muhit hisoblanadi. Kosmik zarralarni Yer atmosferasidan o’tishida ketma-ket
yuzaga keluvchi elektromagnit va yadroviy kaskad ta’siri jarayonida, keng
atmosfera yog’dusi deb ataluvchi ikkilamchi zarralar okimi xosil bo’ladi va bunday
zarralarni qayd qilish uchun ulkan qurilmalar keng atmosfera yog’dusi qurilmalari
yaratiladi. Keng atmosfera yog’dusini qayd qiluvchi qurilmalar turli xil
detektorlardan tashkil topgan bo’lib, Yer atmosferasining turli chuqurliklarida, Yer
sathida, tog’ sathlarida o’rnatiladi. Hozirgi payda kosmik nurlarni, keng atmosfera
yog’dusi zarralarini qayd qilish yo’li bilan, qayd qilish, o’rganishda, samolyotlar,
sun’iy yo’doshlar, balonlar, suv kemalarida o’rnatilgan asboblardan keng
foydalanilmoqda. Shuning uchun kosmik nurlar fizikasi fani boshqa fanlar,
masalan: geofizika, astrofizika, koinot fizikasi, yadro fizikasi va boshqa fanlar
bilan chambarchas bog’langandir.
Kosmik nurlar fizikasida keng atmosfera yog’dusini qayd qilish metodidan
tashqari, kosmik nurlarning intensivligini vaqtli variasiyalarini qayd qilish
metodidan ham keng foydalanadilar. Aniqlanishicha kosmik nurlarning intensivligi
5
vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi va bunga kosmik nurlarning vaqtli variasiyalari
deyiladi. Kosmik nurlarning vaqtli variasiyalari kosmik obyektlar, Quyosh,
yulduzlar va boshqa jismlar hamda kosmik fazoda vujudga keluvchi jarayonlar
natijasida vujudga keladi. Shuning uchun kosmik nurlar variasiyalaridan kosmik
jarayonlar zondi sifatida keng foydalanish mumkindir. Sayyoralararo fazoga
kosmik apparatlarni uchirishdan ancha oldinroq, kosmik nurlar intensivligining
variasiyalarini o’rganish Quyoshdan turli tomonga uzluksiz ravishda korpuskulyar
oqim chiqayotganligini, ya’ni quyosh shamoli mavjudligini ko’rsatib, fazodagi
magnit maydonlar birjinslimaslarini masshtabini baholash imkonini berdi.
Hozirgi paytda Yer yuzida qayd qilingan kosmik nurlar intensivligi
variasiyalarining eksperimental natijalariga ko’ra, birlamchi kosmik nurlar
variasiyalarini, undan foydalanib koinot jarayonlarini o’rganish buyicha
matematik metodlar ishlab chiqilgandir. Olingan eksperimental natijalarga ko’ra,
astrofizik masalalar, muvaffaqiyat bilan yechilmoqda.
Oxirgi yillarda yangi yo’nalish kosmik nurlarning astrofizika yo’nalishi
paydo bo’ldi. Kosmik radioto’lqinlar, radioteleskoplar yordamida bu soxa
dunyoning ko’p laboratoriyalarida muvaffaqiyat bilan o’rganilmoqda. Rentgen va
- nurlanishlar ko’p hollarda kosmik zarralarning elektronlari, protonlari va
yadrolari tomonidan hosil qilinadi. Shuning uchun biz kosmik zarralarni, uzoqda
bizning galaktikamizdan tashqarida o’rganish imkoniga ega bo’lamiz.
Kosmik nurlar fizikasi fanini boshqa fanlar va texnika uchun qiymatini ham
qayd qilish kerak. Asosan kosmik uchishlar muammolarida, yuqori energiyali
astrofizikada, yuqori energiyali zarralarni o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishda
foydalanilmoqda. Arxeologiyada ishlatiladigan ba’zi metodlar kosmik zarralarni
fizikasi bilan bog’liq, kosmik zarralardan foydalanib, atmosferaning turli
balandliklaridagi temperatura o’rganilayapti va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |